O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Jahon banki tomonidan taklif qilingan uslubiyat



Yüklə 3,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/160
tarix21.09.2023
ölçüsü3,59 Mb.
#122734
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

Jahon banki tomonidan taklif qilingan uslubiyat
bo‘yicha milliy 
iqtisodiyot raqobatbardoshligi 8 ta mezon (siyosiy risk darajasi, iqtisodiy istiqbol, 
tashqi qarz, iqtisodiy defolt yoki restrukturizasiya natijasidagi qarz, kredit reytingi, 
bank resurslarining ochiqligi, kapital bozorining ochiqligi, forfeyting xizmatlari) 
bo‘yicha 100 ballik tizimda baholanadi. Ya‘ni:

 
 
5.2.1-jadval 
Jahon banki uslubiyati bo’yicha raqobatbardoshlik ko’rsatkichlari
 
Ko’rsatkichlar va baholash 
mezonlari 
Mazmuni
1. Siyosiy risk, s, max = 25 ball 
Ko‘rsatilgan xizmat va yetkazib berilgan 
mahsulotlar 
uchun 
to‘lovni amalga 
oshirmaslik, moliyaviy majburiyat va 
dvidentlarni 
to‘lamaslik, 
kapital 
qo‘yilmalarning repatriasiya darajasi 
2. Iqtisodiy istiqbol, i, max = 25 ball 
Joriy 
va 
kelgusi 
yil 
rivojlanish 
prognozlari bo‘yicha 
38
Регион на перекрестке Востока и Запада: глобализация и конкурентоспособность. / Под ред. Н. 
Я.Калюжновой, К. Л. Лидина, А. Я. Якобсона. М., 2003. 


78 
3. Tashqi qarz, q, q=a+10(b-c), max 
= 10 ball 
Mamlakat tashqi qarzining YaIM ulushi, 

Tashqi qarzning eksportga nisbati, b 
YaIMga 
nisbatan 
joriy 
operasiyalar 
bo‘yicha bo‘lov balansi saldosi, c 
4. defolt yoki restrukturizasiya 
natijasidagi qarz, d, max = 10 ball 
moliyaviy majburiyatlarni bajarmaslik 
yoki muddatini uzaytirganlik 10 ball 

qarzning mavjud bo‘lmasligi, 0 ball 

moliyaviy majburiyatlarni bajarmaslik 
yoki muddatini uzaytirganlik uchun 
5. Kredit reytingi (kredit mablag‘lari 
bo‘yicha to‘lov qobiliyati), k, max = 
10 ball 
iMoodys, Standart&Poor‘s, Fitsh rating 
agentliklari reytingi bo‘yicha 
6. Bank resurslarining ochiqligi, b, 
max = 10 ball 
Global Development Finance bo‘yicha 
YaIMga nisbatan xususiy, uzoq muddatli 
va 
kafolatlanmagan 
qarzlarning 
mavjudligi 
7. Qisqa muddati moliyaviy 
resurslarning ochiqligi, /m, max(1) = 
5 ball, max(2) = 4 ball, max(3)= 3 
ball, max(4)= 2 ball, max(5)= 1 ball, 
max(6)= 0 ball 
100% imkoniyatning mavjudligi (1); 
95% imkoniyatning mavjudligi (2); 
ayrim muammolar bo‘lishi mumkin (3) 
bozordagi vaziyatga qarab berilishi 
mumkin (4); 
ma‘lum shartlar hisobiga (5) 
imkoniyat mavjud emas (6) 
8. Forfeyting xizmatlari, /f, max = 5 
ball 
Morgan 
Crenfell, 
Trade 
Finance, 
Standard Bank, Mc Kinsy bo‘yicha 
risklarning mavjud emasligi 
Milliy iqtisodiyot yoki hududlar raqobatbardoshligini baholashning AQSh 
tajribasi 
ham 
ahamiyatga 
molik. 
AQShda 
shtat 
va 
metropoliyalar 
raqobatbardoshligini baholash uchun 44 parametrni o‘z ichiga olgan 8 ta omillar
guruhi (davlat va soliq siyosati, xavfsizlik, infratuzilma, inson resurslari, 
texnologiya, biznes-inkubatorlar, shaffoflik, atrof muhit bo‘yicha siyosat)dan 
foydalaniladi
39
. Aynan ushbu parametrlarning kiritilganligi quyidagilar bilan 
izohlanadi:
− davlat va soliq siyosati: biznesning soliq stavkasi past bo‘lgan va yetarli 
imtiyozlarga ega hududlarga jalb etilishi ehtimoli yuqori;
− xavfsizlik: jinoyatchilik darajasi past shtat yoki metropoliyalarga biznes 
yuritish uchun qulay hisoblanadi;
− infratuzilma: uy-oy va elektroenergiya narxi, transporta va ish joyigacha 
bo‘lgan masofaning yaqinligi, aeroport, kommunikasiya vositalari biznesni tashkil 
qilish, malakali ishchi kuchini jalb qilish uchun qulay hisoblanadi;
39
Metro Area and State Competitiveness Report. 2004. – Beacon Hill Institute at Suffolk University. 
[Электронный ресурс]. Режим доступа:http://www.beaconhill.org 


79 
− inson resurslari: arzon va moslashuvchan ishchi kuchi, ta‘lim, sog‘liqni 
saqlash rivojlangan shtat va metropoliyalar biznes uchun jozibador hisoblanadi, 
boshqa tomondan, ta‘lim va sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanganligi ishchi 
kuchini jalb qiluvchi omil hamdir; 
− texnologiya: ilmiy tadqiqotlar uchun yo‘naltirilgan kapital qo‘yilmalar 
hajmi, ro‘yxatga olingan patentlar soni, olimlar va injenerlar sonining 
mutanosibligi yuqori texnologik biznesni yo‘lga qo‘yish uchun muhim omil 
hisoblanadi;
− biznes-inkubatorlar (business incubation): yangi korxonalarni tashkil qilish 
shtat yoki metropoliyalarda erkin raqobat muhitini yaratib beradi;
− shaffoflik: ochiq iqtisodiyotda raqobatning yuqori darajasi kuzatiladi va shu 
asosda raqobatbardoshlikka erishiladi;
− atrof muhit bo‘yicha siyosat: atrof muhitni himoyalash bo‘yicha samarasiz 
tadbirlar muhitning o‘zgarishiga, turmush darajasining pasayishiga va aholining 
boshqa hududlarga ko‘chib o‘tishiga sabab bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining bir guruh olimlari 
tomonidan o‘z tadqiqotlarida mazkur formula ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, AQSh 
va O‘zbekistonning raqobatbardoshlik darajasi ko‘rsatkichlari hisoblab chiqarilgan 
va mos ravishda 0,87 va 0,42 ko‘rsatkichlar aniqlangan. Mazkur tahlilni amalga 
oshirishda 10 ta ko‘rsatkich tanlab olingan, ular quyidagilardir: 1) ITTKIga 
byudjet xarajatlari, YaIM foizda; 2) Insonni rivojlantirish uchun byudjet 
xarajatlari, YaIM foizda; 3) Mamlakatda bozor o‘zgarishlarining darajasi; 4) aholi 
jon boshiga YaIM; %); 5) Hayotning o‘rtacha uzunligi, yil; 6) resurslardan 
foydalanish samaradorligi; 7) ko‘p ilm talab qiluvchi mahsulot eksporti; 8) hayot 
kechirish muhitining sifati va xavfsizligi; 9) Aholi jon boshiga tabiiy resurslar 
zaxiralari bo‘yicha mamlakatning o‘rni; 10) Mamlakat aholisi hayotining sifati
40


Yüklə 3,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə