O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Ilova 5    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING  QARORI  RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə344/351
tarix01.04.2022
ölçüsü4,54 Mb.
#84950
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   351
-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

Ilova 5 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
QARORI 
RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH 
MAQSADIDA RAQAMLI INFRATUZILMANI YANADA 
MODERNIZATSIYA QILISH CHORA-TADBIRLARI 
TO‘G‘RISIDA 
 
Keyingi  vaqtda  raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  bo‘yicha 
izchil  chora-tadbirlar  amalga  oshirilmoqda,  davlat  organlari  va 
boshqa tashkilotlarda elektron hujjat almashinuvi hamda jismoniy 
va  yuridik  shaxslarga  xizmat  ko‘rsatish  uchun  elektron  tijorat 
tizimlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.  
Shu  bilan  birga,  sohadagi  ishlar  haqiqiy  ahvolining  tahlili 
markazlashgan ma’lumotlar tizimiga integratsiyani ta’minlaydigan 
yagona  axborot-texnologik  platformaning  mavjud  emasligi 
natijasida  joriy  etilayotgan  dasturiy  hujjatlar  tarqoq  ekanini 
ko‘rsatmoqda.  
Raqamli  iqtisodiyotni  jadal  rivojlantirish  uchun  shart-
sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillash-
tirish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy 
infratuzilmani qo‘llash maqsadida:  
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:  
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Loyiha 
boshqaruvi  milliy  agentligi  (keyingi  o‘rinlarda  —  Agentlik) 
raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasida vakolatli 
organ hisoblanadi;  
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan, 
“blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq loyihalarni 
davlat-xususiy  sheriklik  shartlarida  amalga  oshirish  uchun 
investorlarning  mablag‘larini  jalb  etish  va  birlashtirish  asosiy 
vazifalaridan  biri  hisoblangan  davlat  muassasasi  shaklidagi 
“Raqamli  ishonch”  raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirishni  qo‘llab-
quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil 
etilgan.  


357 
2.  O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va 
kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi  (keyingi  o‘rinlarda 
—  Vazirlik),  Xususiylashtirilgan  korxonalarga  ko‘maklashish  va 
raqobatni  rivojlantirish  davlat  qo‘mitasi,  Agentlik,  Iqtisodiyot 
vazirligi,  Moliya  vazirligi,  Davlat  soliq  qo‘mitasining  “Universal 
Mobile  Systems”  MChJ  (keyingi  o‘rinlarda  —  operator)  ustav 
kapitalidagi  davlat  ulushini  100  foiz  miqdorda  Jamg‘armaga 
beg‘araz asosda topshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.  
3. Belgilab qo‘yilsinki:  
Jamg‘arma  tomonidan  ushbu  qarorga  muvofiq  olingan  mol-
mulk  yuridik  shaxslarning  foyda  solig‘i  bo‘yicha  soliqqa  tortish 
obyekti hisoblanmaydi;  
operatorning  ustav  kapitalidagi  ushbu  qarorga  muvofiq 
topshirilayotgan  ulush  yuridik  shaxslarning  foyda  solig‘iga  va 
qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortilmaydi.  
4.  Agentlik  va  Jamg‘arma  yuqori  malakali  xorijiy  mutaxas-
sislarni  jalb  etgan  holda  ikki  oy  muddatda  samaradorlikning 
asosiy  ko‘rsatkichlari  (KPI)  va  mamlakatda  raqamli  iqtisodiyotni 
joriy  etish  uchun  zarur  texnik  bazani  yaratish  bilan  bir  qatorda 
quyidagilarni  nazarda  tutuvchi  2019  —2021-yillarda  “Universal 
Mobile  Systems”  MChJni  rivojlantirish  Konsepsiyasini  (keyingi 
o‘rinlarda — Konsepsiya) ishlab chiqsin va tasdiqlasin:  
operatorning  boshqaruv  tizimiga,  shu  jumladan,  mobil 
xizmatlar  ko‘rsatish  sohasida  yetarli  tajribaga  ega  malakali 
mutaxassislarni  jalb  etish  orqali  innovatsion  menejmentni  joriy 
etish;  
ichki  kuch  va  mablag‘larni  safarbar  etish,  telekommuni-
katsiya  uskunalarini  modernizatsiya  qilish  va  texnologik  jihatdan 
qayta jihozlash;  
O‘zbekiston  Respublikasi  hududini  rivojlangan  mamlakatlar 
darajasida  internet  global  tarmog‘iga  ulanish  imkoniyatlari  bilan 
imkon qadar to‘liq qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash;  
barcha 
davlat 
xizmatlarining 
faqatgina 
operatorning 
ma’lumotlarga  ishlov  berish  markazlari  orqali  ko‘rsatilishini 
ta’minlash.  
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:  


358 
operatorning  ustav  kapitalidagi  topshirilayotgan  davlat 
ulushini  boshqarish  Jamg‘arma  tomonidan  faqatgina  Jamg‘arma 
Kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;  
operatorning  ustav  kapitalidagi  davlat  ulushidan  olinadigan 
daromadlar,  shuningdek,  maqsadli  imtiyozlar  berishdan  bo‘shay-
digan moliyaviy mablag‘lar Konsepsiyani amalga oshirish davrida 
texnologik  uskunalarni  modernizatsiya  qilish  va  mamlakatda 
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida Jamg‘arma hisobiga 
yo‘naltiriladi; 
Konsepsiyada  nazarda  tutiladigan  tadbirlar  operatorning  o‘z 
mablag‘lari  va  Jamg‘arma  mablag‘lari,  jalb  etiladigan  qarz 
mablag‘lari,  shuningdek,  qonun  hujjatlarida  taqiqlanmagan 
boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.  
6. 
Operator 
2021-yil 
1-dekabrga 
qadar 
muddatga 
telekommunikatsiya  sohasida  faoliyatni  amalga  oshirishga 
litsenziya  berish  uchun  davlat  boji,  radiochastotalar  spektridan 
foydalanish  uchun  to‘lov,  shuningdek,  radioelektron  vositalardan 
foydalanish uchun ekspluatatsiya yig‘imi to‘lashdan ozod etilsin. 
7. Operatorga:  
faqat  o‘z  tijorat  ehtiyojlari  uchun,  boshqa  operator  va 
provayderlarga  ovozli  telefoniya  va  internet  trafigi  xalqaro 
kanallarini  tashkil  etish  bo‘yicha  xizmatlar  ko‘rsatish  huquqisiz 
xalqaro  telekommunikatsiya  tarmoqlariga  (ma’lumotlar  va  ovoz 
uzatish 
tarmoqlariga), 
shu 
jumladan, 
“IP-telefoniya” 
texnologiyasidan foydalangan holda to‘g‘ridan to‘g‘riulanish; 
zimmasiga  yuklatilgan  vazifalarni  sifatli  bajarish  maqsadida 
Jamg‘arma  bilan  kelishilgan  holda  shartnoma  asosida  mustaqil 
xorijiy, milliy konsultant va ekspertlarni jalb etish huquqi berilsin.  
Belgilab  qo‘yilsinki,  Xizmatchilarning  asosiy  lavozimlari  va 
ishchilar  kasblari  klassifikatori  ishga  qabul  qilishda  xodimlar 
ma’lumotining  eng  past  darajasi,  ishchilar  kasblari  bo‘yicha 
malaka  razryadlarini  belgilash  yuzasidan  tegishli  yo‘nalishda 
xorijiy  oliy  ta’lim  muassasalarini  tamomlagan  mutaxassislarga 
nisbatan qo‘llanishi, istisno tariqasida, tavsiyaviy xarakterga ega.  
8.  Vazirlikning  Toshkent  shahar,  Mirobod  tumani,  Nukus 
ko‘chasi, 
22-uy 
manzilida 
joylashgan 
binosi 
operatorni 


359 
joylashtirish  uchun  xo‘jalik  yurituvi  huquqi  asosida  Agentlikka 
topshirilsin.  
9.  Agentlik  manfaatdor  vazirlik  va  idoralar  bilan  birgalikda 
ikki  oy  muddatda  qonun  hujjatlariga  ushbu  qarordan  kelib 
chiqadigan  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  to‘g‘risida  Vazirlar 
Mahkamasiga takliflar kiritsin.  
10.  Mazkur  qarorning  ijrosini  nazorat  qilish  O‘zbekiston 
Respublikasining  Bosh  vaziri  A.N.  Aripov  va  O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Loyiha  boshqaruvi  milliy 
agentligi  direktorining  birinchi  o‘rinbosari  D.R.  Li  zimmasiga 
yuklansin.  

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   351




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə