O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə338/351
tarix01.04.2022
ölçüsü4,54 Mb.
#84950
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   351
-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

Ilova 1 
 
 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
QARORI 
ELEKTRON TIJORATNI JADAL RIVOJLANTIRISH 
CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA 
Zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  joriy 
etish  bo‘yicha  amalga  oshirilayotgan  chora-tadbirlar  iqtisodiyot 
tarmoqlarini  raqamlashtirishda,  shu  jumladan  elektron  tijoratni 
rivojlantirishda muayyan natijalarga erishish imkonini berdi. 
Shunga  qaramay,  mamlakatda  elektron  tijoratning  to‘laqonli 
bozorini yaratishga, tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi mahalliy 
korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishiga to‘siq bo‘layotgan qator 
muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Xususan: 
birinchidan,  elektron  tijorat  sohasidagi  munosabatlarni 
huquqiy  tartibga  solishning  amaldagi  tizimi  soha  taraqqiyotining 
jadal  sur’atlardagi  o‘zgarishlariga  mos  kelmaydi  va  o‘z  navbatida 
aholi  keng  qatlami  va  tadbirkorlik  subyektlari  uchun  elektron 
tijoratdan foydalanish imkonini ta’minlamaydi; 
ikkinchidan, mahalliy tadbirkorlik subyektlariga tashqi bozor-
larda  to‘liq  raqobatlashish,  shuningdek,  xarajatlarni  optimallash-
tirish  imkonini  bermayotgan  elektron  tijorat  orqali  tovarlar 
(xizmatlar)ni  eksport  qilishning  eskirgan  byurokratik  to‘siqlari 
saqlanib qolmoqda
uchinchidan,  elektron  tijoratni  rivojlantirishga  yo‘naltirilgan 
zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  joriy  etish 
jarayoni  lozim  darajada  yo‘lga  qo‘yilmagan,  bu  esa  iqtisodiyotni 
raqamlashtirish  va  tadbirkorlik  faoliyati  rivojlanishining  to‘xtab 
turishiga olib kelmoqda; 
to‘rtinchidan,  mahalliy  to‘lov  tizimlarining  mashhur  xorijiy 
analoglari  bilan  integratsiyasi  yo‘qligi,  mamlakat  tadbirkorlik 
subyektlarining  elektron  tijorat  sohasidagi  yetakchi  xorijiy  tashki-
lotlar  bilan  to‘liq  xalqaro  hamkorlikda  ishlashlariga,  shuningdek, 
mahalliy bozorning eksport salohiyati va raqobatbardoshligiga ta’sir 
qilmoqda; 
beshinchidan,  elektron  tijorat  imkoniyatlari  va  afzalliklarini, 
jumladan, tovarlar (xizmatlar) uchun, ayniqsa,  joylarda naqd pulsiz 


322 
hisob-kitoblarni  ommalashtirish  darajasi  pastligicha  qolmoqda,  bu 
esa  xufyona  iqtisodiyot  hajmining  oshishiga  va  davlat  budjetiga 
soliq tushumlarining kamayishiga olib kelmoqda
oltinchidan,  amaldagi  soliqqa  tortish  tizimi  elektron  tijorat 
sohasidagi  tadbirkorlik  subyektlari,  jumladan,  axborot  vositachilari 
faoliyatini  kengaytirishni  rag‘batlantirmaydi,  bu  esa  Internet 
tarmog‘i orqali mahsulotlarni xufyona ayirboshlash hajmi oshishiga 
olib  kelmoqda,  shuningdek,  ushbu  sohaga  investitsiyalar  va 
zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishni cheklamoqda. 
Mamlakatda  elektron  tijoratni  rivojlantirish  uchun  qulay 
shart-sharoitlar  yaratish,  tovarlar  (xizmatlar)ni  Internet  tarmog‘i 
orqali  realizatsiya  qilish  uchun  zamonaviy  mexanizm  va  tartib-
taomillarni 
joriy 
qilish, 
mahalliy 
tadbirkorlik 
subyektlari 
mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini kengaytirish va hajmini 
oshirish maqsadida: 
1. Belgilab qo‘yilsinki: 
qonun  hujjatlariga  muvofiq  elektron  tijorat  ishtirokchilari 
tomonidan  xizmatlar  ko‘rsatish  jarayonida  axborot  tizimlari 
tomonidan  shakllantiriladigan,  bitimlardagi  tomonlarni  identifikat-
siyalash  imkonini  beruvchi elektron  cheklar,  kvitansiyalar,  xabarlar 
va boshqa usullar tovarlar (xizmatlar) uchun to‘lovlarni tasdiqlovchi 
kvitansiyalar,  talonlar,  chiptalar  va  boshqa  hujjatlarga  tenglash-
tiriladi; 
tadbirkorlik  subyektlari  tomonidan elektron tijorat bitimlarini 
amalga  oshirishda  to‘lovlar  virtual  terminallar  (E-POS)  orqali 
xaridorga naqd pulni qabul qilganligi to‘g‘risida elektron chek yoki 
boshqa tasdiqlovchi hujjatni majburiy yuborgan hamda inkassatsiya 
qoidalariga  qat’iy  rioya  qilgan  holda  pul  mablag‘larini  xizmat 
ko‘rsatuvchi bankka topshirish sharti bilan naqd pul shaklida qabul 
qilinishi mumkin; 
elektron  tijorat  subyektlari  savdo  faoliyatini  amalga 
oshirishda  to‘lov  terminallaridan  foydalangan  holda  tadbirkorlik 
subyektlarining  korporativ  bank  kartalari,  shuningdek,  elektron 
to‘lov tizimlari orqali to‘lovlarni qabul qilish huquqiga egadirlar; 
xalqaro  to‘lov  tizimi  orqali  to‘langan  holda  butunjahon 
Internet  tarmog‘i  orqali  bitta  invoys  bo‘yicha  5  ming  AQSh 
dollarigacha  tovar  (xizmat)larni  eksport  qilishda  xaridor  bilan 


323 
yozma  shartnoma  tuzish  talab  etilmaydi  va  barcha  yuridik  va 
jismoniy  shaxslarga  umumqabul  qilingan  xalqaro  amaliyotga 
muvofiq  hisobot  yuritgan  holda  Tashqi  savdo  operatsiyalarining 
yagona elektron axborot tizimiga axborot kiritmasdan hamda pochta 
aloqa  xizmatlari  ko‘rsatish  qoidalariga  muvofiq  yukning  bojxona 
deklaratsiyasini  rasmiylashtirmasdan  amalga  oshirishga  ruxsat 
etiladi; 
virtual  terminallar  (E-POS)  shu  turdagi  nazorat-kassa 
mashinalari va to‘lov terminallariga tenglashtiriladi. 
2. Belgilansinki, 2018-yil 1-iyuldan boshlab: 
elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni yetkazib 
berish  bo‘yicha  xizmatlar  ko‘rsatuvchi  tadbirkorlik  subyektlariga 
uchinchi  shaxslar  (tovarlarni  sotuvchilar)  uchun  to‘lovlarni 
keyinchalik  ularni  belgilangan  tartibda  inkassatsiya  qilish  sharti 
bilan qabul qilish huquqi beriladi
elektron  tijorat  orqali  sotiladigan  tovarlar  (xizmatlar)  uchun 
ularning  umumiy  qiymatidan  majburiy  15  foizli  oldindan  to‘lov 
to‘lash talabi bekor qilinadi; 
elektron  tijorat  orqali  realizatsiya  qilingan  tovarlarni 
sotuvchiga  va  yetkazib  beruvchiga  shaxsiy  mulk,  ijara  va  boshqa 
foydalanish huquqiga asosan tegishli bo‘lgan avtomobil transportida 
O‘zbekiston hududi bo‘ylab yetkazib berishda shahar, shahar atrofi, 
shaharlararo  va  xalqaro  avtomobilda  yo‘lovchilar  va  yuk 
tashishlarni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi, 
qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno
elektron  tijorat  orqali  dori  vositalari  va  tibbiyot  buyumlarini 
realizatsiya  qilish,  faqat  saqlash  va  yetkazib  berishda  ularning 
xavfsizligini  ta’minlash  tartibi  va  talablariga  qat’iy  rioya  qilgan 
hamda  qonun  hujjatlari  talablarini  inobatga  olgan  holda  amalga 
oshirishga ruxsat etiladi. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Markaziy 
bank  bilan  birgalikda  bir  oy  muddatda  yetakchi  xorijiy  savdo 
maydonchalari  (ebay,  Amazon  va  boshqalar),  to‘lov  tizimlari 
(Paypal)  bilan  muzokaralar  o‘tkazishni  tashkil  etsin  va  o‘tkazilgan 
muzokaralar  yakuni  bo‘yicha  mahalliy  tadbirkorlik  subyektlariga 
ushbu  savdo  maydonchalari  va  to‘lov  tizimlari  orqali  tovarlar 
(xizmatlar)ni  realizatsiya  qilish  va  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish 


324 
imkonini yaratish bo‘yicha aniq takliflarni O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti devoniga kiritsin. 
4.  O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi, 
Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish 
vazirligi  manfaatdor  vazirlik  va  idoralar  bilan  birgalikda  bir  oy 
muddatda elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiy buyumlarni, 
ularni  saqlash  va  yetkazib  berish  talablari  va  shartlarini  inobatga 
olgan  holda,  realizatsiya  qilish  va  yetkazib  berish  tartibini  nazarda 
tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin. 
5.  O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi: 
ikki oy muddatda elektron tijorat sohasida davlat miqyosidagi 
ijtimoiy  ahamiyatga  ega  loyihalarni  moliyalashtirish  mexanizmini 
inobatga  olgan  holda  Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini 
rivojlantirish  jamg‘armasi  to‘g‘risidagi  Nizomga  o‘zgartirishlar 
kiritsin; 
mijozlarni  mobil  aloqa  raqamiga  bog‘liq  holda  masofadan 
identifikatsiya  qilish  mexanizmining  samarali  ishlashini  ta’minlash 
maqsadida  2018-yil  yakuniga  qadar  mobil  aloqa  tarmog‘i  abonenti 
boshqa  mobil  aloqa  tarmog‘iga  o‘tganda  telefon  raqamini  saqlab 
qolish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 
6.  O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va 
kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi,  Davlat  bojxona 
qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi ikki oy muddatda elektron dasturiy 
mahsulotlar, 
axborot 
mahsulotlaridan 
foydalanish 
huquqini 
rasmiylashtirish,  shu  jumladan  “bulutli  texnologiyalar”  xizmatini 
xarid qilish va unga obuna bo‘lishning buxgalteriya hisobini yuritish 
va  bojxona  rasmiylashtiruvi  (deklaratsiyalash)  tartibini  nazarda 
tutuvchi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  qarori 
loyihasini kiritsin. 
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy 
bank  bilan  birgalikda  2018-yil  yakuniga  qadar  mobil  telefonlar 
(planshetlar)  qo‘llanilishini  inobatga  olgan  holda  bank  kartalari  va 
naqd  pul  to‘lovlarini  qabul  qiluvchi  yagona  qurilmalarni  (E-POS 
terminal  va  onlayn  NKM  bir  qurilmada)  joriy  etish  bo‘yicha  zarur 
choralar ko‘rsin. 


325 
8.  O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va 
kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi,  Adliya  vazirligi  va 
Davlat  soliq  qo‘mitasining  2018-yil  1-iyulga  qadar  muddatda 
Elektron  tijorat  ishtirokchilarining  milliy  reyestrini  (keyingi 
o‘rinlarda  Milliy  reyestr  deb  yuritiladi)  yaratish  to‘g‘risidagi 
takliflari qabul qilinsin. 
Belgilab qo‘yilsinki: 
Milliy  reyestrni  yuritish  elektron  shaklda  onlayn  rejimda 
amalga oshiriladi
Milliy reyestrga ixtiyoriy va bepul asosda tovar (xizmat)larni 
elektron tijorat orqali sotishdan olgan daromadlari umumiy sotilgan 
tovarlar (xizmatlar) hajmining kamida 80 foizini tashkil etuvchi, shu 
jumladan  elektron  tijoratda  elektron  savdo  maydonchalari, 
tovarlarni  yetkazib  berish,  elektron  hujjatlar  va  xabarlarni  saqlash 
xizmatlarini  ko‘rsatuvchi  yuridik  shaxslar  va  xususiy  tadbirkorlar 
kiritiladi. 
9.  Milliy  reyestrni  shakllantirish,  yuritish  va  kelgusida  rivoj-
lantirish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish 
vazirligi 
huzuridagi 
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markaziga yuklatilsin. 
10.  Milliy  reyestrni  yuritishning  asosiy  vazifalari  etib 
quyidagilar belgilansin: 
elektron  tijorat  ishtirokchilari  to‘g‘risidagi  yagona  elektron 
axborot bankini yaratish; 
elektron tijoratni joriy etish va rivojlantirish holatining tizimli 
monitoringini  olib  borish  va  baholash,  shu  jumladan  axborot 
tizimlari va resurslarini joriy qilishning samaradorligini o‘rganish; 
elektron  tijoratni  samarali  rivojlantirish  uchun  maqsadli 
tahlilini olib borish va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish 
bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 
11.  Belgilansinki,  Milliy  reyestrga  kiritilgan  yuridik  shaxslar 
va xususiy tadbirkorlar 2 foiz stavka bo‘yicha yagona soliq to‘lovini 
to‘lovchilar hisoblanadi. 
12.  2018  —  2021-yillarda  O‘zbekiston  Respublikasida 
elektron tijoratni rivojlantirish dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 
13.  O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va 
kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi,  Davlat  bojxona 


326 
qo‘mitasi,  Davlat  soliq  qo‘mitasi  manfaatdor  idoralar  bilan 
birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib 
chiqadigan  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  to‘g‘risida  O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 
14.  Mazkur  qarorning  ijrosini  nazorat  qilish  O‘zbekiston 
Respublikasining  Bosh  vaziri  A.N.  Aripov  va  O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Davlat 
maslahatchisining 
birinchi 
o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   351




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə