O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə341/351
tarix01.04.2022
ölçüsü4,54 Mb.
#84950
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   351
-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

 
O‘zbekiston Respublikasi  
Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV 
Toshkent sh.,  2018-yil 3-iyul, PQ-3832-son 
 
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 
07/18/3832/1452-son) 
 
 
 
 
 
 


346 
Ilova 4 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
QARORI 
“RAQAMLI ISHONCH” RAQAMLI IQTISODIYOTNI 
RIVOJLANTIRISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH 
JAMG‘ARMASINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA 
 
Raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirishning  eng  ustuvor  yo‘na-
lishlarida  investitsiyaviy,  moliyaviy  va  boshqa  resurslarni 
birlashtirish  maqsadida,  shuningdek,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  2018-yil  3-iyuldagi  “O‘zbekiston  Respublikasida 
raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi 
PQ-3832-son qaroriga muvofiq: 
1.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Loyiha 
boshqaruvi  milliy  agentligining  (keyingi  o‘rinlarda  Agentlik  deb 
yuritiladi)  davlat  muassasasi  shaklidagi  “Raqamli  ishonch” 
raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirishni  qo‘llab-quvvatlash  jamg‘ar-
masini  (keyingi  o‘rinlarda  —  Jamg‘arma)  tashkil  etish  to‘g‘ri-
sidagi taklifiga rozilik berilsin. 
2.  Quyidagilar  Jamg‘armaning  asosiy  vazifalari  etib  belgi-
lansin: 
raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  sohasidagi,  shu  jumladan 
“blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq loyihalarni 
davlat-xususiy  sheriklik  shartlarida  amalga  oshirish  uchun 
investorlarning mablag‘larini jalb etish va birlashtirish
davlat-xususiy  sheriklik  shartlarida  raqamli  iqtisodiyotni 
rivojlantirish,  shu  jumladan  kripto-aktivlar  aylanmasi  va  kripto-
birjalar  faoliyati  sohasidagi  eng  istiqbolli  va  strategik  muhim 
loyihalarni  amalga  oshirish,  shuningdek,  “blokcheyn”  texnolo-
giyalarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida kadrlar tayyorlash 
bo‘yicha o‘quv tadbirlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazish; 
raqamli  iqtisodiyotni,  shu  jumladan  “blokcheyn”  texnolo-
giyalarini  joriy  etish  va  kripto-aktivlar  aylanmasi  uchun  platfor-
malar  tashkil  etish  hisobiga  yanada  rivojlantirish  borasidagi, 


347 
ayniqsa, 
yoshlarning 
tashabbuslari 
(startaplari)ni 
qo‘llab-
quvvatlash; 
kripto-aktivlar  aylanmasi  va  “blokcheyn”  texnologiyalari 
sohasida yetakchi xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni 
tashkil  etishda,  shu  jumladan  yuqori  malakali  chet  el 
mutaxassislarini jalb etishda texnik ko‘makni ta’minlash. 
3.  Kuyidagilar  Jamg‘arma  mablag‘larini  shakllantirishning 
manbalari etib belgilansin: 
Agentlik  va  uning  bo‘ysunuvidagi  tashkilotlarning  Agentlik 
direktori tomonidan belgilanadigan miqdordagi ajratmalari; 
xalqaro  moliya  tashkilotlari  va  institutlarining  grantlari  va 
kreditlari; 
jismoniy  va  yuridik  shaxslar,  shu  jumladan  chet  el  jismoniy 
va yuridik shaxslarining homiylik xayriyalari; 
yuridik  shaxslar  ustav  kapitali  (ustav  fondi)da  Jamg‘armaga 
tegishli 
aksiyalar 
(ulushlar, 
paylar) 
bo‘yicha 
olinadigan 
daromadlar
davlat-xususiy  sheriklik  shartlarida  loyihalarni  amalga 
oshirishdan olinadigan daromadlar; 
Jamg‘armaning  vaqtincha  bo‘sh  turgan  mablag‘larini 
banklarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar; 
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar. 
4.  Belgilab  qo‘yilsinki,  Jamg‘armaning  mablag‘laridan 
quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: 
raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  sohasidagi,  shu  jumladan 
“blokcheyn”  texnologiyalarini  joriy  etish,  kripto-aktivlar 
aylanmasini  va  kripto-birjalar  faoliyatini  tashkil  etish  bo‘yicha 
loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida moliyalashtirish; 
raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  sohasidagi  loyihalarni 
amalga  oshirish  doirasida  tuziladigan  yuridik  shaxslarning,  shu 
jumladan  O‘zbekiston  Respublikasi  norezidentlarining  ustav 
kapitali (ustav fondi)dagi aksiya va ulushlarni sotib olish; 
raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  sohasidagi  loyihalarni 
amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‘lgan  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar), 
ko‘chmas  mulk  obyektlari,  transport  vositalari  va  boshqa  mol-
mulkni sotib olish; 


348 
raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  sohasidagi  tashabbuslar 
(startaplar)ni moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish 
uchun grantlar va kredit liniyalarini ajratish; 
raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  sohasida,  shu  jumladan 
xorijda  o‘tkaziladigan  o‘quv  tadbirlari,  konferensiyalar,  semi-
narlar  va  boshqa  tadbirlarni  tashkil  etish  va  ularda  ishtirok  etish 
bilan  bog‘liq  xarajatlarni  moliyalashtirish,  shuningdek,  iqtidorli 
talabalar  va  yosh  mutaxassislarni  qo‘llab-quvvatlash  uchun 
stipendiya va grantlar ajratish
Jamg‘arma  ijro  etuvchi  direksiyasini  moddiy-texnik  ta’min-
lash,  uning  xodimlari  mehnatiga  haq  to‘lash  va  ularni  moddiy 
rag‘batlantirish; 
Jamg‘arma  tomonidan  raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish 
sohasida  amalga  oshiriladigan  loyihalar  doirasida  jalb  etiladigan 
yuqori malakali chet el mutaxassislari xarajatlarini (mehnatga haq 
to‘lash,  transport  xarajatlari  va  boshqalar)  ular  bilan  tuziladigan 
shartnomalar (kontraktlar) asosida moliyalashtirish; 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  qarorlariga  asosan 
respublikani  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  bilan  bog‘liq  boshqa 
maqsadlar. 
5.  “Raqamli  ishonch”  raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirishni 
qo‘llab-quvvatlash  jamg‘armasining  kengashi  (keyingi  o‘rinlarda 
— Kengash) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin. 
Kengash  bir  oy  muddatda  O‘zbekiston  Respublikasida 
raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  bo‘yicha,  shu  jumladan 
“blokcheyn”  texnologiyalarini  quyidagilarda  bosqichma-bosqich 
joriy etishni nazarda tutgan holda “yo‘l xaritasini” ishlab chiqsin 
va tasdiqlasin: 
markazlashtirilgan  manbalar  hisobidan  moliyalashtiriladigan 
davlat  va  hududiy  dasturlarning  investitsiya  loyihalari  amalga 
oshirilishini monitoring qilishda; 
O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  budjetiga  mablag‘lar 
tushishi  va  ularning  sarflanishini,  davlat  organlarida  to‘lov 
intizomiga rioya etilishini nazorat qilishda
sog‘liqni  saqlash,  ijtimoiy  ta’minot,  ta’lim  va  madaniyat 
sohalarida 
ijtimoiy 
xizmatlar 
ko‘rsatishda, 
shuningdek, 


349 
ajratilayotgan  budjet  mablag‘larining  taqsimlanishini  monitoring 
qilishda; 
davlat  organlari  faoliyatini  tashkil  etishda,  shu  jumladan 
idoralararo  hamkorlikda,  davlat  xaridlarini  amalga  oshirishda, 
davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
verifikatsiya qilishda; 
davlat  kadastrlari,  reyestrlari,  klassifikatorlari  va  boshqa 
ma’lumotlar  bazalarini  yuritishda,  shu  jumladan  ularga  kiritilgan 
axborotning dolzarbligini ta’minlash va undan foydalanishda; 
ustav kapitali (ustav fondi)da davlat ishtiroki yuqori bo‘lgan 
yirik  tijorat  tashkilotlarida,  shu  jumladan  biznes  jarayonlarini 
takomillashtirish,  ishlab  chiqarish,  ma’muriy  va  operatsion 
jarayonlarni optimallashtirish, shuningdek, zamonaviy menejment 
va  resurslarni  boshqarishni  joriy  etish  maqsadida  korporativ 
boshqarishda; 
bank va moliya sektorlarida tranzaksiya operatsiyalarini, shu 
jumladan  kliring  operatsiyalari,  elektron  to‘lovlar,  sug‘urtalash, 
savdoni  moliyalashtirish  (akkreditiv)  va  loyihalarni  kreditlashni 
monitoring qilishda. 
6. Belgilab qo‘yilsinki: 
Jamg‘arma 
o‘zining  mustaqil  balansiga,  O‘zbekiston 
Respublikasining  tijorat  banklarida  milliy  va  xorijiy  valyutadagi 
hisobraqamlariga,  Davlat  gerbi  tasviri  tushirilgan  va  o‘z  nomi 
yozilgan muhrga ega
investorlarni  tanlash  mezonlari,  shuningdek,  raqamli  iqtiso-
diyotni  rivojlantirish  sohasidagi  loyihalarni  amalga  oshirishda 
davlat-xususiy sheriklik shartlari Kengash tomonidan belgilanadi; 
Jamg‘armaning  mablag‘larini  shakllantirish  va  ulardan 
foydalanish tartibi Kengash tomonidan tasdiqlanadi; 
Jamg‘armaning  mablag‘larini  joylashtirish  bo‘yicha  barcha 
operatsiyalar Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi
Jamg‘armaning  joriy  faoliyatiga  rahbarlik  Agentlik  direktori 
lavozimga  tayinlaydigan  va  lavozimdan  ozod  qiladigan  direktor 
rahbarligidagi ijro etuvchi direksiya tomonidan amalga oshiriladi; 
Jamg‘arma  tomonidan  jalb  etiladigan  grantlarga  texnik  ko‘-
maklashish  mablag‘lari  hisobiga  amalga  oshirish  uchun  nazarda 


350 
tutiladigan  loyiha  takliflarini  ishlab  chiqish  va  kelishish  tartibi 
tatbiq etilmaydi; 
Jamg‘arma  mablag‘larining  maqsadli  foydalanilishi  ustidan 
nazorat Agentlik tomonidan amalga oshiriladi. 
7. Jamg‘armaga: 
tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  yetkazib  beruvchilar  va  ularning 
rasmiy  dilerlari  (distribyutorlari)  bilan  “blokcheyn”  texnolo-
giyalarini  joriy  etish  va  amalga  oshirilayotgan  loyihalar  uchun 
zarur  uskunalar,  texnika  va  materiallar,  ehtiyot  qismlari,  dasturiy 
mahsulotlar,  butlovchi  buyumlarni  yetkazib  berish  bo‘yicha  eng 
yaxshi takliflarni tanlab olish asosida shartnomalar tuzishga; 
yuqori malakali chet el mutaxassislarini ishga qabul qilish va 
ularga  Agentlik  bilan  kelishilgan  miqdorda  erkin  konvertatsiya 
qilinadigan valyutada ish haqi va boshqa to‘lovlar belgilashga; 
xorijiy  oliy  ta’lim  muassasalarini  tamomlagan  tegishli 
yo‘nalishdagi  mutaxassislarga  nisbatan  xizmatchilarning  asosiy 
lavozimlari  va  ishchilar  kasblarining  klassifikatorini  ishga  qabul 
qilishda  xodimlar  ma’lumotining  eng  past  darajasi,  ishchilar 
kasblari  bo‘yicha  malaka  razryadlarini  belgilash  yuzasidan 
qo‘llamaslikka ruxsat berilsin. 
8. Agentlik (D.R. Li): 
ikki  hafta  muddatda  Jamg‘armaning  ta’sis  hujjatlari,  ijro 
etuvchi direksiyasi tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlasin
bir oy muddatda Jamg‘armaning faoliyatini tashkil etish, shu 
jumladan  mebel,  kompyuter  texnikasi,  aloqa  vositalari  va  boshqa 
zarur  moddiy-texnika  resurslari  bilan  ta’minlash  choralarini 
ko‘rsin; 
ikki  oy  muddatda  Jamg‘arma  ijro  etuvchi  direksiyasining 
zarur  nazariy  bilim  va  amaliy  ko‘nikmalarga  ega,  Jamg‘armaga 
yuklatilgan  vazifalarni  professional  darajada  bajarishga  qodir 
yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin. 
9. Quyidagilar 2021-yil 1-iyulga qadar muddatga: 
Jamg‘arma  yagona  ijtimoiy  to‘lovlardan  tashqari  barcha 
turdagi soliqlar va majburiy to‘lovlar to‘lashdan; 
O‘zbekiston  Respublikasida  ishlab  chiqarilmayotgan, 
Jamg‘arma  tomonidan  uning  zimmasiga  yuklatilgan  vazifalarni 


351 
amalga  oshirish  doirasida,  shuningdek,  o‘z  ehtiyojlari  uchun 
belgilangan  tartibda  shakllantiriladigan  ro‘yxatlar  bo‘yicha  olib 
kelinadigan  tovarlar  bojxona  to‘lovlari  to‘lashdan  (bojxona 
rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilinsin. 
Belgilansinki,  Jamg‘arma  tomonidan  o‘z  faoliyati,  shu 
jumladan  amalga  oshirayotgan  loyihalar  doirasida  yuridik  va 
jismoniy  shaxslarga  beg‘araz  asosda  beriladigan  tovarlar  (ishlar, 
xizmatlar)  ularni  oluvchi  tomonda  yuridik  shaxslarning  foyda 
solig‘i,  yagona  soliq  to‘lovi  va  jismoniy  shaxslar  daromadidan 
olinadigan soliq bo‘yicha soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi. 
10.  Agentlik  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot 
texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi-
ning  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlan-
tirish  vazirligi  huzuridagi  “Ni-tech  city”  xalqaro  yuqori  texno-
logiyali innovatsion markazi hududida yangi obyektlarni qurish va 
ulardan  foydalanish  direksiyasi”  davlat  unitar  korxonasini 
Agentlikka  beg‘araz  o‘tkazish  hamda  uning  nomini  O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Loyiha  boshqaruvi  milliy 
agentligi  qoshidagi  “Delta  city”  xalqaro  yuqori  texnologiyali 
innovatsion markazi hududida yangi obyektlarni qurish va ulardan 
foydalanish  direksiyasi”  davlat  unitar  korxonasiga  o‘zgartirish 
to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. 
“Delta  city”  xalqaro  yuqori  texnologiyali  innovatsion 
markazi hududida yangi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish 
direksiyasi”  davlat  unitar  korxonasining  faoliyatini  moliyalash-
tirish  manbalaridan  Axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini 
rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari chiqarib tashlansin. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va 
kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi  Xususiylashtirilgan 
korxonalarga  ko‘maklashish  va  raqobatni  rivojlantirish  davlat 
qo‘mitasi  bilan  birgalikda  bir  oy  muddatda  “Delta  city”  xalqaro 
yuqori  texnologiyali  innovatsion  markazi  hududida  yangi 
obyektlarni  qurish  va  ulardan  foydalanish  direksiyasi”  davlat 
unitar 
korxonasining 
belgilangan 
tartibda 
Agentlikka 
o‘tkazilishini ta’minlasin. 


352 
11.  O‘zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi  Jamg‘ar-
ma  ijro  etuvchi  direksiyasining  buyurtmanomalariga  binoan 
Jamg‘arma  tomonidan  amalga  oshiriladigan  loyihalar  doirasida 
jalb  etiladigan  chet  el  mutaxassislariga  davlat  boji  undirilmasdan 
ko‘p  martalik  vizalar  rasmiylashtirilishi,  berilishi  va  ularning 
muddati  uzaytirilishini,  shuningdek,  ularning  vaqtincha  propiska 
qilinishini, turar joyi bo‘yicha hisobga olinishini hamda vaqtincha 
propiska  va  turar  joyi  bo‘yicha  hisobga  olish  uzaytirilishini 
ta’minlasin. 
12. Jamg‘arma Toshkent shahri, I. Karimov ko‘chasi, 1-uyga 
beg‘araz foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. 
13.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ayrim  hujjat-
lariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin. 
14.  Agentlik  boshqa  manfaatdor  vazirlik  va  idoralar  bilan 
birgalikda  bir  oy  muddatda  qonun  hujjatlariga  ushbu  qarordan 
kelib  chiqadigan  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  to‘g‘risida  takliflar 
kiritsin. 
15.  Mazkur  qarorning  ijrosini  nazorat  qilish  O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Administratsiyam 
rahbari 
Z.Sh. 
Nizomiddinov,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi 
Loyiha  boshqaruvi  milliy  agentligi  direktorining  birinchi 
o‘rinbosari  D.R.  Li  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga 
yuklansin. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   351




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə