O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Matn qismini boshqa matn qismi bilan almashtirish funksiyasi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə131/157
tarix19.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#152373
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   157
S. Eshtemirov, F. M. Nazarov algoritmlash va dasturlash asoslari-hozir.org

Matn qismini boshqa matn qismi bilan almashtirish funksiyasi 
Bu amalni bajarish uchun satr1.replace(n,m,satr2,i,j) funksiyasidan
foydalaniladi. Funksiyaning quyidagicha ko‗rinishlari mavjud.
a) satr1.replace(n,m,satr2); ko‗rinishidan foydalanilganda satr1 ning n-
belgisidan keyingi m ta belgisi satr2 bilan almashtiriladi.
b) satr1.replace(n,m,satr2,i,j); ko‗rinishidan foydalanilganda satr1 ning n-
belgisidan keyingi m ta belgisi satr2 ning i-belgisidan keyingi j ta belgisi bilan
almashtiriladi.
s) satr1.replace(n,m,satr2,k); ko‗rinishidan foydalanilganda satr1ning n-
belgisidan keyingi m ta belgisi satr2char turli massivning dastlabki k ta
belgisidan tashkil topgan qismini string turiga aylantirib almashtiriladi. Quyidagi
dasturni tahlil qilish bilan bu fikrlarga ishonch hosil qilish mumkin.
#include
#include
using namespace std;
int main()
{ char s4[]="bo‗lmaydi";
string s1="matn bo‗lagini almashtirish",s2="bugun dars bo‗ladi";
string s3="nima";
s1.replace(5,9,"qismini");cout<<"s1="< s1.replace(4,8,s3,0,2);cout<<"s1="< s2.replace(11,7,s4,9);cout<<"s2="< system("pause");
return 0;}

Dastur natijasi quyidagicha bo‗ladi





218


s1=matn qismini almashtirish
s1=matnni almashtirish
s2=bugun dars bo‗lmaydi

Satr tarkibidan satr qismini izlash 
String turidagi satrni tarkibidan satr qismini izlash uchun find()
funksiyasidan foydalaniladi. find () funksiyasining umumiy ko‗rinishi quyidagicha
bo‗ladi:
s1.find(s2); 
Find funksiyasi s1 satr ichidan s2 satrni izlash amalini bajaradi, agar topilsa,
s2 ning boshlanish indeksini saqlaydi aks holda -1 natija qaytaradi.
Misol: s1 satr tarkibidan s2 satrni izlash amalini bajaring. 
#include
#include
using namespace std;
int main()
{ int i;
string s1,s2;
cin>>s1; cin>>s2;
i=s1.find(s2);
cout}
Kiritish ma‘lumotlari 
S1=dastur
S2=tur
Dastur natijasi 
3

Agar satr tarkibida izlanadigan qism bir necha marta bajarilsa, oxirgi


qismning indeksini aniqlash uchun rfind() funksiyasidan foydalaniladi. Rfind()
funksiyasini ishlash jarayoni find() funksiyasini ishlash jarayoni bilan bir xil.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə