O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


C++ DASTURLASH TILIDA STRUKTURA VA ULARDAN



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə139/157
tarix19.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#152373
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   157
S. Eshtemirov, F. M. Nazarov algoritmlash va dasturlash asoslari-hozir.org

5.4 C++ DASTURLASH TILIDA STRUKTURA VA ULARDAN 
FOYDALANISH 
Reja: 

1. Struktura va ularni e‘lon qilish; 
2. Strukturalarga murojat qilish va ulardan foydalanish; 
3. Struktura massivi. 

Dasturlashtirish masalalarida biron bir tashkilot yoki muassasalarning


ma‘lumotlar bazasini hosil qilish va ma‘lumotlar bazasi tarkibidagi ma‘lumotlarni
qayta ishlashga to‗g‘ri keladi. Ma‘lumotlar bazasini hosil qilishda bitta ob‘yekt
uchun bir nechta parametrlar saqlanadi, bunday holatlar uchun bitta ob‘yekt uchun
bir nechta parametrlarni birlashtirilish kerak bo‗ladi. Ma‘lumotlar bazasini hosil
qilish uchun dasturlash tillaridan qulay bo‗lgan dasturiy ta‘minotlar ham ko‗p,
lekin ba‘zi hollarda dasturlash tillari ham keng qo‗llaniladi. Ma‘lumotlar bazasini
yaratish jarayoni dasturlash tillari tarkibida keng imkoniyatlari mavjud. C++
dasturlash tilida bir nechta turlarni birlashtirib yangi tur hosil qilish jarayoni
strukturalar yaratish deb ataladi. C++ dasturlash tilida ma‘lumotlar bazasini hosil
qilish uchun strukturalardan foydalaniladi. Struktura tarkibida bitta turga bir nechta
turlar birlashadi. Masalan talaba haqida ma‘lumotlar bazasi hosil qilishda talaba
deb nomlangan struktura tarkibida talaba familyasi, ismi, reytingi, tug‘ilgan vaqti
kabi parametrlari saqlanish kerak. Demak, har bir talaba uchun yuqoridagi barcha
parametrlar inobatga olinishi kerak bo‗ladi. Struktura tarkibida bitta o‗zgaruvchini
bir nechta qiymatlari bo‗lishi mumkin. Bir nechta talabalar haqida ma‘lumotlarni
qayta ishlash davrida bitta talaba uchun bir nechta parametrlar mavjud, bunday
holatlarni hal etish uchun strukturalardan foydalaniladi.

Struktura va ularni e‟lon qilish 
C++ dasturlash tili tarkibida bir nechta turlarni birlashtirib bitta tur asosida
ma‘lumotlar bazasini yaratish va ularni qayta ishlash imkoniyati keng yaratilgan.
Bir nechta turlarni birlashtirish natijasida strukturalar hosil qilib C++ dasturlash tili
tarkibida tashkilotlarga tegishli bo‗lgan bir nechta masalalarni hal etish imkoniyati
mavjud.
Ta‘rif: C++ dasturlash tilida bir yoki bir nechta turlarni jamlanmasini 
birlashtirish struktura deb nomlanadi. 
Strukturalarni ba‘zi hollarda yozuvlar ham deb ataladi, strukturalar
tarkibidagi turlarning har biri maydon deb nomlanadi.



237


Ta‘rif: Ob‘yektning bitta xususiyatini uzida saqlaydigan parameter maydon 
deb nomlanadi. 
Talaba haqida ma‘lumotlar strukturasi hosil qilinishda quyidagi maydonlar
bo‗lishi mumkin: Talabani familyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan vaqti, telefoni,
manzili va hakoza. Strukturalar maydonlardan tashkil topgan ekan, struktura
tarkibidagi har bir maydon strukturani bitta parametrini o‗zida saqlaydi. Struktura
maydoni uchun xotira hajmi, mayon uzunligiga teng bo‗ladi. Struktura maydoni
qiymatlari ifodalarda ishlatilishi mumkin. C++ dasturlash tilida strukturalarni
e‘lon qilishda struct xizmatchi so‗zidan foydalaniladi. Struktura e‘lon qilingandan
so‗ng dastur tarkibida o‗zgaruvchilarni struktura nomi bilan e‘lon qilinadi.
C++ dasturlash tilida strukturalarni tasvirlashning umumiy ko‗rinishi
quyidagicha ko‗rinishda bo‗ladi:

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə