O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə134/157
tarix19.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#152373
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   157
S. Eshtemirov, F. M. Nazarov algoritmlash va dasturlash asoslari-hozir.org

ifstream ;
Ifstream kalit so‗zi orqali fayl e‘lon qilinganda, e‘lon qilingan fayl ustida
faqatgina ma‘lumot o‗qish amali bajariladi. Ya‘ni dastur tarkibiga qabul
qilinadigan qiymatlar biror bir fayldan o‗qish jarayonini amalga oshirish uchun
fayl o‗qish bo‗yicha e‘lon qilinadi:



226


Agar faylni o‘zidan ma‘lumot o‗qib shu faylni o‘ziga ma‘lumot yozish talab
etilsa, albatta, birinchi fayl o‗qish uchun ochilib ma‘lumot o‗qiladi va fayl yopilib
keyin fayl yozish uchun ochilib ma‘lumot yozilishi kerak.
Fayllarga murojat qilib bo‗lgandan so‗ng, albatta, fayllar yopilish kerak.
C++ dasturlash tilida fayllarni yozishning umumiy ko‗rinishi quyidagicha bo‗ladi:
.close(); 
Fayllarni yopish uchun, albatta, mantiqiy nomi dan so‗ng .close() kalit so‗zi
yoziladi.
Ikkita f va g o‗zgaruvchilar fayllarning mantiqiy nomi sifatida qabul qilinib,
ularni mos ravishda yozish va o‗qish bo‗yicha quyidagi ko‗rinishda e‘lon qilinadi:

#include


#include
using namespace std;
int main()
{
ofstream f; // faylni yozish uchun ochish
ifstream g; // faylni o‗qish uchun ochish
f.close(); // f fayl yopildi
g.close(); // g fayl yopildi
return 0;
}

C++ dasturlash tilida fayllarni o‗qish yoki yozish uchun alohida e‘lon


qilinadi. Yuqoridagi C++ dasturlash tilida yozilgan dasturga e‘tibor bersak, f fayl
yozish uchun, g fayl o‗qish uchun e‘lon qilindi va f , g fayllarni yopish jarayonlari
qarab o‗tildi.
Fayllarga murojat qilish 
C++ dasturlash tilida fayllar bilan ishlashda birinchi o‗rinda dasturingiz va
foydalaniladigan fayllarni, albatta, bitta papkaga saqalab oling. Dasturlash tillarida
fayllarga murojat qilish uchun oldin uning mantiqiy va fizik nomlarini bog‘lash
kerak. C++ dasturlash tilida fayllarning mantiqiy nomi bog‘langandan so‗ng faylga
uning mantiqiy nomi bilan murojat qilinadi. C++ dasturlash tilida fayllarni
mantiqiy nomini fizik nomiga bog‘lashning umumiy ko‗rinishi quyidagicha
bo‗ladi:
.open(""); 



227


Faylning mantiqiy nomi fizik nomiga bog‘lanish vaqtida fizik nomi adresi
bilan to‗liq yozilish kerak aks holda fayl bog‘lanmaydi. Agar yaratilgan dastur
turgan papkada fayl yaratilgan bo‗lsa, adresi ko‗rsatilmasdan uning nomi
ko‗rsatilishi kifoya.
Misol: output.txt va input.txt fayllarini yarating va ularga mos ravishda f va 
g mantiqiy nomlari bilan bog‘lang. 
#include
#include
using namespace std;
int main()
{
ofstream f;
f.open("output.txt");
ifstream g;
g.open("input.txt");
return 0;
}

Yuqoridagi dasturga e‘tibor qaratsak, output.txt va input.txt fayllar f va g


fayllar bilan bog‘landi. f va g fayllar mos ravishda yozish va o‗qish uchun tayyor
holatga keltirildi. C++ dasturlash tilida fayllarga murojat qilish uchun dasturning
ixtiyoriy joyida bir qadam oldinda mantiqiy nomi bilan bog‘lash kerak.


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə