O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


C++ DASTURLASH TILIDA FAYLLAR VA ULARDAN



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə133/157
tarix19.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#152373
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   157
S. Eshtemirov, F. M. Nazarov algoritmlash va dasturlash asoslari-hozir.org

5.3 C++ DASTURLASH TILIDA FAYLLAR VA ULARDAN 
FOYDALANISH 
Reja: 

1. Fayllarni e‘lon qilish; 
2. Fayllarga murojat qilish; 
3. Fayllar ustida amallar bajarish. 
4. Fayldan ma‘lumot o‗qish 
5. Fayl tarkibidagi ma‘lumotlarni o‗chirish 

C++ dasturlash tili tarkibida fayllar bilan ishlash uchun barcha turdagi


imkoniyatlar e‘tiborga olingan. Dasturlash tillarida fayllar dastur tarkibidagi
o‗zgaruvchilar qabul qiladigan qiymatlarni saqlash uchun ishlatiladi. Dasturlash
asoslari fani rivojlanib borishi bilan dasturlash tillari tarkibida fayllar ham
rivojlanib bormoqda. Dasturlash asoslari tarkibida murakkab masalalarni hal
etishda o‗zgaruvchilarni qiymatlari soni ko‗p bo‗lsa, bunday holatlarda qo‗lda
kiritish qulay hisoblanmaydi. o‗zgaruvchilarning qiymatlari soni ko‗p bo‗lgan
holatlarda qiymatlar fayllarda saqlansa dasturning o‗zi qiymatlarni tezkor holda
fayllardan qabul qilib oladi. Kompyuterning ma‘lum bir joyida qiymatlar fayllar
asosida saqlanadi.
Ta‘rif: Kompyuterda alohida nom bilan saqlanadigan ma‘lum bir turga 
mansub bo‗lgan ma‘lumotlar majmuasi fayl deb nomlanadi. 
C++ dasturlash tili tarkibida fayllarga murojat qilish uchun fayl nomiga
to‗g‘ridan to‗g‘ri murojat qilib bo‗lmaydi, fayllarga murojat qilish uchun fayllarni
dastur bilan bog‘lash uchun alohida o‗zgaruvchi qabul qilinadi.
Fayllarni e‟lon qilish 
C++ dasturlash tilida fayllar bilan ishlashda .txt kengaytmali fayllardan
foydalanish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Dastur tarkibida fayllarga murojat qilish
uchun albatta oldin .txt kengaytmali faylni yaratib alohida joyga saqlab quyish



225


maqsadga muvofiq bo‗ladi. Dasturlash tilida ishlatiladigan fayllar nomi ikki turda
bo‗ladi.
1) Fizik nomi;
2) Mantiqiy nomi.
Faylning fizik nomi kompyuterda .txt kengaytmali nom bilan saqlangan
nomi hisoblanadi.
Faylning mantiqiy nomi esa dastur tarkibida faylning fizik nomi bilan
bog‘lashga xizmat qiladigan nomi hisoblanadi. C++ dasturlash tilida fayllarni e‘lon
qilishdan oldin albatta #include  kutubxonasini chaqirish kerak.
C++ dasturlash tilida fayllarning asosiy nomiga to‗g‘ridan to‗g‘ri murojat
qilib bo‗lmaydi. Fayllarga murojat qilish uchun faylning fizik nomiga mantiqiy
nomini bog‘lab murojat qilish mumkin. Fayllar mantiqiy nomini fizik nomiga
bog‘lagandan So‗ng dastur tarkibida faylga uning nomi bilan murojat qilinadi.
Dastur tarkibining ixtiyoriy joyida faylga murojat qilish uchun albatta uning
mantiqiy nomi bilan murojat qilinadi.
C++ dasturlash tilida fayllarni e‘lon qilish va ularni mantiqiy nomi bilan
bog‘lash uchun ixtiyoriy o‗zgaruvchini mantiqiy nom sifatida qabul qilinadi.
C++ dasturlash tilida fayllar bir nechta holatlar bo‗yicha e‘lon qilinadi.
1)Fayllarga ma‘lumot yozish uchun ochish bo‗yicha e‘lon qilish;
2)Fayllardan ma‘lumot o‗qish uchun ochish bo‗yicha e‘lon qilish;
C++ dasturlash tilida fayllarga ma‘lumot yozish uchun ochish bo‗yicha e‘lon
qilishning umumiy ko‗rinishi quyidagicha bo‗ladi:

ofstream ;


Ofstream kalit so‗zi orqali fayl e‘lon qilinganda, e‘lon qilingan fayl ustida
faqatgina ma‘lumot yozish amali bajariladi. Ya‘ni dastur natijasi biror bir faylga
saqlash uchun faylni yozish bo‗yicha e‘lon qilinadi.
C++ dasturlash tilida fayllardan ma‘lumot o‗qish uchun ochish bo‗yicha
e‘lon qilishning umumiy ko‗rinishi quyidagicha bo‗ladi:


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə