O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


(i++, i--), (++i, --i ), !, (*, /, %), (+, -), (, =), (==, !=), &&



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə46/157
tarix19.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#152373
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   157
S. Eshtemirov, F. M. Nazarov algoritmlash va dasturlash asoslari-hozir.org

(i++, i--), (++i, --i ), !, (*, /, %), (+, -), (<, >, <=, >=), (==, !=), &&, 
||, ?:, (=, *=, /=, +=, -=, %=).

Kiritish operatori 
C++ dasturlash tilida dastur tuzishda o‗zgaruvchilar qiymati kompyuter
xotirasiga joylashtirish jarayoni ma‘lumotlarni kritish deyiladi. O‗zgaruvchilar
oqimi va ma‘lumotlar jamlanmasi o‗zgaruvchilar turiga qarab kompyuter
xotirasidan joy egallaydi. Dastur tuzish jarayonida o‗zgaruvchilar qiymatini
kompyuter xotirasiga kiritish buyrug‘i yozilishidan avval o‗zgaruvchilarni, albatta,
turiga mos ravishda e‘lon qilishi kerak. Ba‘zi masalalarda parametrlarning
qiymatlari oldindan ma‘lum bo‗lmaydi. Ularning qiymatlarini dasturni bajarish
jarayonida kiritib ketishga to‗g‗ri keladi. Bu hol tuzilgan algoritmning
ommaviyligini ta‘minlaydi. Masalan, kvadrat tenglamani yechish dasturini
tuzishda a, b, c koeffitsentlarning qiymatlarini har ijro etganda o‗zgartirib
yurmasdan, dasturni ijro etish jarayonida kiritib ketish qulay.
C++ dasturlash tilida ma‘lumotlarni kiritish operatori cin kalit so‗zi
yordamida tasvirlanadi. o‗zgaruvchilar ikki va undan ortiq bo‗lsa, u holda >> belgi
orqali o‗zgaruvchilar bir biridan ajratilib yoziladi.



69


C++ dasturlash tilida ma‘lumotlarni kiritish operatorining umumiy ko‗rinishi
quyidagicha:
cin>>o„zgaruvchi1>>o„zgaruvchi2; 
Qiymati kiritiladigan o‗zgaruvchilar bu operatordan keyin bir-birlaridan
―>>‖ belgilari bilan ajratilgan holda yoziladi. Masalan: cin >> a >>b>>c; buyrug‗i
dastur ijrosi davomida a, b va c o‗zgaruvchi parametrlarning qiymatlari kiritilishi
kerakligini bildiradi va kompyuter ushbu buyruqni uchratgach dastur bajarilishini
to‗xtatib, o‗zgaruvchilar qiymatlari kiritilishini kutadi. Shundan so‗ng
o‗zgaruvchilarning qiymatlari bir-birlaridan probel bilan ajratilgan holda 5 -4 12
kabi klaviaturadan terilib, ENTER tugmachasi bosilsa, nooshkor holda a=5; b=-4;
c=12 kabi qiymat berish buyruqlari bajariladi. Bunda quyidagilarga alohida e‘tibor
berish kerak:
- o‗zgaruvchilar kiritayotgan qiymatlarni kiritish tartibidagi nomeri bo‗yicha
qabul qiladi, ya‘ni cin operatoridagi n- o‗zgaruvchi kiritilgan n- qiymatni oladi;
- kiritilayotgan qiymatlar o‗zgaruvchi uchun e‘lon qilingan turga mos
kelishi shart, aks holda xatolik sodir bo‗ladi;
- cin operatori dasturning istalgan joyida bo‗lishi mumkin. Ammo bu
operator tarkibidagi o‗zgaruvchilardanfoydalanilgan buyruqlardan oldin uchrashi
kerak, aks holda dastur ijro etilayotganda buyruqlardagi o‗zgaruvchilarning
qiymatlari ma‘lum bo‗lmay qoladi.
Misol: C++ dasturlash tilida bir va ikkitadan ortiq o‗zgaruvchilarni
kiritishni tasvirlash.
#include

int main ()


{ int a,b,c; // a,b va c o‗zgaruvchilarni e‘lon qilish
cin>>a; // a ni kritish
cin>>b>>c; // b va c larni kritish
return 0;
}


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə