O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/99
tarix12.06.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#116745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot

Xavf (risk) tushunchasi
Kompyuter va axborot texnologiyalarning rivojlanishi katta portlash bo‘ldi. Shu vaqtgacha 
biror bir yangi texnologiya bunday tezlik bilan insoniyat hayotiga kirib bormagan. Kompyuter 
texnologiyalari gen injeneriya, koinot, sun’iy intellekt kabi sohalarda yuqori imkoniyatlarni taqdim 
etmoqda. Lekin kompyuter texnologiyalarining boshqa zararli tomonlari ham mavjud: ular ommaviy 
qirg‘in qurollarini, bilologik va kimyoviy qurollarni ishlab chiqishda foydalanilmoqda. Bundan 
tashqari kompyuter texnologiyalari moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ham qo‘llanilmoqda. 
Kompyuter tizimlari va tarmoqlari odatda buzg‘unchi, yomon maqsadli shaxslar qurboni bo‘lmoqda. 
Bunday qastdan qilingan tahdidlardan tashqari, bilmasdan qilingan(yo‘l qo‘yilgan) hatti-
harakatlar(xatoliklar) ham kerakli ma’lumotning yo‘qolishi, buzilishiga olib kelishi mumkin
1

Shu uchun ham kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan parallel ravishda axborot 
xavfsizligi ham rivojlanib bormoqda
1

Xavf (risk) ikki qismdan iborat
1

1.
ehtimollik 
2.
potensial zarar 
Bugungi kunda axborot tizimlari xavfsizligi bilan bog‘liq tahdirlar kelajakda sodir bo‘lishi 
mumin bo‘lgan xavflardan keladigan zararni kamaytirishga yo‘naltirilgan. Kelajakda xavfdan 
keladigan zararning noaniqligi tufayli, to‘liq xavfsizlikni (ya’ni zararni nolga yaqinlashtirish) 
ta’minlash juda qimmat. 
1
Seymour Bosworth, Michel E. Kabay, Eric Whyne. Computer security handbook. Wiley.2014.



Shuning uchun risk menejerlari xavfsizlik vositalariga ketadigan mablag‘ni minimallashtirgan 
holda, resurslarni taqsimlashni optimallashtirishga urinadi. Bunday jarayon odatda risklarni 
boshqarish deyiladi. 
Xavfsizlik deb xavfdan xoli, turli hujumlar va baxtsiz hodisalar tufayli buzilishdan 
himoyalangan holatga aytiladi.
Risk(xavf) deb shikast yetkazilishi, yo‘qolishi ehtimolligiga aytiladi
2

Risklarni boshqarish 3 etapdan iborat: 
1.
Amalga oshishi mumkin bo‘lgan risklarni aniqlash 
2.
Riskni minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tanlash va qo‘llash 
3.
Yuqoridagi 2 etapni tekshirish maqsadida, tajribada xavfni amalga oshirish va risk 
zararini baholash 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə