O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/99
tarix12.06.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#116745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot

3.Axborot xavfsizligi tushunchasi, uning tashkil etuvchilari tavsifi. 
Axborot xavfsizligi deganda 
tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan ta’sirlardan axborot va uni qo‘llab-
quvvatlab turuvchi infrastukturaning himoyalanganligi tushuniladi. Bunday ta’sirlar axborot 
sohasidagi munosabatlarga, jumladan, axborot egalariga, axborotdan foydalanuvchilarga va 
axborotni muhofaza qilishni qo‘llab quvvatlovchi infrastrukturaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli «Axborot erkinligi 
prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida axborot xavfsizligi
axborot borasidagi xavfsizlik
deb belgilangan va u axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik 
holatini anglatadi. 
Axborot sohasida
shaxs manfaatlari
fuqarolarning axborotdan foydalanishga doir 
konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshishida, qonunda taqiqlanmagan faoliyat bilan 
shug‘ullanishida hamda jismoniy, ma’naviy va intellektual rivojlanishda axborotlardan 
foydalanishlarida, shaxsiy xavfsizlikni ta’minlovchi axborot himoyasida namoyon bo‘ladi. 
Axborot sohasida
jamiyat manfaatlari
bu sohada shaxs manfaatlarini ta’minlashda, 
demokratiyani mustahkamlashda, ijtimoiy huquqiy davlatni qurishda, ijtimoiy hamjihatlikni qo‘llab-
quvvatlashda o‘z aksini topadi. 
Axborot sohasida
davlat manfaatlari
milliy axborot infrastrukturasining rivojlanishiga 
sharoitlar yaratishda, axborot olish sohasida shaxs va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va 
erkinliklarini amalga oshishida, O‘zbekistonning hududiy birligini, suverenitetini va konstitutsiyaviy 
tuzumining mustahkamligini, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini ta’minlash maqsadida 
axborotdan foydalanishda, qonuniylik va huquq tartibotni qat’iy amalga oshishida, o‘zaro tenglik va 
o‘zaro manfaatdorlikdagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda ifodalanadi. 
Axborot xavfsizligi - ko‘p qirrali faoliyat sohasi bo‘lib, unga faqat tizimli, kompleks yondashuv 
muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Ushbu muammoni hal etishda huquqiy, ma’muriy, protsedurali va 
dasturiy-texnik choralarni qo‘llaniladi. 
Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta’minlaydigan uchta asosiy tamoyil mavjud: 
-
ma’lumotlar butunligi
- axborotni yo‘qotilishiga olib keluvchi buzilishlardan, 
shuningdek ma’lumotlarni mualliflik huquqi bo‘lmagan holda hosil qilish yoki yo‘q qilishdan himoya 
qilish; 



-
axborotning
konfedensialligi.
Axborot va uning tashuvchisining holatini belgilaydi va 
unda axborot bilan ruxsatsiz tanishishning yoki uni ruxsatsiz hujjatlashtirishning (nusxa 
ko‘chirishning) oldini olish ta’minlangan bo‘ladi; 
-
foydalanish huquqlariga (mualliflikka) ega barcha foydalanuvchilar axborotdan
 foydalana 
olishliklari.
Ta’kidlash joizki, ayrim faoliyat sohalari (bank va moliya institutlari, axborot tarmoqlari, davlat 
boshqaruv tizimlari, mudofaa va maxsus tuzulmalar) ularda ko‘riladigan masalalarning muhimligi va 
xarakteriga ko‘ra, ularning axborot tizimlari faoliyati ishonchliligiga nisbatan yuqori talablar va 
xavfsizlik bo‘yicha maxsus choralar ko‘rilishini talab etadi. 
Axborot xavfsizligining milliy xavfsizlik tizimidagi o‘rni.
XXI asrda shaxs, jamiyat va davlat 
taraqqiyotida axborot resurslari va texnologiyalarining rolini ortishi natijasida O‘zbekistonda 
fuqarolik jamiyatini axborotlashtirilgan jamiyat sifatida qurish masalasini hal etish bilan birga 
quyidagi omillar milliy xavfsizlikni ta’minlash tizimida axborot xavfsizligining yetakchi o‘rin 
egallashini belgilaydi: 
-
milliy manfaatlar, ularga tajovuz va ularni bu tajovuzlardan himoyalash axborot va axborot 
sohasi orqali ifodalanadi, amalga oshiriladi; 
-
inson va uning huquqlari, axborot va axborot tizimlari hamda ularga egalik qilish;
-
bu nafaqat axborot xavfsizligining asosiy obektlari, balki xavfsizlik sohasidagi barcha 
xavfsizlik obektlarining asosiy yelementlari hamdir; 
-
axborot yondashuvidan asosiy ilmiy-amaliy usul sifatida foydalanish orqali milliy xavfsizlik 
masalalarini hal etish mumkin; 
-
milliy xavfsizlik muammosi yaqqol ajralib turuvchi axborot tavsifiga ega. 
Axborot xavfsizligi tizimi davlatning axborot sohasidagi siyosatini mamlakatda milliy 
xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosati bilan chambarchas bog‘laydi. Bunda axborot xavfsizligi tizimi 
davlat siyosatining asosiy tashkil etuvchilarini yaxlit bir butunlikka biriktiradi. Bu esa axborot 
xavfsizligining roli va uning mamlakat milliy xavfsizligi tizimidagi mavqeini belgilaydi. Axborot 
sohasidagi O‘zbekistonning milliy manfaatlarini, ularga yerishishning strategik yo‘nalishlarini va 
ularni amalga oshirish tizimlarini o‘zida aks yettiruvchi maqsadlar yaxlitligi davlat axborot siyosatini 
anglatadi. Shu bilan birga davlat axborot siyosati mamlakatning tashqi va ichki siyosatining asosiy 
tashkil etuvchisi hisoblanadi hamda jamiyatning barcha jabhalarini qamrab oladi. 
Axborot xavfsizligining zamonaviy konsepsiyasi
axborot xavfsizligini ta’minlovchi maqsadlar, 
vazifalar, tamoyillar va asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha rasmiy nuqtai nazarlar majmuini bildiradi. 
Quyida axborot xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilari va jihatlari keltirilgan: 
-
axborotni muhofaza qilish (shaxsiy ma’lumotlarni, davlat va xizmat sirlarini va boshqa 
turdagi tarqatilishi chegaralangan ma’lumotlarni qo‘riqlash ma’nosida); 
-
kompyuter xavfsizligi yoki ma’lumotlar xavfsizligi - kompyuter tarmoqlarida 
ma’lumotlarning saqlanishini, foydalanishga ruxsat etilganligini va konfedensialligini ta’minlovchi 
apparat va dasturiy vositalar to‘plami, axborotdan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish choralari; 
-
axborot egalariga yoki axborotdan foydalanuvchilarga hamda uni qo‘llab quvvatlovchi 
infratuzilmaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki 
qasddan ta’sir etishlardan axborot va uni qo‘llab quvvatlovchi infratuzilmaning himoyalanganligi; 



-
fuqarolar, alohida guruhlar va ijtimoiy qatlamlar, umuman olganda aholining yashash 
faoliyati, ta’lim olish va rivojlanishlari uchun zarur bo‘lgan sifatli axborotga bo‘lgan talablarining 
himoyalanganligi. 
Axborotni muhofaza qilish - axborot xavfsizligining (ma’lumotlarning butunligi, foydalana 
olish va zarur bo‘lganda, ma’lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash va uzatishda foydalaniluvchi 
axborot va uning zaxiralari konfedensialligi) muhim jihatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar 
majmuidir. 




Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə