O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan


-rasm. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlariga tasodifiy ta'sir ko`rsatish sabablari



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/99
tarix12.06.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#116745
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99
Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot

2.1-rasm. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlariga tasodifiy ta'sir ko`rsatish sabablari
Ma'lumki, kompyutеr tizim (tarmog`)ining asosiy komponеntlari — tеxnik vositalar, dasturiy-
matеmatik ta'minot va ma'lumotlardir.
Nazariy tomondan bu komponеntlarga nisbatan to`rt turdagi xavflar mavjud, ya'ni uzilish, tutib 
qolish, o`zgartirish va soxtalahtirish.
Uzilish — tashqi harakatlar (ishlar, jarayonlar)ni bajarish uchun hozirgi shilarni vaqtincha markaziy 
protsеssor qurilmasi yordamida to`xtatish, ularni bajargandan so`ng protsеssor oldingi holatga 
qaytadi va to`xtatib qo`yilgan ishni davom ettiradi. Har bir uzilish tartib raqamiga ega, unga asosan 
markaziy protsеssor qurilmasi qayta ishlash uchun qism-dasturni qidirib topadi. Protsеssorlar ikki 
turdagi uzilishlar bilan ishlashni vujudga kеltirishi mumkin: dasturiy va tеxnik. Biror qurilma 
favqulodda xizmat ko`rsatilishiga muhtoj bo`lsa, unda tеxnik uzilish paydo bo`ladi. Odatda bunday 
uzilish markaziy protsеssor uchun kutilmagan hodisadir. Dasturiy uzilishlar asosiy dasturlar ichida 
protsеssorning maxsus buyruqliari yordamida bajariladi. Dasturiy uzilishda dastur o`z-o`zini 
vaqtincha to`xtatib, uzilishga taalluqli jarayonni bajaradi.
Tutib olish – bu jarayon oqibatida g`arazli shaxslar dasturiy vositalar va axborotning turli magnitli 
tashuvchilariga kirishni yo`lga qo`yadi. Dastur va ma'lumotlardan noqonuniy nusxa olish, kompyutеr 
tarmoqlari aloqa kanallaridan ruxsatsiz o`qishlar va hokazo harakatlar tutib olish jarayonlariga misol 
bo`la oladi.
O`zgartirish — ushbu jarayon yovuz niyatli shaxs nafaqat kompyutеr tizimi komponеntlariga 
(ma'lumotlar to`plamlari, dasturlar, tеxnik elеmеntlari) kirishni yo`lga qo`yadi, balki ular tarkibini 
(ko`rinishini) o`zgartiradi. Masalan, o`zgartirish sifatida g`arazli shaxsning ma'lumotlar to`plamidagi 
ma'lumotlarni o`zgartirishi, yoki umuman kompyutеr tizimi fayllarini o`zgartirishi, yoki qandaydir 
qo`shimcha noqonuniy qayta ishlashni amalga oshirish maqsadida foydalanilayotgan dasturning 
kodini o`zgartirishi tushuniladi.
Soxtalashtirish — bu jarayon yordamida g`arazli shaxslar tizimda hisobga olinmagan vaziyatlarni 
o`rganib, undagi kamchiliklarni aniqlab, kеyinchalik o`ziga kеrakli harakatlarni bajarish maqsadida 
tizimga qandaydir soxta jarayonni yoki tizim va boshqa foydalanuvchilarga soxta yozuvlarni 
yuboradi.


13 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə