O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan


-MAVZU: AXBOROTLARNI HIMOYALASH TA’MINOTI



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/99
tarix12.06.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#116745
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99
Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot

3-MAVZU: AXBOROTLARNI HIMOYALASH TA’MINOTI 
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI: 
3.1. Tashkiliy himoyalash elementlari.
3.2. Texnik himoyalash elementlari.
3.3. Himoyani ta'minlashning texnik vositalari.
3.4. Dasturiy himoyalash elementlari. 
 
Tayanch so‘z va iboralar:
Tashkiliy himoyalash elementlari. Texnik himoyalash 
elementlari. Himoyani ta'minlashning texnik vositalari. Dasturiy himoyalash elementlari. 
Axborot himoyasi
-
 
axborot xavfsizligini ta’minlashga karatilgan tadbirlar, uslublar va 
vositalar majmuasidan iborat. Shu bilan birga, axborotni to’laligi, kompyuter ashyolari va unda 
saqlanayotgan dasturlar hamda ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishning oldini olish, kompyuterlardagi 
dasturlardan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish kabi vazifalarni bajaradi. 
Kompyuter tarmoqlarida axborotni himoyalash
deb foydalanuvchilarni ruxsatsiz tarmoq, 
elementlari va zahiralariga egalik qilishni man etishdagi texnik, dasturiy va kriptografik usul va 
vositalar, hamda tashkiliy tadbirlarga aytiladi. 
Tashkiliy himoyalash vositalari 
— bu talekommunikasiya uskunalarining yaratilishi va 
qo’llanishi jarayonida qabo’l qilingan tashkiliy-texnikaviy va tashkiliyxuquqiy tadbirlardir.
Axloqiy va odobiy himoyalash vositalari
— bu hisoblash texnikasini rivojlanishi oqibatida 
paydo bo’ladigan tartib va kelishuvlardir. Ushbu tartiblar qonun darajasida bo’lmasada, uni tan 
olmaslik foydalanuvchilarni obro’siga ziyon yetkazishi mumkin. 
Qonuniy himoyalash vositalari
— bu davlat tomonidan ishlab chiqilgan xuquqiy hujjatlar 
sanaladi. Ular bsvosita axborotlardan foydalanish, qayta ishlash va uzatishni tartiblashtiradi va ushbu 
qoidalarni buzuvchilarning mas’uliyatlarini aniqlab beradi. 
Axborot xavfsizligini ta’minlash.
 
Axborot xavfsizligini ta’minlash – bu foydalanuvchining 
axborotlarini himoyalashga quyilgan me’yor va talablarni bajarishidir.
AXni ta’minlash muammosiga ikkita yondashuv mavjuddir: «fragmentar» va kompleksli. 
«Fragmentar» yondashuv mavjud shart-sharoitlarda aniq belgilangan tahdidlarga qarshi aks 
ta’sir ko’rsatishga qaratilgan. Bunday yondashuvni amalga oshirishga misol sifatida kirishni 
boshqarishning ayrim vositalarini, ixtisoslashgan antivirusli dasturlarni keltirish mumkin. 
Bunday yondashuvning afzal tomoni shundaki, bunda aniq tahdid bexato tanlab olinadi. Uning 
sezilarli kamchiligi esa axborotlarga ishlov berishning yagona himoyalangan muhiti yo’qligidadir.
Kompleks yondashuv AXda axborotlarga ishlov berishning himoyalangan muhi-tini yaratishga 
qaratilgan bo’lib, bu muhit tahdidlarga qarshi aks ta’sirning turli xil choratadbirlarini yagona 
kompleksga birlashtiradi. Axborotlarga ishlov berishning himoyalangan muhitini tashkil etish AXni 
ma’lum darajada kafolatlash imkonini beradi, bu esa kompleks yondashuvning shubhasiz afzalli-
gidan dalolatdir. Bu yondashuvning kamchiliklari quyidagilardan iborat: AX foydalanuvchilarining 
harakat erkinligi cheklanganligi, himoya vositala-rini o’rnatish va sozlashdagi xatoliklarga yuqori 
darajadagi sezgirlik, boshqarish-ning murakkabligi. 
Xavfsizlik siyosati ma’muriy-tashkiliy choralar, jismoniy va dasturiy-texnik vositalar 
yordamida amalga oshiriladi hamda himoya tizimi arxitektu-rasini belgilab beradi. Har bir muayyan 
tashkilot uchun xavfsizlik siyosati maxsus ishlab chiqilishi hamda undagi axborot ustida ishlashning 
aniq texno-logiyasi va qo’llanayotgan dasturiy, texnik vositalarga bog’liq bo’lishi kerak. 
Xavfsizlik siyosati tizim obyektlariga murojaat qilish tartibini belgi-lab beruvchi kirishni 
boshqarish usuli bilan belgilanadi. Xavfsizlik siyosati-ning ikkita asosiy turi farqlanadi: 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə