O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot xavfsizligi» fanidan



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/99
tarix12.06.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#116745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi «Axborot

Axborot

axborotni muhofaza etish 
tushunchalari 
O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli «Axborot erkinligi 
prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida
3
axborot va uning turlari to‘g‘risida quyidagi ta’riflar 
keltirilgan: 
axborot
- manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, 
voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
axborotni muhofaza etish
- axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va 
ularning oqibatlarini bartaraf etish chora- tadbirlari; 
ommaviy axborot
- cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan 
axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar; 
hujjatlashtirilgan axborot -
identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo‘yilgan holda 
moddiy jismda qayd etilgan axborot
maxfiy axborot
- foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo‘yiladigan 
hujjatlashtirilgan axborot. Ushbu ta’rif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son qarorini amalga oshirish 
chora-tadbirlari haqida»gi 2011-yil 7-noyabr 296- sonli qarorida quyidagicha ifodalangan:
 
maxfiy axborot -
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish 
cheklangan, davlat sirlariga mansub axborot mavjud bo‘lmagan hujjatlashtirilgan axborot . 
Konfedensial axborot -
hujjatlashtirilgan axborot, undan foydalanish qonun hujjatlariga 
muvofiq chegaralanadi
4

Saqlash, o‘zgartirish, uzatish va ma’lum maqsadlar uchun foydalanish obekti bo‘lgan tevarak 
olam haqidagi ma’lumotlarni, keng ma’noda axborot deb tushunish mumkin. Bu tushunchaga ko‘ra 
inson, uning hayot tarziga va harakatlariga ta’sir etuvchi doimiy o‘zgaruvchi axborot maydoni 
ta’sirida bo‘ladi. Axborot o‘z tavsifiga ko‘ra siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ilmiy-texniq ishlab 
chiqarishga yoki tijoratga oid hamda maxfiy, konfedensial yoki nomaxfiy bo‘lishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 848-XII-sonli «Davlat sirlarini saqlash 
to‘g‘risida»gi qonunning
5
1-moddasida davlat sirlari tushunchasi berilgan: 
2
Seymour Bosworth, Michel E. Kabay, Eric Whyne. Computer security handbook. Wiley.2014. 
3
Узбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. - Т., 2003. - №1. - 2-м. 
4
Алока ва ахборотлаштириш сохасида ахборот хавфсизлиги: Атамалар ва таърифлар. Тармок 
стандарти: TSt 45-010:2010. 
5
Узбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси. - Т., 1993. - №5. - 232-м.



«Davlat tomonidan qo‘riqlanadigan va maxsus ro‘yxatlar bilan chegaralab qo‘yiladigan alohida 
ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o‘zga xil 
ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari hisoblanadi». 
Mazkur qonunning 3-moddasida davlat sirlarining toifalari keltirilgan: 
O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari - davlat, harbiy va xizmat sirlarini qamrab oladi. 
Oshkor etilishi respublika harbiy-iqtisodiy imkoniyatlarining sifat holatiga salbiy ta’sir etishi 
yoki O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy 
manfaatlari uchun boshqa og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar davlat 
sirini tashkil etadi. 
Oshkor etilishi O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi va Qurolli 
Kuchlari uchun og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan harbiy xususiyatga ega 
ma’lumotlar harbiy sirni tashkil etadi. 
Oshkor etilishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan fan, 
texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasiga doir ma’lumotlar xizmat sirini tashkil etadi». 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə