bera boshlaydilar. Kichik maktab
yoshidagi o’quvchining o’quv
faoliyati jarayonida
o’zidagi xulq-atvorni
va
faoliyatni o’zi gomonidan
muvofiqlashtiryash qobiliyati
rivojlanadi,
ongli ravishda bir fikrga kela olish
qobiliyati rivojlanadi, o’z faoliyatini o’zi uyushtirishga hamda bilim olishi
jarayoniga bo’lgan qiziqishining qaror topishiga yordam beradi. O’quvchi xulq
atvorining motivlashtirishi ham o’zgaradi. Bunda do’stlari va jamoaning fikrlari
asosiy motivlar bo’lib qoladi. Axloqiy his tuyg’ular va shaxsning irodaviy
xususiyatlari
shakllanadi.
5-6
yoshlarda
ko’zga
tashlangan
bolalarning
xususiyatlari yillar davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi, o’smirlik davrining
boshlariga kelib, juda ko’pgina shaxsiy fazilatlar shakllanib bo’ladi. Bolalarning
individualliklari ularning bilish jarayonida ham ko’rinadi. Bu davrda bolalarning
bilimlari kuchayadi va chuqurlashadi, ko’nikma va malakalari takomillashadi. 3-4
sinflarga borib, aksariyat bolalarda umumiy va maxsus layoqatlar ko’zga
tashlanadi. Kichik maktab davrida hayot uchun nihoyatda ahamiyatli bo’lgan
muvaffaqiyatga erishish motivi mustahkamlanadi, bu esa o’z-o’zidan boshqa
layoqatlarni jadal rivojlanishiga olib keladi. Bu yoshdagi bolalarda idrok, diqqat,
xotira, tafakkur va nutq to’liq shakllanib bo’lgani uchun ham ularga ta’lim berishda
kattalarga qo’llaniladigan uslublardan foydalanish mumkin. Kichik maktab
56
yoshidagi bolalar psixik rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, ota-onasi,
ayniqsa, o’qituvchi bilan bo’ladigan munosabati orqali erishish mumkin. 3-4
sinflarga borib bola uchun uning o’rtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati
ortadi. Bu munosabatlardan kattalar ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari
mumkin. Bu yoshdagi bolalar soatlab yolgiz holda sevimli maxshulotlari bilan
shug’ullanishlari mumkin va shu asosda ularda mehnatsevarlik va mustaqillik
fazilatlari shakllanadi.
Takrorlash va muhokama qiljsh uchun savollar:
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning o’ziga xos psixologik
xususiyatlari.
1.
Maktabga ijtimoiy -psixologik moslashuv yo’llari qanday?
2.
Bolalar intellektual rivojlanishida kichik maktab davrining
ahamiyati.
3.
O’quv jarayoni davomida yuzaga keladigan muammolar;
4.
Kichik maktab davridagi bolalar shaxsi rivojida yuzaga keladigan
yangilanishlar.
Dostları ilə paylaş: |