O’quvchilarda o’zlashtirmaslikni bartaraf etish bo’yicha tadbirlar
tizimi.
Bo’sh O’zlashtiruvchi o’quvchi o’qishdan orqada qolishini bartaraf etishga
yo’naltirilgan tadbirlar tizimi har doim ham maqsuldor bo’lavermaydi. O’quvchilarni
chuqur va to’liq o’rganishning yetishmasligi, yashash joyining o’zgarish va boshqa
bir qator sabablarga ko’ra o’quvchilarda dastlab vaqtinchalik, keyinchalik barqaror
o’zlashtirmaslik sodir bo’ladi.
Bunday hollarda o’quvchilar o’zlashtirmasliklarining oldini olish chora
tadbirlari bilan bir qatorda uni yo’qotishga qaratilgan tadbirlar ham zarur bo’ladi.
Agar o’zlashtirmaslikning oldini olish bo’yicha tadbirlar umum sinfiy va guruhiviy
xarakterga ega bo’lsa, o’zlashtirmaslikni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar
individual xarakterga ega bo’ladi.
Psixologik – pedagogik konsimumda o’zlashtirmaslik sabablari muhokama
qilingach, hozirgi vaqtdagi asosiy sabablar aniqlanadi. O’quvchi
o’zlashtirmasligining asosiy sababini bilish ko’pincha pedagogik ta’sir vositalari
orasidagi qo’llashini tanlash, qisqa vaqt ichida ijodiy natija beradigan o’qishdan
orqada qolishini asosiy sababini yo’qotishga qaratilgan usullarni tanlash imkonini
beradi.
O’zlashtirmaslik hodisasi bilimlar hamda maxsus ko’nikma va malakalar
mavjudligiga uzulish bilan tavsiflanar ekan, tanlanadigan chora – tadbirlar tuzish
dasturdagi mavzularni o’zdashtirishdagi uzulishlarni bartaraf etishga qaratilishi
maqsadga muvofiq.
60
O’quvchilar bilimidagi bo’shliqni to’ldirishga qaratilgan chora va tadbirlarni
tuzish maxsuldor bo’lishi uchun bilim va ko’nikmalardagi bo’shliqning chuqurligi va
xarakterini birinchi navbatda aniqlash zarur. Bu maqsadda kursning qaysi bo’limlari
o’zlashtirilmasligini, bu bo’limdagi qaysi tushunchalar bo’sh o’zlashtirmaslikning,
tushunchaning qaysi elementlari yaxshi o’zlashtirilmagan, amaliyotda misollar
yechishda, mashqlar bajarishda, o’rganilgan ko’nikmalarni amaliyotda qo’llashda
qanday bo’shliqlar borligi aniqlanadi.
Bilimdagi bo’shliqlarni to’ldirishda programmalashtirilgan tipdagi mashqlar
katta ahamiyatga ega. Muammoni kichik qismlarga bo’lish, har biri to’g’ri
o’zlashtirilganligini nazorat qilish, barcha muammoni, o’qishda orqada qolish
sababini bartaraf etishda mahsuldor hisoblanadi.
Ko’pincha o’zlashtirlovchi o’quvchilar o’qida orqada qolishda o’quv ishlari
o’rgatishning rolini tushunmaydilar. Ular o’zlarining o’zlashtirmaslik sababini
dangasalik yoki materialni yaxshi eslab qola olmaslikdan izlaydilar. Ba’zan
o’qituvchilar ham o’quv ishlarini sekin bajarish, dasturdagi zarur materiallarni yodlay
olmaslik deb baholab, xatoga yo’l qo’yadilar.
Dostları ilə paylaş: |