66
2.2. Ortiqchasini o’chirish metodikasi.
Ortiqchasini o’chirish metodikasi umumlashtirish va muhim belgini ajratish
kabi tafakkur jarayonlari darajasini o’rganish uchun qo’llaniladi. Bu metodikani ham
ikki turi bor. Predmetli va sur’atli.
Metodikaning predmedli turida kuzatuvchi material alohida qog`ozlarda
berilishi shart. Xar bir qog`ozda 4 ta predmet tasvirlangan. Rasmlar oq – qora yoki
rangli bo`lishi kerak Sinaluvchi 4 ta predmetdan, umumiy belgi bo`yicha birlashuvga
uchtasini tiklashi kerak. Odatda sinaluvchiga quyidagicha ko`rsatilib beriladi.
«Bu rasmlarga diqqat bilan qarang. Bu yerda 4 ta predmet tasvirlangan. Siz
uchta predmetni birlashtirib turadigan umumiy narsani topib, unga nom berishingiz
kerak».
Tadqiqotga birinchi topshiriqni sinaluvchi bilan bajarish, keyin
sinaluvchilar mustaqil ishga kirishadi. Bu metodikadan bolalarni va kattalarni
tekshirish, ularning tafakkur jarayonlarini tekshirish maksadida foydalanish mumkin.
Metodikaning og`zaki varianti 11 -12 yoshli bolalar uchun qo`llash mumkin. Tajriba
o`tkazish uchun so`zlar qatori kerak bo`ladi, ya’ni so`zlar qatori yozilgan maxsus
qog`oz varag`i kerak bo`ladi.
Sinaluvchiga ko`rsatma: Xar bir qatorda beshta so`z bor, to`rtta so`zni bir
guruhga kiritib, bu guruhga nom bering, bir so`z ortiqcha bo`lib, uni o`chirish kerak.
Quyidagi so`zlar qatorini keltirib o`tamiz.
1. Stol, stul, krovat, pol, shkaf.
endi bu yerdagi so`zlar guruhiga umumiy nom beramiz. Stol, stul, krovat,
shkaf – bu mebel guruhiga kiradi. «Pol» so`zi esa bu guruh uchun begona hisoblanadi
va o`chirish lozim.
2. Sut, qaymoq, qatiq, so`zima, go`sht.
Sut, qaymoq, qatiq va so`zima sut mahsulotlari hisoblanadi va ushbu
guruhga kiradi, bu guruh uchun begona so`z go`sht hisoblanadi va so`zlar qatoridan
o`chiriladi.
3. Botinka, etik, bog`ich, tufli , tapochka.
67
Botinka,etik, tufli, tapochka oyok kiyimlar hisoblanadi, bu guruh uchun
begona so`z «bog`ich».
4. bolta, arra, bolg`a, mix, randa.
Bolta, arra, bolg`a, randa uchun umumlashtiruvchi so`z duradgorlik
asboblari. Bu guruh uchun ortiqcha so`z mix hisoblanadi.
5. Shirin, issiq, achchiq, nordon, sho`r.
Bu guruhdagi shirin, achchiq, nordon, sho`r so`zlari uchun
umumlashtiruvchi nom – ma`za ,ta`m
Bu guruh uchun begona so`z «issiq» so`zi hisoblanadi va o`chiriladi.
6. Terak, tol, daraxt, archa, shaftoli.
Bu guruh uchun umumiy nom – daraxtlar, daraxt so`zi esa umumiylikni
bildiradi, mavhum bo`lganligi uchun ham o`chiriladi.
7. Samolyot, arava, odam, kema, velosiped.
Samalyot, arava, kema, velosiped so`zlari bitta guruhga kirib, bu guruh –
transportlar deb nomlanadi. «Odam» so`zi esa bu guruh uchun ortiqcha so`z
hisoblanadi.
8. Abror, Murod, Aziz, Asqarov, Nabi.
Abror, Murod, Aziz va Nabi bu ismlar. Bu yerda ortikcha so`z Asqarov
bo`lib, u familiya hisoblanadi. Shuning uchun bu yerdan «Asqarov»so`zi o`chiriladi.
9. Santimetr, metr, kilogramm, kilometr, millimetr.
Santimetr, metr, kilometr, millimetr – uzunlik o`lchovlari. Bu yerda begona
so`z kilogramm bo`lib – u og`irlik o`lchov birligidir.
10. Tokar, o`qituvchi, vrach, kitob, kosmonavt.
Tokar, o`qituvchi, vrach, kosmonavt so`zlari bitta umumiy guruhga kirib,
kasbni bildiradi. Kitob so`zi esa bu qatordan o`chiriladi, chunki kitob predmetni
bildiradi.
11. Palto, plash, ko`ylak, shim, tugma.
Palto, plash, ko`ylak, shim, so`zlari kiyim-kechak guruhiga kiradi. Bu yerda
«tugma so`zi» o`chiriladi, chunki tugma kiyim boshlarning faqat tarkibiy qismini
bilishi mumkin.
68
12. Uy, orzu, mashina, sigir, daraxt.
Ushbu guruhdagi uy, mashina, sigir, daraxt predmetlarni bildiradi, «orzu»
so`zi esa o`chiriladi.
To`g`ri va noto`g`ri javoblar bilan birga sinaluvchi qo`llanmani qanday
tushunganligini, eksperementlar o`z xatolarini to`g`irlaganida ularni qay darajada
anglaganligi va to`g`ri tushunganligi haqida ham qayd etib borish lozim.
Sinaluvchining topshiriqni yechishda o`z usulini tushuntirishga xam e’tibor berish
kerak.
Ushbu metodika bo`yicha sinaluvchilarning tafakkur jarayonlari darajasini
baholashda quyidagi mezonga asoslanadi. Berilgan 12 ta topshiriq uchun umumiy
ball qilib 100 ballik mezon olindi. Har bir to`g`ri javob uchun 8,3 ball deb
belgilangan.
1. 100 - ball to`plagan sinaluvchilarda tafakkur jarayonlari darajasi yuqori.
Dostları ilə paylaş: