61
II. AMALIY QISM
2.1.
O’zlashtirmaslikni vujudga keltiruvchi eksperemintal o’rganish va
natijalar tahlili.
O’quv tarbiya jarayonini tashkil etishga ishonchli o’quv tarbiya jarayonini
tashkil etishning qulay yo’llarini izlashga majbur etadi.
O’quvchilar o’zlashtirmasligiga bag’ishlangan psixologik tadqiqotlarni, ilmiy
maqolalarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, bu muammoni hal qilish uchun ko’p
ishlar qilingan. Lekin o’qishdagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradigan sabablar
o’zlashtirmaslikni yo’qotish va uning oldini olishga yo’naltirilgan tadbirlar, chora-
tadbirlar, ya’ni o’zlashtirmaslikning oldini olish yo’llari haqidagi savollar bu
muammoga qayta-qayta murojaat qilishga undaydi. O’zlashtirmaydigan o’quvchilar
shaxsini o’rganish, qanday pedagogik sharoitlarda qiyinchiliklarni bartaraf e’tishga
maktab dasturini muvaffaqiyatli egallashga yordam beradigan o’quvchi shaxsidagi
o’zgarishini o’rganadigan tadqiqotlar zarurligini taqazo etadi.
Pedagog olimlar o’zlashtirmaslikning ko’plab sabablarini, o’zlashtirmovchi
o’quvchilar tiplarini aniqlaganligi hamda ommaviy o’zlashtirmaslikning qanday
usullar bilan yo’qotish bo’yicha didaktik, tarbiyaviy ishning tashkiliy – pedagogik
shakl va uslublari belgilaganligining guvohi bo’ldik. Ularning fikricha, umum ta’lim
maktablarida o’qiydigan barcha o’quvchilar qulay tashqi sharoitlar mavjud bo’lganda
o’qituvchilar yordamida dasturda belgilangan talablarni bajarishlari mumkin.
Pedagog olimlar va o’quvchilarning uzoq vaqt o’zlashtirmaslikni bartaraf etishga,
o’zlashtirmaslikni yo’qotishga imkon beradigan o’quv tarbiya jarayoni
xususiyatlarini o’rganadilar.
Psixologlar o’quv jarayonida namayon bo’ladigan o’zlashtirmovni
o’quvchilarning shaxs xususiyatlariga, ular o’quv faoliyatining o’ziga xosliklarini
aniqlashga e’tibor qaratadilar. Bitiruv malakaviy ishlarining nazariy qismida
o’zlashtirmaslikka sabab bo’luvchi omillarni ilmiy – pedagogik va psixologik
adabiyotlar asosida yoritib berishga urindik. Bunda boshlang’ich sinf
o’quvchilarining o’quv xususiyatlari, o’zlashtirmaslik sabablari, ulardagi psixik
62
jarayonlarning rivojlanishi haqida to’xtalib o’tdik. Boshlang’ich sinflardagi
o’zlashtirmovchi o’quvchilarni o’rganish jarayonida ularning aqliy rivojlanishi
xususiyatlariga, psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar muammosiga, maktabga
joylashuv jarayoni qiyin ketadigan ya’ni maktabda psixologik jixatdan tayyor
bo’lmagan bolalar muammolariga to’xtalib, aynan shunday muammolarning
mavjudligi kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda o’zlashtirmaslikning kelib
chiqishiga sabab bo’lishini aytib o’tdik. Boshlang’ich sinflarda o’zlashtirmaslikning
vujudga kelishiga sabab bo’luvchi omillar uzoq yillar shu sohada ishlagan, bevosita
bolalar bilan amaliy faoliyatda bo’lgan, o’nlab o’zlashtirmovchi o’quvchilar bilan
ishlagan va ularning o’zlashtirmaslik sababini aniqlagan boshlang’ich sinf
o’qituvchilariga anketa savollari bilan murojaat qildik. Bunda biz Z.Nishanova va
Z.Sherimbetovalarning o’zlashtirmaslik vujudga keltiruvchi omillar anketa
savolnomasidan foydalandik. Termiz shahridagi 13 – umum ta’lim maktabining 30
nafar boshlang’ich sinf o’qituvchilariga ushbu anketa savollarini tarqatdik. Ulardan
ko’rsatilgan omillardan eng muhim deb hisoblanganlarini belgilashlarini iltimos
qildik (so’rovnomamiz ilovada keltirilgan). 27% o’qituvchilar bolaning
o’zlashtirmasligiga ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida ota – onalarning bola bilan
shug’ullanmasligini ko’rsatishgan. O’zlashtirmovchi o’quvchi uyda ota – ona
nazoratining yo’qligi tufayli dars tayyorlamaydi yoki mustaqil ravishda dars
tayyorlashga qobiliyati yo’qligi tufayli ota –ona yordamiga muhtojdir. Ota – onaning
vaqt ajratmasligi, bee’tiborligi yoki o’zlarining pedagogik savodsizligi sababli
bunday bolalar o’quv jarayonining mohiyatini chuqur anglab yetisholmaydilar, o’quv
topshiriqlarini bajarmaydilar va o’zlashtirmodchi o’quvchilarga aylanadilar. 37%
respondentlar o’zlashtirmaslikning asosiy omili sifatida psixik jarayonlarning
yetarlicha rivojlanmaganligini ko’rsatishgan. Bu o’zlashtirmaslikni vujudga kelishiga
sabab bo’lgan eng katta ko’rsatgichni tashkil etadi.
Odam xotirasi tufayli ko’nikma va malakalar hosil qiladi, bilimini boyitadi
va saviyasini kengaytiradi. O’quvchi tez yod olar ekan, demak uning xotirasi kuchli,
sekin esda olib qolar ekan, uning xotirasi zaifroq.
63
Psixik jarayonlarning rivojlanishi yetarli darajada emas deb hisoblangan
o’quvchilar, eng avvalo, bunday o’quvchilarning xotirasida nuqsonlar bo’lishi, xotira
jarayonlari, xotiraning o’ziga xos xususiyatlarini, xotira tiplarini nazarda tutganligini
bildirishdi. Bunday o’quvchilar ko’rish va eshitish xotiralari past darajala rivojlangan
bo’ladi.
Bundan tashqari bunday o’quvchilarning tafakkur jarayonlarida ham
kamchilik bo’lib, ularda analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, muhum belgini
ajratish kabi tafakkur jarayonlari sust rivojlangan. Bunday o’quvchilar mustaqil
fikrlashga qiynaladilar.
Psixik jarayonlarning yetarlicha rivojlanmaganligi omiliga diqqatning yaxshi
taqsimlay olmasligi, ixtiyoriy diqqatning shakllanmaganligi, ongli ravishda diqqatni
to’plash , taqsimlash va boshqaruv o’quvining yo’qligi ham kiradi. Bundan tashqari
nutqning yaxshi rivojlanmaganligi, idrokning yaqqol emasligi, berilayotgan
topshiriqlarning mohiyatini anglay olmasligi, ijodiy hayolning mavjud emasligi ham
shunday omillar sarasiga kiradi.
13% respondentlarbolaning maktabda o’qishga yetarlicha tayyor
bo’lmasligidan kelishi o’zlashtirmaslikni vujudga keltiruvchi omil deb hisoblashgan.
Bolaning maktabga tayyor emasligi nafaqat olti yoshlilar, balki yetti yoshli bolalar
orasida ham uchrab turadi. O’quvchi sonining ko’pligi bola bilan individual
shug’ullanishga vaqt yetmasligi natijasida maktabga tayyor emas bolalar
o’zlashtirmovchi bolalar qatoriga kirib qoladilar.
Shuningdek respondentlarimizdan 2,5% o’zlashtirmaslikning vujudga
kelishiga ta’sir etuvchi omil sifatida bolaning ko’p kasal bo’lishini ko’rsatishgan.
Jismonan sog’lom bo’lmagan bola kam quvvat bo’ladi, psixik faol
bo’lmaydi deya izohlashgan. Bolaning nosog’lom bo’lishining ko’p dars qoldirishiga
sabab bo’ladi. Bunday dars qoldirishlar bolaning fanlarni o’zlashtirishiga ta’sir
qilmay qolmaydi. Ma’lum muddatdagi o’quv materiallarini o’zlashtirmaslik,
muntazam o’zlashtirmaslikka olib keladi deb baholashgan.
64
8,2% respondentlar bolaning o’zlashtirmaslik omili sifatida bola bilan
individual shug’ullanishga vaqt yetmasligi, bunday imkoniyatning yo’qligini
ko’rsatishgan.
So’rovnomani o’tkazish davridagi suhbatdoshlarimiz bola sonining ko’pligi
bola bilan individual suhbatlashish va shug’ullanishga imkon bermaydi. Muloqatga
kirishuvi qiyin va tortinchoq bolalar ham individual shug’ullanishga ehtiyoj sezadilar
deb hisoblaydilar. Agar har bir bola bilan individual shug’ullanish imkoniyati mavjud
bo’lganda, o’zlashtirmaslikning imkoniyati ham mavjud bo’lar edi.
Shuningdek tajribali o’qituvchilar bolada qiziqishning sustligi, oilaviy
sharoiti, o’quvchining layoqatsizligi, bolaning ko’p dars qoldirishi ma’lum darajada
o’zlashtirmaslik omili deb hisoblaydilar.
So’rovnomamizdagi ikkinchi savollar to’plash “O’zlashtirmovchilikning
vujudga kelishiga kimni ko’proq aybdor deb hisoblaysiz? deb nomlanib, bunda
respendentlarimiz o’zlashtirmovchilikning vujudga kelishida kimlarni ko’proq
aybdor deb hisoblashishlarini belgilashdilar.
28% respoindentlar bolaning o’zlashtirmasligiga ota – ona aybdor deb
hisoblashishadilar va shunday javob variantini belgilaganlar. Haqiqatdan ham ota –
ona farzandlarining ta’lim tarbiyasiga vaqt topmasa, uni har kuni nazorat qilmasa,
kerakli yordamni bermasa, bunday o’quvchi tez orada o’zlashtirmovchi o’quvchiga
aylanib qoladi.
25,5% respoindentlaro’zlashtirmaslikning vujudga kelishiga o’quvchining
o’zi aybdor deb javob berishdi. Bunda ko’proq o’quvchining o’qishga qiziqmasligi,
loqaydsizligi, ijodiy o’quv fikrlashlari shaklllanmaganligi, o’quvchining bilish
jarayonining yetarlicha rivojlanmaganligi tufayli o’quvchi o’zlashtirmovchilar
qatoridan joy olishi ta’kidlanadi.
14,5% sinaluvchilar o’zlashtirmovchi o’quvchilarning paydo bo’lishiga
o’zlari, ya’ni o’qituvchilar aybdor deb hisoblashadi. Bu fikrga ham qo’shilish
mumkin, shu maqsaddaki agar o’qituvchi o’quvchining o’zlashtirmayotganini ko’ra
bila turib, u bilan individual shug`ullanmasa yoki o’qituvchi pedagogik qobilyatga
65
ega bo’lmasa, u holda o’quvchi tez orada o’zlashtirmovchi o’quvchiga aylanib qoladi
va o’zlashtirmovchilar soni ortadi.
0,5% respendentlar o’quvchi o’zlashtirmasligiga o’rtoqlari aybdor deb
hisoblaydilar. Chunki kichik maktab yoshidagi o’quvchilar xarakteriga xos
xususiyatlaridan biri ular ko’proq yaxshi o’zlashtiruvchi sinfdagi ilg’or o’quvchilarga
o’xshashga intilishadi. Ulardan “birinchi” bo’lish istagi kuchli bo’ladi.
2% sinaluvchilar o’zlashtirmovchi o’quvchilarning vujudga kelishida kim
aybdorligini bilmaydilar.
10,3% o’qituvchilar bolaning nosog’lomligini asosiy sabab deb
ko’rsatishgan. Bolaning nosog’lomligi va o’quvchi sonining ko’pligi
o’zlashtirmaslikka katta ta’sir ko’rsatadi deb hisoblashgan.
Shuningdek 9,3% o’qituvchilar bola o’zlashtirmasligiga sabab o’quvchi
sonining ko’pligi deb hisoblashadi. Sinfda bolalar sonining ko’pligi har bir o’quvchi
bilan individual shug’ullanish imkonini bermaydi, qiyinchiliklar tug’diradi.
Biz tadqiqot o’tkazgan 13 maktab misolida bu muammo bilan qiziqib
ko’rdik. Aksariyat sinflarda 35 -40 nafargacha bolalar bo’lib, bu o’quvchilarning
nazorat qilish va baholashda o’qituvchilarga ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi.
4% respoidentlar o’quvchi o’zlashtirmasligiga sabab qilib iqtisodiy sharoitni
ko’rsatishgan.
1,2% o’qituvchilar o’zlashtirmovchi o’quvchilarning vujudga kelishiga
hamma aybdor deb hisoblaydilar.
Shunday
qilib, o’qituvchilarning fikricha o’zlashtirmaydigan
o’quvchilarning vujudga kelishida ko’proq ota – ona, o’qituvchining o’zi, o’quvchi
va bolaning nosog’lomligi aybdor deb hisoblashgan. Umuman olganda har bir
o’zlashtirmaslikning paydo bo’lishida alohida xarakterga ega bo’lib, o’qituvchi
o’quvchi o’zlashtirmasligining asl sababini diagnostika qilgandagina o’quvchi
o’zlashtirmovchiligini korreksiya qilish osonroq kechadi. O’zlashtirmaslikning
vujudga kelishiga aybdor shaxslar savolnomamiz natijalarini diagramma shaklida
ifodaladik
Dostları ilə paylaş: |