O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti



Yüklə 412,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/45
tarix10.03.2022
ölçüsü412,61 Kb.
#84410
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45
boshlangich sinflarda ozlashtirmovchilikni yuzaga keltiruvchi omillar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


61 

 

    II.  AMALIY QISM 



 

2.1.

 

O’zlashtirmaslikni vujudga keltiruvchi eksperemintal o’rganish va 

natijalar tahlili. 

O’quv tarbiya jarayonini tashkil etishga ishonchli o’quv tarbiya jarayonini 

tashkil etishning qulay yo’llarini izlashga majbur etadi.

 

     O’quvchilar o’zlashtirmasligiga bag’ishlangan psixologik tadqiqotlarni, ilmiy 

maqolalarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, bu muammoni hal qilish uchun ko’p 

ishlar qilingan. Lekin o’qishdagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradigan sabablar 

o’zlashtirmaslikni yo’qotish va uning oldini olishga yo’naltirilgan tadbirlar, chora- 

tadbirlar,  ya’ni o’zlashtirmaslikning oldini olish yo’llari haqidagi savollar bu 

muammoga qayta-qayta murojaat qilishga undaydi. O’zlashtirmaydigan o’quvchilar 

shaxsini o’rganish, qanday pedagogik sharoitlarda qiyinchiliklarni bartaraf e’tishga 

maktab dasturini muvaffaqiyatli egallashga yordam beradigan o’quvchi shaxsidagi 

o’zgarishini o’rganadigan tadqiqotlar zarurligini taqazo etadi. 

     Pedagog olimlar o’zlashtirmaslikning ko’plab sabablarini, o’zlashtirmovchi 

o’quvchilar tiplarini aniqlaganligi hamda ommaviy o’zlashtirmaslikning qanday 

usullar bilan yo’qotish bo’yicha didaktik, tarbiyaviy ishning tashkiliy  –  pedagogik 

shakl va uslublari belgilaganligining guvohi bo’ldik. Ularning fikricha, umum ta’lim 

maktablarida o’qiydigan barcha o’quvchilar qulay tashqi sharoitlar mavjud bo’lganda 

o’qituvchilar yordamida dasturda belgilangan talablarni bajarishlari mumkin. 

Pedagog olimlar va o’quvchilarning uzoq vaqt o’zlashtirmaslikni bartaraf etishga, 

o’zlashtirmaslikni yo’qotishga imkon beradigan o’quv tarbiya jarayoni 

xususiyatlarini o’rganadilar. 

      Psixologlar o’quv jarayonida namayon bo’ladigan o’zlashtirmovni 

o’quvchilarning shaxs xususiyatlariga, ular o’quv faoliyatining o’ziga xosliklarini 

aniqlashga e’tibor qaratadilar. Bitiruv malakaviy ishlarining nazariy qismida 

o’zlashtirmaslikka sabab bo’luvchi omillarni ilmiy –  pedagogik  va psixologik 

adabiyotlar asosida yoritib berishga urindik. Bunda boshlang’ich sinf 

o’quvchilarining o’quv xususiyatlari, o’zlashtirmaslik sabablari, ulardagi psixik 



62 

 

jarayonlarning rivojlanishi haqida to’xtalib o’tdik. Boshlang’ich sinflardagi 



o’zlashtirmovchi o’quvchilarni o’rganish jarayonida ularning aqliy rivojlanishi 

xususiyatlariga, psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar muammosiga, maktabga 

joylashuv jarayoni qiyin ketadigan ya’ni maktabda psixologik jixatdan tayyor 

bo’lmagan bolalar muammolariga to’xtalib, aynan shunday muammolarning 

mavjudligi kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda o’zlashtirmaslikning kelib 

chiqishiga sabab bo’lishini aytib o’tdik. Boshlang’ich sinflarda o’zlashtirmaslikning 

vujudga kelishiga sabab bo’luvchi omillar uzoq yillar shu  sohada ishlagan,  bevosita 

bolalar bilan amaliy faoliyatda bo’lgan, o’nlab o’zlashtirmovchi o’quvchilar bilan 

ishlagan va ularning o’zlashtirmaslik sababini aniqlagan boshlang’ich sinf 

o’qituvchilariga anketa savollari bilan murojaat qildik. Bunda biz Z.Nishanova va 

Z.Sherimbetovalarning o’zlashtirmaslik vujudga keltiruvchi omillar anketa 

savolnomasidan foydalandik. Termiz shahridagi 13 –  umum ta’lim maktabining 30 

nafar boshlang’ich sinf o’qituvchilariga ushbu anketa savollarini  tarqatdik. Ulardan 

ko’rsatilgan omillardan eng muhim deb hisoblanganlarini belgilashlarini iltimos 

qildik  (so’rovnomamiz ilovada keltirilgan).    27% o’qituvchilar bolaning 

o’zlashtirmasligiga ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida ota –  onalarning bola bilan 

shug’ullanmasligini ko’rsatishgan. O’zlashtirmovchi o’quvchi uyda ota –  ona 

nazoratining yo’qligi tufayli dars tayyorlamaydi yoki mustaqil ravishda dars 

tayyorlashga qobiliyati yo’qligi tufayli ota –ona yordamiga muhtojdir. Ota – onaning 

vaqt ajratmasligi, bee’tiborligi yoki o’zlarining pedagogik savodsizligi sababli 

bunday bolalar o’quv jarayonining mohiyatini chuqur anglab yetisholmaydilar, o’quv 

topshiriqlarini bajarmaydilar va o’zlashtirmodchi o’quvchilarga aylanadilar. 37% 

respondentlar o’zlashtirmaslikning asosiy omili sifatida psixik jarayonlarning 

yetarlicha rivojlanmaganligini ko’rsatishgan. Bu o’zlashtirmaslikni vujudga kelishiga 

sabab bo’lgan eng katta ko’rsatgichni tashkil etadi. 

        Odam xotirasi tufayli ko’nikma va malakalar hosil qiladi, bilimini boyitadi 

va saviyasini kengaytiradi. O’quvchi tez yod olar ekan, demak uning xotirasi kuchli, 

sekin esda olib qolar ekan, uning xotirasi zaifroq. 




63 

 

        Psixik jarayonlarning rivojlanishi yetarli darajada emas deb hisoblangan 



o’quvchilar, eng avvalo, bunday o’quvchilarning xotirasida nuqsonlar bo’lishi, xotira 

jarayonlari, xotiraning o’ziga xos xususiyatlarini, xotira tiplarini nazarda tutganligini 

bildirishdi. Bunday o’quvchilar ko’rish va eshitish xotiralari past darajala rivojlangan 

bo’ladi. 

      Bundan tashqari bunday o’quvchilarning tafakkur jarayonlarida ham 

kamchilik bo’lib, ularda analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, muhum belgini 

ajratish kabi tafakkur jarayonlari sust rivojlangan. Bunday o’quvchilar mustaqil 

fikrlashga qiynaladilar. 

     Psixik jarayonlarning yetarlicha rivojlanmaganligi omiliga diqqatning yaxshi 

taqsimlay olmasligi, ixtiyoriy diqqatning shakllanmaganligi, ongli ravishda diqqatni 

to’plash  , taqsimlash va boshqaruv o’quvining yo’qligi ham kiradi. Bundan tashqari 

nutqning yaxshi rivojlanmaganligi, idrokning yaqqol emasligi, berilayotgan 

topshiriqlarning mohiyatini anglay olmasligi, ijodiy hayolning mavjud emasligi ham 

shunday omillar sarasiga kiradi. 

      13% respondentlarbolaning maktabda o’qishga yetarlicha tayyor 

bo’lmasligidan kelishi o’zlashtirmaslikni vujudga keltiruvchi omil deb hisoblashgan. 

Bolaning maktabga tayyor emasligi nafaqat olti yoshlilar, balki yetti yoshli bolalar 

orasida ham uchrab turadi. O’quvchi sonining ko’pligi bola bilan individual 

shug’ullanishga vaqt yetmasligi natijasida maktabga tayyor emas bolalar 

o’zlashtirmovchi bolalar qatoriga kirib qoladilar. 

        Shuningdek respondentlarimizdan 2,5% o’zlashtirmaslikning vujudga 

kelishiga ta’sir etuvchi omil sifatida bolaning ko’p kasal bo’lishini ko’rsatishgan.  

        Jismonan sog’lom bo’lmagan bola kam quvvat bo’ladi, psixik faol 

bo’lmaydi deya izohlashgan. Bolaning nosog’lom bo’lishining ko’p dars qoldirishiga 

sabab bo’ladi. Bunday dars qoldirishlar bolaning fanlarni o’zlashtirishiga ta’sir 

qilmay qolmaydi. Ma’lum muddatdagi o’quv materiallarini o’zlashtirmaslik, 

muntazam o’zlashtirmaslikka olib keladi deb baholashgan. 



64 

 

      8,2% respondentlar bolaning o’zlashtirmaslik omili sifatida bola bilan 



individual shug’ullanishga vaqt yetmasligi, bunday imkoniyatning yo’qligini 

ko’rsatishgan.  

     So’rovnomani o’tkazish davridagi suhbatdoshlarimiz bola sonining ko’pligi 

bola bilan individual suhbatlashish va shug’ullanishga imkon bermaydi. Muloqatga 

kirishuvi qiyin va tortinchoq bolalar ham individual shug’ullanishga ehtiyoj sezadilar 

deb hisoblaydilar. Agar har bir bola bilan individual shug’ullanish imkoniyati mavjud 

bo’lganda, o’zlashtirmaslikning imkoniyati ham mavjud bo’lar edi. 

     Shuningdek tajribali o’qituvchilar bolada qiziqishning sustligi, oilaviy 

sharoiti, o’quvchining  layoqatsizligi, bolaning ko’p dars qoldirishi ma’lum darajada 

o’zlashtirmaslik omili deb hisoblaydilar. 

    So’rovnomamizdagi ikkinchi savollar to’plash “O’zlashtirmovchilikning 

vujudga  kelishiga kimni ko’proq aybdor deb hisoblaysiz? deb nomlanib, bunda 

respendentlarimiz o’zlashtirmovchilikning vujudga kelishida kimlarni ko’proq 

aybdor deb hisoblashishlarini belgilashdilar. 

       28% respoindentlar bolaning o’zlashtirmasligiga ota –  ona aybdor deb 

hisoblashishadilar va shunday javob variantini belgilaganlar. Haqiqatdan ham ota – 

ona farzandlarining ta’lim tarbiyasiga vaqt topmasa, uni har kuni nazorat qilmasa, 

kerakli  yordamni bermasa, bunday o’quvchi tez orada o’zlashtirmovchi o’quvchiga 

aylanib qoladi. 

      25,5% respoindentlaro’zlashtirmaslikning vujudga kelishiga o’quvchining 

o’zi aybdor deb javob berishdi. Bunda ko’proq o’quvchining o’qishga qiziqmasligi, 

loqaydsizligi, ijodiy o’quv fikrlashlari shaklllanmaganligi, o’quvchining bilish 

jarayonining yetarlicha rivojlanmaganligi tufayli o’quvchi o’zlashtirmovchilar 

qatoridan joy olishi ta’kidlanadi. 

      14,5% sinaluvchilar o’zlashtirmovchi o’quvchilarning paydo bo’lishiga 

o’zlari, ya’ni o’qituvchilar aybdor deb hisoblashadi. Bu fikrga ham qo’shilish 

mumkin, shu maqsaddaki agar o’qituvchi o’quvchining o’zlashtirmayotganini ko’ra 

bila turib, u bilan individual shug`ullanmasa yoki o’qituvchi pedagogik qobilyatga 




65 

 

ega bo’lmasa, u holda o’quvchi tez orada o’zlashtirmovchi o’quvchiga aylanib qoladi 



va o’zlashtirmovchilar soni ortadi. 

      0,5% respendentlar o’quvchi o’zlashtirmasligiga o’rtoqlari aybdor deb 

hisoblaydilar. Chunki kichik maktab yoshidagi o’quvchilar xarakteriga xos 

xususiyatlaridan biri ular ko’proq yaxshi o’zlashtiruvchi sinfdagi ilg’or o’quvchilarga 

o’xshashga intilishadi. Ulardan “birinchi” bo’lish istagi kuchli bo’ladi. 

      2%  sinaluvchilar o’zlashtirmovchi o’quvchilarning vujudga kelishida kim 

aybdorligini bilmaydilar. 

      10,3% o’qituvchilar bolaning nosog’lomligini asosiy sabab deb 

ko’rsatishgan. Bolaning nosog’lomligi va o’quvchi sonining ko’pligi 

o’zlashtirmaslikka katta ta’sir ko’rsatadi deb hisoblashgan. 

      Shuningdek 9,3% o’qituvchilar bola o’zlashtirmasligiga sabab o’quvchi 

sonining ko’pligi deb hisoblashadi. Sinfda bolalar sonining ko’pligi har bir o’quvchi 

bilan individual shug’ullanish imkonini bermaydi, qiyinchiliklar tug’diradi. 

     Biz tadqiqot o’tkazgan 13 maktab misolida bu muammo bilan qiziqib 

ko’rdik. Aksariyat sinflarda 35 -40 nafargacha bolalar bo’lib, bu o’quvchilarning 

nazorat qilish va baholashda o’qituvchilarga ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi.  

     4% respoidentlar o’quvchi o’zlashtirmasligiga sabab qilib iqtisodiy sharoitni 

ko’rsatishgan. 

      1,2% o’qituvchilar o’zlashtirmovchi o’quvchilarning vujudga kelishiga 

hamma aybdor deb hisoblaydilar. 

      Shunday 

qilib, o’qituvchilarning fikricha o’zlashtirmaydigan 

o’quvchilarning vujudga kelishida ko’proq ota –  ona, o’qituvchining o’zi, o’quvchi 

va bolaning nosog’lomligi aybdor deb hisoblashgan. Umuman olganda har bir 

o’zlashtirmaslikning paydo bo’lishida alohida xarakterga ega bo’lib, o’qituvchi 

o’quvchi o’zlashtirmasligining asl sababini diagnostika qilgandagina o’quvchi 

o’zlashtirmovchiligini korreksiya qilish osonroq kechadi. O’zlashtirmaslikning 

vujudga kelishiga aybdor shaxslar savolnomamiz natijalarini diagramma shaklida 

ifodaladik 

 


Yüklə 412,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə