O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti


    2.2. Ortiqchasini o’chirish metodikasi



Yüklə 412,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/45
tarix10.03.2022
ölçüsü412,61 Kb.
#84410
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
boshlangich sinflarda ozlashtirmovchilikni yuzaga keltiruvchi omillar

  


66 

 

2.2. Ortiqchasini o’chirish metodikasi.

 

     Ortiqchasini o’chirish metodikasi umumlashtirish va muhim belgini ajratish 



kabi tafakkur jarayonlari darajasini o’rganish uchun qo’llaniladi. Bu metodikani ham 

ikki turi bor. Predmetli va sur’atli. 

       Metodikaning  predmedli  turida    kuzatuvchi  material alohida qog`ozlarda 

berilishi shart. Xar bir qog`ozda 4 ta predmet tasvirlangan. Rasmlar oq –  qora yoki 

rangli bo`lishi kerak Sinaluvchi 4 ta predmetdan, umumiy belgi bo`yicha birlashuvga 

uchtasini tiklashi kerak. Odatda sinaluvchiga quyidagicha ko`rsatilib beriladi. 

       «Bu rasmlarga diqqat bilan qarang.  Bu yerda 4 ta predmet tasvirlangan. Siz 

uchta predmetni birlashtirib turadigan umumiy narsani topib, unga nom berishingiz 

kerak». 

        Tadqiqotga birinchi topshiriqni sinaluvchi bilan bajarish, keyin 

sinaluvchilar mustaqil ishga kirishadi. Bu metodikadan bolalarni va kattalarni 

tekshirish, ularning tafakkur jarayonlarini tekshirish maksadida foydalanish mumkin.  

Metodikaning og`zaki varianti 11 -12 yoshli bolalar uchun qo`llash mumkin. Tajriba 

o`tkazish uchun so`zlar qatori kerak bo`ladi, ya’ni so`zlar qatori yozilgan maxsus 

qog`oz varag`i kerak bo`ladi. 

       Sinaluvchiga ko`rsatma: Xar bir qatorda beshta so`z bor, to`rtta so`zni bir 

guruhga kiritib,  bu guruhga nom bering, bir so`z ortiqcha bo`lib, uni o`chirish kerak. 

        Quyidagi so`zlar qatorini keltirib o`tamiz. 

        1. Stol, stul, krovat, pol, shkaf. 

        endi bu yerdagi so`zlar guruhiga umumiy nom beramiz. Stol,  stul, krovat, 

shkaf – bu mebel guruhiga kiradi. «Pol» so`zi esa bu guruh uchun begona hisoblanadi 

va o`chirish lozim. 

        2. Sut, qaymoq, qatiq, so`zima, go`sht. 

        Sut, qaymoq, qatiq va so`zima sut mahsulotlari hisoblanadi va ushbu 

guruhga kiradi, bu guruh uchun begona so`z go`sht hisoblanadi va so`zlar qatoridan 

o`chiriladi. 

       3. Botinka, etik, bog`ich, tufli , tapochka. 



67 

 

       Botinka,etik,  tufli, tapochka oyok kiyimlar hisoblanadi, bu guruh uchun 



begona so`z «bog`ich». 

      4.  bolta, arra, bolg`a, mix, randa. 

      Bolta, arra, bolg`a,  randa uchun umumlashtiruvchi so`z  duradgorlik 

asboblari. Bu guruh uchun ortiqcha so`z mix hisoblanadi. 

      5. Shirin, issiq, achchiq, nordon, sho`r. 

       Bu guruhdagi shirin, achchiq, nordon, sho`r so`zlari uchun 

umumlashtiruvchi nom – ma`za ,ta`m 

Bu guruh uchun begona so`z «issiq» so`zi hisoblanadi va o`chiriladi. 

      6. Terak, tol, daraxt, archa, shaftoli. 

      Bu guruh  uchun umumiy nom –  daraxtlar, daraxt so`zi  esa umumiylikni 

bildiradi, mavhum bo`lganligi uchun ham o`chiriladi. 

      7. Samolyot, arava, odam, kema, velosiped. 

      Samalyot, arava, kema, velosiped so`zlari bitta guruhga kirib, bu guruh  – 

transportlar deb nomlanadi. «Odam» so`zi esa bu guruh uchun ortiqcha so`z 

hisoblanadi. 

      8. Abror, Murod, Aziz, Asqarov, Nabi. 

      Abror, Murod, Aziz va Nabi  bu ismlar. Bu yerda ortikcha so`z Asqarov 

bo`lib, u  familiya hisoblanadi. Shuning uchun bu yerdan «Asqarov»so`zi o`chiriladi. 

      9. Santimetr, metr, kilogramm, kilometr, millimetr. 

      Santimetr, metr, kilometr, millimetr – uzunlik o`lchovlari. Bu yerda begona 

so`z kilogramm bo`lib – u og`irlik o`lchov birligidir. 

      10. Tokar, o`qituvchi, vrach, kitob, kosmonavt. 

      Tokar, o`qituvchi, vrach, kosmonavt so`zlari bitta umumiy guruhga kirib, 

kasbni bildiradi. Kitob so`zi esa bu qatordan  o`chiriladi, chunki kitob predmetni 

bildiradi. 

     11. Palto, plash, ko`ylak, shim, tugma. 

     Palto, plash, ko`ylak, shim, so`zlari kiyim-kechak guruhiga kiradi. Bu yerda 

«tugma so`zi»  o`chiriladi, chunki tugma kiyim boshlarning faqat tarkibiy qismini 

bilishi mumkin. 



68 

 

     12. Uy, orzu, mashina, sigir, daraxt. 



     Ushbu  guruhdagi uy, mashina, sigir, daraxt predmetlarni bildiradi, «orzu» 

so`zi esa o`chiriladi. 

      To`g`ri va noto`g`ri javoblar bilan birga sinaluvchi qo`llanmani qanday 

tushunganligini, eksperementlar o`z xatolarini to`g`irlaganida ularni qay darajada 

anglaganligi va to`g`ri tushunganligi haqida ham  qayd etib borish  lozim. 

Sinaluvchining topshiriqni yechishda o`z usulini tushuntirishga xam e’tibor berish 

kerak.  

      Ushbu metodika bo`yicha sinaluvchilarning tafakkur jarayonlari darajasini 

baholashda quyidagi mezonga asoslanadi. Berilgan 12 ta topshiriq uchun umumiy 

ball qilib 100 ballik mezon olindi. Har bir to`g`ri javob uchun 8,3 ball deb 

belgilangan. 

       1. 100 -  ball to`plagan sinaluvchilarda tafakkur jarayonlari darajasi yuqori. 




Yüklə 412,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə