O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti



Yüklə 412,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/45
tarix10.03.2022
ölçüsü412,61 Kb.
#84410
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
boshlangich sinflarda ozlashtirmovchilikni yuzaga keltiruvchi omillar

      

 

 

 

 

 

 

 

 



70 

 

2.3 Tajriba va natijalar tahlili 

 

 

O’zlashtirmaslikning vujudga kelishiga sabab bo’luvchi omillarni aniqlash 



bo’yicha o’tkazgan so’rovnomamizda respendentlarimizning   37%    psixik 

jarayonlarning  yetarlicha rivojlanmaganligi o’zlashtirmaslikka sabab bo’ladi deb 

hisoblashgan . SHu sababli biz tajriba predmetimiz  ob’ekti hisoblangan 13 –  o’rta 

umum ta’lim maktabining 4 –  sinflarida bilish jarayonlarining rivojlanishini 

o’rganmoqchi bo’ldik. Biz dastlab 4 –  sinf o’qituvchilari bilan suhbatlashdik. 

O’zlashtirmovchi o’quvchilarni o’qituvchilar yodamida aniqlab oldik. Barcha 4 – 

sinflardagi o’zlashtirmovchi o’quvchilardan bitta sinfga jamlab, ularning har 

birlarining o’zlashtirmaslik sabablari bilan qiziqib ko’rdik. SHuningdek 

tadqiqotlarimizga taqqoslash maqsadida 4 “a” sinf o’quvchilari ham jalb etdik. 

Dastlab o’zlashtiruvchi o’quvchilarda “ortiqchasini o’chirish” va “muhim belgini 

ajratish” metodikalaridan foydalanib tajribalar olib bordik. So’zlar qatori yozilgan 

blankalarni sinaluvchilarga tarqatdik. Ularga ko’rsatmalar berdik.   “Har bir qatorga 

beshta so’z bor, to’rtta so’zni bir guruhga birlashtirib, bu guruhga nom bering, bir 

so’z ortiqcha bo’lib uni o’chirish kerak. O’quvchilar topshiriqlarni qiziqib 

bajarishdilar. Natijalarni olayotganimizda har bir sinaluvchi bilan qo’llanmani qanday 

tushunganligini, qayd etdik.  Sinaluvchilarimiz to’g’ri javoblarini aksariyati izohlab 

bera olishdi. Metodikadagi o’chirilmagan so’zlarni bir guruhga birlashtirib, ularni 

nomlay olishdi. Ushbu sinfdagi o’quvchilar tafakkur jarayonlari darajasini o’rganib 

chiqdik. Quyida natijalar tahlilini keltiramiz. O’zlashtiruvchi sinf o’quvchilari 

topshiriqlarni bajarishda qiynalishmadi. Lekin bu sinfda ham topshiriqlarni bajarishga 

qiynalgan o’quvchilar bo’ldi. 

     Ushbu metodikani 4 –  sinf o’quvchilari orasida o’zlashtirmovchi 

o’quvchilardan tashkil etilgan 20 –  nafarlik guruhda ham ushbu metodikani 

o’tkazdik.Olingan natijalarni baholashdan oldin har bir o’quvchi yo’l qo’ygan xato-

kamchiliklarni o’rganib ko’rdik. Ular javoblarni qay tarzda nimaga asoslanib 

baholashganligiga qiziqib ko’rdik. Ushbu suhbat chog’ida ular tafakkur 

jarayonlaridagi kamchiliklar yuzaga chiqib qoldi. O’zlashtirmovchi o’quvchilarning 



71 

 

aksariyati ortiqcha so’z nima sababdan bu guruhga kirmasligini izohlab berisha 



olmadi. Natijalar tahlili shuni ko’rsatdiki, o’zlashtirmovchi o’quvchilar tafakkur 

jarayonlari quyi rivojlangan, muloqotga kirishishda qiyinchilik sezadilar. 

     

 Sinaluvchilarnig ortiqchasini o’chirish metodikasi bo’yicha olgan natijalari. 



 

 

    



№ 

O’zlashtirmovchi 

o’quvchilar. 

O’zlashtiruvchi 

o’quvchilar 

 

 



X= 28,2 

 

X= 70,4 



 

Jadvaldan ko’rinib turibdiki , o’zlashtiruvchi o’quvchilar natijalarning o’rtacha 

arifmetigi qiymati 70,2 , o’zlashtirmovchi o’quvchilar guruhida o’rtacha arifmetik 

qiymat 28,4 ga teng. 

     Biz ushbu guruhlarda “Muhim belgini ajratish” metodikasidan ham taqqoslar 

olib bordik. Biz bunda o’zlashtirmovchi o’quvchilarnig tafakkur uslubi, ya’ni aniq va 

mavhum tafakkurning ustunligini  aniqlamoqchi bo’ldik. Dastlab o’zlashtiruvchi 

o’quvchilar guruhida ushbu metodikani ham o’tkazdik. 

    Muhim belgini ajratish bo’yicha 51,9% sinaluvchilar yuqori ko’rsatgich, 

40,7% sinaluvchilarimiz o’rta, 7,4% sinaluvchilarimiz past ko’rsatgichga ega 

bo’ldilar. Ushbu metodikani o’zlashtirmovchi o’quvchilar guruhida ham o’tkazib 

ko’rdik. Sinaluvchilarga tayyor blankalarni tarqatib, ko’rsatmalar berildi. 

O’zlashtirmovchi o’quvchilar orasida berilgan topshiriqning mohiyatini 

tushunmaslik, topshiriqlarning bajarilish tartibini qayta -  qayta so’rash hollari 

kuzatildi. Ayrim o’quvchilar esa topshiriq mohiyatini tushunmasalarda, hatto 

so’ramadilar ham. 




72 

 

      Sinaluvchilarimizning natijalarini tahlil qilishda har birlarining xatolarini 



tahlil qildik va ulardagi munosabatni kuzatdik. Ba’zi o’quvchilar xatolarini anglab 

yetdilar, ba’zilarida bu holat kuzatilmadi.  

      Metodika 4 ta savoldan iborat bo’lganligi uchun sinaluvchilarimiz 

topshiriqlarni bajarish uchun kam vaqt sarflashdi. Ushbu metodikani bajarishda 

o’quvchilar ko’pi xatoliklarga yo’l qo’yishdi. Ulardan topshiriqlarni qay tarzda 

bajarishganligini, muhim belgini qanday ajratishganligini suhbat orqali aniqlab 

qoldik. Sinaluvchilarning aksariyati ushbu savollarimizga qiynalmasdan, fikrlarini 

izohlab berishdi. Ulardan olingan natijalarni quyidagi  diagramma shaklida 

tasvirladik.                                                                                                                                                                 

   Tajribalarimiz 

natijalarida shu xulosaga keldiki, o’zlashtirmovchi 

o’quvchilarning aksariyatida muhim belgini ajratish qobiliyati sust rivojlangan. Lekin 

sinaluvchilarning bir qismi topshiriqlar mohiyatini to’g’ri anglab,  muhim belgini 

ajrata olyaptilar. Bunday o’quvchilarning o’zlashtirmasligiga tafakkur jarayonidagi 

kamchiliklar sabab bo’lmay, balki bola bilan ota –  onaning shug’ullanmasligi yoki 

e’tiborning yo’qligi, shuningdek individual shug’ullanmaslik oqibatida 

o’zlashtirmovchiga aylangan. 

      Muhim belgini ajratish metodikasi bo’yicha o’zlashtiruvchi va 

o’zlashtirmovchi o’quvchilardan olingan natijalarning qiyosiy tavsifi quyidagicha. 

 

   



    

№ 

O’zlashtiruvchi 



o’quvchilar 

O’zlashtirmovchi 

o’quvchilar. 

 

       



               X. 85 

 

              X.30 



 

                                     




Yüklə 412,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə