O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti



Yüklə 412,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/45
tarix10.03.2022
ölçüsü412,61 Kb.
#84410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
boshlangich sinflarda ozlashtirmovchilikni yuzaga keltiruvchi omillar

II  AMALIY QISM 

2.1 . O’zlashtirmovchilikni vujudga keltiruvchi omillarni eksperimental 

o’rganish 

2.2 “Ortiqchasini o’chirish”, “Muhim belgini ajratish” metodikalaridan 

foydalanish orqali o’zlashtirmaslik sabablarini aniqlash 

2.3 Tajriba va natijalar tahlili 



XULOSA VA TAVSIYALAR 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 

ILOVALAR 

 

 

 

 

 


 

KIRISH 



Mavzuning  dolzarbligi. 

Respublikamizda  ta`lim va  tarbiya  borasida  

amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  tub mohiyati   bilimdon, aqlan  rivojlangan 

ongli, zamonaviy  dunyoqarashga  ega,  jismonan  sog`lom,  axloqan  pok,  erkin,  

ijodkor ,  komil insonni  shakllantirishdan  iborat.

 

Mamlakatimizda sog'lom va 

barkamol avlodni tarbiyalsh, farzandlarimizni ijodiy va intellektual  salohiyatini 

ro'yobga chiqarish, ularni XXI asr talablariga to'liq javob beradigan shaxslar qilib 

voyaga yetkazish barchamizning ezgu vazifamiz. 

Har  tomonlama  yetuk,  sog`lom,   mustaqil  fikrlovchi    shaxslarni  

tarbiyalashda  boshlang`ich   sinflarda   beriladigan   ta`lim  va   tarbiyaning   roli  

beqiyosdir,  chunki  o`quvchi  oladigan  bilimlari,   ko`nikma  va   malakalariga   asos  

xuddi  shu   boshlang`ich  sinflarda  qo`yiladi. Bu  haqda  yurtboshimiz   I.A.Karimov   

1997-yilda  bo`lib o`tgan  Oliy  Majlisning  IX  sessiyasida  so`zlagan  nutqlarida  

quyidagilarni  ta`kidlagan  edilar:   “Eski  ta`lim  tiziminig  eng  yomon  qusuri  

boshlang`ich  ta`limga  ikkinchi  darajali  ish deb qaratyotganligimizdadir .  Ochiq   

aytishimiz   kerak,  bilimi  sayoz   o`qituvchilar   ham   boshlang`ich  sinfga   dars  

beraveradi…  

Vaholanki,   bolaning  dunyoqarashi  va  salohiyati    shakllanadigan  

boshlang`ich  sinflarga  eng  yetuk ,  eng  tajribali   murabbiylar    biriktirib  

qo`yilishini   oddiy   mantiqini  o`zi  talab  etadi. ” 

    Baxtga  qarshi  har  bir  sinfda   3-4 ta  bo`lsada,  o`zlashtirmoqchi  

o`quvchilar  mavjud.  Bunday  o`quvchilarning   bilish  jarayonlari   orqaga  qolibgina  

qolmay,  bevosita  sinfdoshlarining  ham  o`zlashtirishlariga,  bilim    asoslarini   

egallashlariga  ma`lum darajada  salbiy  ta`sir  ko`rsatadi.  Xuddi  shu sababli, 

boshlang`ich   sinflardagi  o`zlashtiruvchi  o`quvchilarning  psixologik  

xususiyatlarini  o`rganishi  va  uni  korreksiya  qilish  dolzarb  masala  hisoblanadi. 

    Bugungi  kunga  kelib,  ta’lim  sohasida  o’zlashtirish    xususida  keng  fikrlar 

bayon  etilmoqda.  O’zlashtirish   tushunchasi  o’z  mohiyatiga  ko’ra  kompleks 

muammo bo’lib, u jamiyatning iqtisodiy siyosiy, ma’rifiy, madaniy tarbiyalanganligi, 

maktab  o’qituvchilarining  zamonaviy  o’qitish  vositalari,  usullari,  tamoyillari 



 

bo’yicha  atroflicha  bilimga  ega  ekanliklari,  yoshlarning  o’qish-o’rganishga 



ishtiyoqmandligi  bilan  uzviy  bog’liq  hodisadir.  Mustaqil  mamlakatimizning  erkin 

fuqarolari  tilimiz  va  tariximizning  inson  hayotidagi  ahamiyatini,  milliy  va 

umuminsoniy  qadriyatlarini  har  qachongidan  aniqroq,  to’laroq  his  qila  boshlashdi.  

Maktab  hayotida  tub  o’zgarishlar  yuz  berdi,  o’qituvchilar  faoliyati  sifat  jihatdan 

yangilanish  bosqichini  o’z  boshidan  kechirmoqda.  Mamlakatimizning  iqtisodiy 

taraqqiyotida,  jamiyat  a’zolarining  fikrlashida,  tarbiyachilarining  faoliyatida, 

yoshlarni  fan-texnika,  kasbga  chanqoqligida  paydo  bo’lgan  tub  o’zgarishlar 

o’zlashtirish  muammosini  atroflicha   asoslash  har    tomonlama  tadqiq  qilish 

ehtiyojining  yanada  oshganlidan  dalolat  beradi.  Bolalarning  o’zlashtirishlarini 

ta’minlash  uchun ularga didaktik ta’sir tadbirlarini ishlab chiqishga ehtiyoj tug’ildi.  

    Iqtisodiy  va  siyosiy  sohalardagi   barcha   islohotlarning  pirovard   

maqsadi  yurtimizda  yashayotgan  barcha  fuqorolar  uchun  munosib hayot  

sharoitlarini   tashkil  qilib berishdan  iboratdir . Aynan shuning  uchun  uchun  

ma`naviy  jihatdan  mukammal  rivojlangan  insonni  tarbiyalash  ma`lum  va  

maorifni  yuksaltirish  milliy  uyg`onish   xosiyatini  ro’yobga  chiqaradigan yangi  

avlodni   voyaga etgazish  davlatimizning  eng muhim  vositalaridan  biri bo`lib  

hisoblanadi.  

    Umumiy  va  maxsus  bilimlarga   ega  ongli, tafakkuri  bilan  turli  “izm” 

lardan  ozod , zamonaviy  dunyoqarashiga,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarga   

voris   bo`lgan   insonlarga  fuqorolik  jamiyatini   barpo  etishga   va  shakllantirishga    

qodir  bo`ladi.  Ushbu  fikrlardan ko`rinib turibdiki, shaxsda bilim,  dunyoqarashi, 

e‘tiqodining   kerakli  materiallarni  to’plash va  psixologik  tahlil  asosida  bayon  

etish  boshlang`ich  sinflarda  o`zlashtirmovchilikka  ta`sir  etuvchi  omillarni  

aniqlash, chora tadbirlar tizimini ishlab  chiqish  shaxs  kamolotining  asosiy  mezoni  

sanaladi.  Shu  bois  o`quvchilardagi  o`zlashtirmovchilik  muammosini  o`rganish  

muhim  sanaladi. 




Yüklə 412,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə