O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti


I .2  O`zlashtirmovchilikni vujudga keltiruuvchi omillar haqida



Yüklə 412,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/45
tarix10.03.2022
ölçüsü412,61 Kb.
#84410
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45
boshlangich sinflarda ozlashtirmovchilikni yuzaga keltiruvchi omillar

I .2  O`zlashtirmovchilikni vujudga keltiruuvchi omillar haqida. 

Boshlang’ich sinf o’quvchilar shaxsining shakllanishi o’quv faoliyati kichik 

maktab  yoshidagi  o’quvchi  uchun  nafaqat  bilish  jarayonlarining  yuqori  darajada 

rivojlanishi,  balki  shaxsiy  xususiyatlarini  rivojlantirish  uchun  ham  imkoniyat 

yaratadi.Yetakchi  bo’lgan  o’quv  faoliyatidan  tashqari  boshqa  faoliyatlar  o’yin, 

muloqot  va  mehnat  faoliyati  ham  o’quvchi  shaxsi  rivojiga  bevosita  ta’sir 

ko’rsatadi.  Bu  faoliyatlar  asosida  muvaffaqiyatga  erishish  motivlari  bilan  bogliq 

bo’lgan  shaxsiy  xususiyatlar  tarkib  topa  boshlaydi.  O’quv  faoliyati  kichik  maktab 

yoshidagi  bolalarda  o’qishda  ma’lum  yutuqlarga  erishish  ehtiyojini  qondirishga, 

shuningdek,  tengdoshlari  orasida  o’z  o’rniga  ega  bo’lishiga  imkoniyat  ham 

yaratadi. Aynan ana shu o’rin yoki mavqega erishish uchun ham bola yaxshi o’qish 

uchun  harakat  qilishi  mumkin.  Bu  yoshdagi  bolalar  doimiy  ravishda  o’zlari 

erishgan  muvaffaqiyatini  boshqa  tengdoshlari  muvaffaqiyati  bilan  solishtiradilar. 

Ular  uchun  doimo  birinchi  bo’lish  nihoyatda  muhim.  Kichik  maktab  davrida 

bolalardagi  musobaqaga  kirishish  motivi  tabiiy  psixologik  ehtiyoj  hisoblanib,  bu 

motiv  ularga  kuchli  emotsional  zo’riqishni  beradi.  Bu  xususiyatlar  aslida  bog’cha 

davridan  boshlab  yuzaga  kela  boshlaydi  va  kichik  maktab  davrida,  shuningdek 

o’smirlik  davrida  ham  yaqqol  ko’zga  tashlanadi.  Kichik  maktab  yoshidagi  bolalar 

kattalarning  u  haqidagi  fikr  va  bergan  baholariga  qarab,  o’zlariga  o’zlari  baho 

beradilar.  O’quvchining  o’ziga-o’zi  beradigan  bahosi,  asosan,  to’g’ridan-to’g’ri 

o’qituvchining  beradigan  bahosiga  va  turli  faoliyatlaridagi  muvaffaqiyatlariga 

bog’liq.  Kichik  maktab  yoshidagi  o’quvchilarda  o’z-o’ziga  beradigan  baholari 

turlicha  -  yuqori, adekvat -  mos  yoki  past  bo’lishi mumkin. Bu  yoshdaga  bolalarda 

mavjud  bo’lgan  ishonuvchanlik,ochiqlik,

 

tashqi  ta’sirlarga  beriluvchanlik, 



itoatkorlik  kabi  xususiyatlari  ularni  shaxs  sifatida  tarbiyalash  uchun  yaxshi 

imkoniyat  yaratadi. Kichik maktab  yoshi  davrini  bolaning  turli  faoliyatlarda 

muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy, shaxsiy xususiyatlarni yuzaga 

kelish  va  mustahkamlash  davri  deb  hisoblash  mumkin.  Bu  davrda  muvaffaqiyatga 

erishish  motivlari  tarkib  topishi  bilan  bir  qatorda,  mehnatsevarlik  va  mustaqillik 

kabi  sifatlar  rivojlanadi.  Kichik  maktab  yoshidagi  o’quvchilarda  mehnatsevarlik, 




20 

 

asosan,  o’qish  va  mehnat  faoliyatida  rivojlanadi  va  mustahkamlanadi. 



Mehnatsevarlik  bolada  o’zi  qilayotgan  mehnati  unga  zavq  bergan  taqdirdagina 

yuzaga  keladi.  Bolada  mustaqillik  xususiyatining  shakllanishi  asosan  kattalarga 

bog’liq.  Agar  bola  haddan  ziyod  ishonuvchan,  itoatkor,  ochiq    xususiyatli  bo’lsa, 

unda  asta-  sekinlik    bilan  bo’ysunuvchanlik,  tobelik  xususiyati  mustahkamlana 

boradi.  Biroq  bolani  vaqtli  mustaqillikka  undash,  unda  ba’zi  salbiy  xislatlarning 

shakllanishiga  ham  olib  kelishi  mumkin,  chunki  hayotiy  tajribalari,  asosan, 

kimlargadir  taqlid  qilgan  holda  o’zlashtiradi.  Mustaqillikni  shakllantirish  uchun 

bolaga  mustaqil  bajaradigan  ishlarni  ko’proq  topshirish  va  unga  ishonch  bildirish 

nihoyatda  muhimdir.  Shuningdek,  shunday  bir  ijtimoiy  psixologik  muhit  yaratish 

kerakki,  unda  bolaga  biror  bir  mas’ul  vazifani  mustaqil  bajarishni  topshirish,  bu 

ishni  bajarish  jarayonida  bola  o’zini  tengdoshlari,  kattalar  va  boshqa  odamlarning 

lideri  deb  his  qilsin.  Ana  shu  his  bolada  mustaqil  bo’lishga  undovchi  motivlarni 

yuzaga keltiradi. 


Yüklə 412,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə