O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti


BAHO O'QUVCHI 0‘ZLASHTIRISHIGA TA’SIR QILADIMI?



Yüklə 412,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/45
tarix10.03.2022
ölçüsü412,61 Kb.
#84410
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45
boshlangich sinflarda ozlashtirmovchilikni yuzaga keltiruvchi omillar

BAHO O'QUVCHI 0‘ZLASHTIRISHIGA TA’SIR QILADIMI? 

Aylana yoki uchburchak... u bolani xafa qilmaydi 

Ilmira Hasanova, Sergeli tumanidagi 104-  maktabning boshlang'ich sinf 

o'qituvchisi: 

—Birinchi sinf o'quvchisining har qanday intilishini qadrlash lozim. 

Dabdurustdan yomon bahosi bilan maktabga endigina qadam qo'ygan bolaning 

orzularini bir zumda yo'qqa chiqarishga hech bir o'qituvchining haqqi yo'q. Shuning 

uchun har bir bolaga individual yondashib, o'qish istagidagi barcha harakatlarini 

rag'batlantirish zarur. Bu borada joriy qilingan ball sistemasida baholash eng oqilona 

yo'ldir. Biroq birinchi sinf o'quvchisiga «1» baho emas, ball deb tushuntirsangiz-da, u 

baribir baho deb tushunadi. Shuning uchun har gal birinchi sinfni qabul qilganimda 

ularni maktab ta’limiga moslashgunlaricha baholamayman. Balki rag'batlantiraman. 

Ya’ni, gul — «5», gulning yaprog'i — «4», shunchaki aylana — «3», uchburchak — 

«2»ni anglatadi. Rangli uchburchakni qo'lga kiritgan o'quvchimga bu uchburchak 

«ikki»ni anglatadi deb hech qachon izoh bermayman. Har bir predmet ball 

hisoblanishini, faqat  ular yaxshi yoki sustroq javob berilganiga qarab turlicha 




21 

 

bo'lishini tushuntirganman. Shuning uchun turli rangdagi aylana yoki uchburchak 



olgan bolalarim ham xafa bo'lishmaydi. Uning o'rniga «gul»ni qo'lga kiritish istagida 

yaxshiroq harakat qiladi. 1-  sinfda bolani ana shunday rag'bat usuliga o'rgatib, 

ikkinchi sinf boshidan raqamli baholashga ko'niktirish, ularning o'qishga bo'lgan ilk 

qiziqish va ishtiyoqini so'ndirmaslik uchun xizmat qiladi. 

Bu tajribaning kichik o‘quvchi uchun yoqimli va ruhini cho'ktirmaydigan 

tomonlari borligiga ota-onalar fikrlari bilan tanishganimda amin bo'ldim. 

— 

O‘g‘lim birinchi sinfni muvaffaqiyatli boshladi. Harflar tugab, vazifalar 



ko'paygani sayin u «ikki», «uch» ball olib keladigan bo'ldi. Natijada uyga berilgan 

topshiriqlarni ham bajarishga hafsala qilmay qo'ydi. Bir kuni «dardi»ni aytdi: — 

She’rni yaxshi aytib bersam ham baribir ustoz menga «uch» qo'yadi. Yodlamasam, 

«ikki» qo'yadi. Farqi nima? 

Shundan keyin farzandimning oladigan bahosi bilan bog'liq ruhiy holatlariga 

qat’iy e’tibor qaratdim. Vaziyat taqozosi bilan Ilmira Hasanova  ishlaydigan maktab 

joylashgan tumanga ko'chib keldik va o'g'lim o'qishni shu sinfda davom  ettirdi. 

Boshida sinf jamoasiga ko'nikishga qiynalgan bo‘lsa-da, o'g'lim deyarli «gul» yoki 

«yaproq» olib keladi. Savollarga beradigan javoblarida qat’iylik, o'ziga ishonch 

tug'ildi bolamda. Hozir vazifalarni ham mustaqil bajaradi, maktabga avvalgidek 

erinib yoki xohlamasdan emas, aksincha, orziqib ketadi. Farzandimning o'quvchilik 

taqdirida yuz bergan bunday o'zgarish keyinchalik ham menga saboq bo'ladi, — 

deydi Muxtasar Jo'rayeva. 

Baho o‘qishga undashi kerak 

Yunusobod tumanidagi 302- umumta’lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi 

Sanoat Nurmatova esa boshqacharoq tajribasi bilan o'rtoqlashdi. 

— 

Darsga tayyorlanmagan bolani yaxshiroq harakat qildirish, mas’uliyatni 



chuqurroq his qilishi uchun ham har doim a’lo baho qo'yib bo'lmaydi. Har bir 

o'quvchini mehnatiga yarasha baholash kerak. Har qanday vaziyatda ham bola 

rag'batlantirib turilsa, tushkunlikka tushmaydi. Uning o'rniga xatolarini 

takrorlamaslikka tirishadi. Buning uchun quyidagi usuldan foydalanaman: hafta 

mobaynida «to‘rt» olmagan o'quvchiga yulduzcha sovg'a qilaman. Agar bir-ikkita 



22 

 

«to‘rt» olsa-da, bolaning intilishlari namunali bo'lsa, uni ham yulduzcha bilan 



siylayman. Bir oy oxirida 4ta yulduzcha, ya’ni har haftada yulduzcha olgan bolaga 

kitob sovg‘a qilaman. Buni ko‘rgan sinfimdagi yaxshi yoki o'rta o'qiydigan 

o'quvchilar ham qiziqadi, havas qiladi va o'zlari ham qatorasiga rag'batlarni qo'lga 

kiritishga harakat qiladi. Chunki o'quvchi uchun o'qituvchining e'tibori hamma 

narsadan ustun turadi. 

— 

O'quvchilarim hozirda 4- sinfda o'qiyapti. Baho bolaga u yoki bu tarzda 



ta’sir ko'rsatadi. Menimcha, har bir baho o'qituvchi tomonidan izohlanishi kerak. 

«Mana bugun juda yaxshi o’qiding, so'zlarni ham burro-  burro talaffuz qilding, 

shuning uchun «besh» bilan baholanasan», deyilganda o'quvchi o'ziga nisbatan 

alohida e’tiborni his qiladi. Xuddi shunday har bir «ikki» izohlanishi kerak. Masalan, 

diktantdan «2» olgan bolaga nisbatan «Sunnatilla, sen mana bu so'zlar imlosini 

yaxshi bilar eding. Lekin darsda diqqatingni bir joyga jamlamaganing uchunmi, 

nimagadir xatolikka yo'l qo'yibsan. Kel, yana bir bor o'tgan mavzulardagi grammatik 

qoidalarni yodga olamiz. O'ylaymanki, har bir yo'l qo`yilgan xatoni tuzatasan...» kabi 

tadbir tutilganda bola nima uchun past baho olganining isbotini ko'radi va qayta shu 

natijani takrorlamaslikka urinadi. Shuningdek, o'tgan mavzularni mustahkamlashga 

o'qituvchining e’tibori jalb qilinadi. Yana sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlaridan 

o'quvchidagi yaxshi rivojlanmagan malakalarni shakllantirish maqsadida 

foydalanaman. Qayta-qayta mashq qildirish natijasida o'quvchining bilim darajasi 

oshadi va tabiiyki, baholari ham ko'tariladi”,  —  deb masalaga yondashadi Mirzo 

Ulug'bek tumanidagi 112- maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi Muhabbat Umarova. 

Baho nisbiy narsami? 

Biz o'quvchiga baho nisbiy narsa, olingan bilimlar muhim deya tushuntiramiz. 

Biroq boshlang'ich sinf o'quvchisi uchun kundalikka  qo'yilgan baho haqiqiydek 

hisoblanadi. Shuning uchunmi sinfdagi «a’lochi» maqomiga ega bolalar ko'p qo‘l 

ko'tarib, ko'p javob berib, ko‘p baho olishni istaydi. Bunday vaziyatda olingan 

bilimlar mukammal bo'larmikan? Baho yuqori bo‘lsa-yu, bilim sayoz bo‘lsa-chi? 

Faol bo‘lmasa-da, berilgan har bir savolga to'g'ri javob beradigan kamtar bolalarga 




23 

 

tengdoshlarining o'zidan so'zamolligi tufayli o'zib ketishi malol kelmaydimi? Bu kabi 



muammolar xususida Ilmira Hasanova shunday deydi: 

— 

O'qituvchi har bir darsda imkoni boricha butun sinf jamoasini baholay 



olishi kerak. Hech bo'lmaganda, bolaning darsga qanday tayyorgarlik ko'rganini 

nazorat qila olishi darkor. Shundagina har bir o'quvchi berilgan vazifaga jiddiy 

qaraydi. Yana sinfdagi yetakchi bolalarda o'zlarini ko'rsatish, birinchi bo`lish istagi 

yuqori bo`lganligi uchun ham ular topshiriqlarni dars jarayonining o'zidayoq bajarib, 

tezda baholanishni xohlaydilar. Biroq bunda o'zlashtirish sayoz bo'lib qolishi 

mumkin. Chunki tez qabul qilingan ma’lumotlar inson xotirasidan qisqa muddatda 

o'chib ketadi. Shuning uchun, boladagi har bir qilingan harakatni hurmat qilgan holda 

unchalik faol bo'lmagan bolalarni ham bahslarga, savol- javoblarga ko'proq jalb qilish 

kerak. Ularni ham fikri teran, har qanday vaqtda vazifaga yechim izlaydigan  faol 

o'quvchiga aylantirishda o'qituvchi ter to'kishiga to'g'ri keladi. Shu mehnat ortidan 

esa, albatta, sinf jamoasining ko'rsatkichlari yuqori bo'lishiga erishiladi. 

Bola olayotgan har bir bahoda ota-ona omilining o‘rni bo’lishi zarur. Ayniqsa, 

har bir qo'yilgan «2» dan ota-ona xabar topishi, kerak bo'lsa, o'qituvchi tomonidan 

aytilishi kerak. Bu o'quvchining yo'l qo'yayotgan kamchiligini to'g'rilashga va 

ruhining tushib ketmasligiga xizmat qiladi. Ota-onalarning bu o'rinda bolani asossiz 

ravishda «nimaga ikki olding?» deb koyiyverishidan hech qanday naf yo'q... 

Xuddi shu o'rinda bizga psixolog maslahati yordamga keladi: 

— 

Boshlang'ich sinf o'quvchisi uchun tanqid yoqimsiz narsadir. Xuddi shu 



kabi «ikki» ham u uchun muvaffaqiyatsizlik, ojizlik belgisidek tuyuladi. Shu bois 

birinchi sinf o'quvchisiga «2» baho qo'yilmasa maqsadga muvofiq bo'ladi. Yoki har 

bir past bahoni ham bolaning ko'nglini o'ksitmagan holda, ehtiyotkorlik bilan qo'yish 

zarur. Sababi birgina baho o'quvchining umumiy bilim olish darajasiga ta’sir qilmay 

qolmaydi. Yoxud matematikadan misol yechishga qobiliyati zo'r bolani she’rni 

ifodali o'qib bera olmaslikda ayblab,  u fandan «5», bu fandan «2» qo'yilsa, 

o'quvchida fanlarni ajratish hissi paydo bo'ladi. Bora-bora shu bola «adabiyotdan 

mening iqtidorim yo'q», deb o'ziga-  o'zi xulosa chiqarishi mumkin. Bu esa 




24 

 

gullamoqchi bo'lgan gulni uzib olish bilan barobardir, —  deydi Shayxontohur 



tumanidagi 167- maktab psixolog Sevara Anorboyeva. 

Turli qarashlar, yondashuvlardan ko'rinadiki, qo'yilayotgan har bir ijobiy va 

salbiy bahoning o'quvchiga, uning o'zlashtirishiga ta’siri, albatta, bo'ladi. Shunday 

ekan, muhtaram o'qituvchilarimiz bilim olishga qiziqish aynan boshlang'ich sinfdan 

boshlanishini nazardan qochirmagan holda har bir bolani munosib taqdirlasalar, shu 

bolalar kelajakda ham olgan mukammal bilimlari tufayli munosib mavqelarga 

sazovor bo'ladilar, deb umid qilamiz. 

Inson borliqning bir bo'lagi sifatida undagi har bir voqelikka o'ziga xos 

mulohaza bilan yondashsa, ko'rgan, eshitgan voqealarini ziyraklik bilan mulohaza 

qilsa, o'qish qobiliyatiga ega bo'lsa, ijodiy fikrlasa, uning tafakkuri qarashlarida 

yangilik, samara bo'lishi muqarrar. Bunday jarayonda mustaqil ta'limdan foydalanish 

asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ona tili darslarida va darsdan tashqari 

mashg'ulotlarda mustaqil ta'limdan foydalanish o'quvchilarda bilim, ko'nikma, 

malakalarni shakllanishida juda katta ahamiyatga egadir. O'quvchilaming mustaqil 

fikr yuritishi, aqliy va ijodiy faollikka undash, erkin fikr, kasbiy mas'uliyat 

elementlarini his qilishga qaratilgan jarayondir. 

Boshlang'ich sinf ona tili darslarini mustaqil ta’lim asosida o'qitish ta'lim 

tizimining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Mustaqil bilim egallashda amal 

qilinadigan qonun-qoidalarga aniqlik kiritish lozim bo'ladi. Umumdidaktik prinsiplar 

qatorida mustaqil ta'lim tamoyillari quyidagicha ishlab chiqildi. Ular: 

- ta'limning insonparvarlik va demokratik ruhda amalga oshirilishi; 

-bilim oluvchi shaxsiga yo'naltirilganligi; 

- bilimlami o'zlashtirishda individual va jamoaviy yondashuv; 

- o'quv materialini modullar asosida o'zlashtirish; 

- o'quvchilaming mustaqil ijodiy fikrlashi, og'zaki va yozma nutqini 

rivojlantirish; 

- o’quvchilar nutqining ifodaliligini oshirib borish

- oddiydan murakkablik darajasiga borish; 




25 

 

- mustaqil ishlash ko'nikma va malakalarini bosqichma-bosqich shakllantirish 



kabilarni o'z ichiga oladi. 

Mazkur tamoyillar asosida o'quvchilaming mustaqil bilim olishlari har bir 

o'quvchi tomonidan 

o'zlashtirilgan bilimlarni to'g'ri va foydali amalga oshirilishiga ta'sir ko'rsatadi. 

Mustaqil ta'lim o'quvchilaming ona tilini o'qitish sohasidagi bilimlarini 

oshirishga, ulami mustaqil va ijodiy fikrlashga o'rgatadi. Boshlang'ich sinf 

o'quvchilariga darsda va darsdan tashqari mustaqil ishlarni bajarish uchun vazifalar 

beriladi. Bu esa o'z navbatida ona tilini o'qitish tizimida o'quv-tarbiya jarayonining 

muhim shakli sifatida katta ahamiyat kasb etadi. 

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ona tili bo`yicha bilimlarini kengaytirish va 

chuqurlashtirish, hayotga ongli munosabatni shakllantirish, ta'limning tarbiyaviy 

tamoyilini kuchaytirish, qiziqishini oshirish, mustaqil va ijodiy fikrlashga  o'rgatish 

aynan mustaqil ta'lim asosida amalga oshiriladi. Bunday ishlar o'z shakli va 

mazmuniga ko'ra xilma-xil bo'lib, bevosita asosiy darslarning davomi hisoblanadi. 

Shu bilan birga mustaqil ta'limda amalga oshirish qiyin bo'lgan vazifalarni hal 

qilishga keng yo'l ochiladi. Ona tili darslarida mustaqil ta'limning turli xil usullaridan, 

ya'ni ta'lim texnologiyalaridan foydalanish mumkin. 

O'quvchilarda mustaqil ishlash, avvalo, unga tayyorlash o'qituvchi tomonidan 

materiallarni muammoli tarzda bayon etilishi kabi yo'llar bilan hosil qilinadi. Bunda 

quyidagi topshiriqlarni muntazam ravishda tavsiya etish mumkin: materialni darslik 

asosida o'rganish, namunaviy mustaqil mashqiar, yangi turdagi topshiriqlar, 

o'zlashtirilgan usullarni amalda qo'liashga oid vazifalami bajarish, ijodiy ishlami 

o'rgatishni o'z ichiga oladi. 

O'quvchilar bilan o'qituvchi o'rtasida yo'l qo'yilishi lozim bo'lgan amaliy mashq 

usullaridan biri bu yozma bahs usulidir. Bunday usulda muloqot o'matish natijasida 

o'quvchilaming erkin tarzda mustaqil fikrini ifodalash imkoniyati kengayadi, yozma 

nutqi rivojlanadi. Og'zaki muloqot jarayonida  bayon qila olmagan fikriarni bemalol 

yozma shaklda bildirish uchun sharoit yaratiladi. 




26 

 

Bugungi kunda maktab o'quvchilarining yozma nutqini qoniqarli ahvolda  deya 



olmaymiz. Ular o'z fikrlarini hamma vaqt ham mantiqiy izchillikda bayon qila 

olmaydilar. Ayni bir vaqtning o'zida bu usulni o'quvchilar bilan o'qituvchi hamda bir 

guruhdagi o'quvchi bilan o'quvchi orasida qo'llash mumkin. Bu bosqichda o'quvchilar 

o'z  fikrlarini yozma tarzda bayon qila olishlari lozim. Matnda ulardan o'zlarining 

shaxsiy nuqtai nazarlarini aniq ifodalashlari talab etiladi. Matn orqali boshqalaming 

fikrlari, nuqtai nazarlariga ijobiy ta'sir ko'rsatishlari kerak. 

O'quvchining o'quv faoliyatini individuallashtirish imkoniyati sifatida 

quyidagilarni ko'rsatish mumkin: 

a) 

matn ustida ishlay olishi; b) o'z fikrini mantiqiy izchillikda bayon eta 



bilishi; v) kattalarning nuqtai nazarlariga asoslanib turib ishlay olish ko'nikmasi va 

hokazo. 


Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, o'quvchilarda faqatgina ona tili darsliklari 

bilan cheklanib qolmasdan hamkorlikda o'qitish texnologiyasidan ham fbydalanish 

maqsadga muvofiqdir. 

Ona tili fanini chuqur o'zlashtirishda hamkorlikda o'qitish usullari bizga 

yaqindan yordam beradi. 

Ona tili darsini boshlashdan oldin o'quvchilami bir necha guruhga ajratib, mavzu 

bo`yicha tuzilgan o'quv topshiriqlari asosida ularning mustaqil va ijodiy ishlarini 

tashkil qilish mumkin. Har bir topshiriq bo'yicha savol-javob o'tkazilib, 

o'quvchilaming javoblari tegishli ballar bilan baholab boriladi. 

Hamkorlikda o'qitish texnologiyasining guruhlarda o'qitish usulidan foydalanib, 

o`tiladigan darsning borishini quyidagicha loyihalash tavsiya etiladi: 

1.Tashkiliy qism. 

2.O'tgan mavzu yuzasidan o'quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash. 

3.O'quvchilami dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish. 

4.Yangi mavzuni o'rganish. 

a)o'quvchilarni guruhlarga ajratib, guruh a'zolari tomonidan bdgilangan o'quv 

topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarilishiga erishish; 

b) 


o'quv materialini yaxlit holda qayta ishlab chiqilishini amalga oshirish. 


27 

 

5.Yangi mavzu yuzasidan guruhlar o'rtasida savol-javob, o'quv bahsi o'tkazish. 



6. 

Mavzu matnida berilgan o'quv mashg'ulotini uyushtirish. 

7.Test  savollari yordamida o'quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash. 

8.Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash. 

9.Uyga vazifa berish. 

Guruhlar o'rtasidagi o'quv bahsi, 

munozara o'quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining 

natijasi, yakuni sanaladi. 

Masalan: Mavzu: Nutq, gap va so'z. 

Darsning maqsadi: a) bilimlarni mustahkamlash, o'quvchilar faolligini oshirish, 

mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirish; b) hamjihatlikda ishlashga o'rgatish. 

Darsning metodi: interfaol. 

Darsning jihozi: tarqatma materiallar. 

Darsning borishi: 

O'quvchilar 6 guruhga bo'linadilar. Har qaysi guruhda 5-6 tadan o'quvchi 

bo'ladi. Ular quyidagi qoidalarga rioya qiladilar: 

- intizomli bo'lish; 

- bir-birlarini hurmat qilish, faollik ko'rsatish, hamkorlikda ishlash; 

- do'stining fikrlarini qadrlash; 

- vaqtdan unumli foydalanish; 

O'quvchilarni guruhlarga bo'lish. 

O'quvchilar stoldagi rasmli kartochkalardan xohlaganlarini tanlab oladilar va 

o'zlarining qaysi guruhga mansubliklarini rasmlar orqali (ovozsiz) topib oladilar. 

1-guruh: 

mevalar - olma, nok, uzum, olcha. 

2-guruh: 

sabzavotlar - sabzi, karam, kartoshka, piyoz. 

3-guruh: 

don ekinlari - mosh, gurnch, no'xot, loviya, makkajo'xori. 

4-guruh: 

daraxtlar - terak, tol, chinor, archa, majnuntol. 

5-guruh: 

poliz ekinlari: - qovun, tarvuz, handalak, qovoq, bodring. 

6-guruh: 

dorivor o'simliklar - yalpiz, ismaloq, otquloq, isiriq, beda. 

O'quvchilar guruhlarini topib, belgilangan joyga doira shaklida o'tiradilar. 




28 

 


Yüklə 412,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə