O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti



Yüklə 412,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/45
tarix10.03.2022
ölçüsü412,61 Kb.
#84410
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45
boshlangich sinflarda ozlashtirmovchilikni yuzaga keltiruvchi omillar

Darsning birinchi topshirig'i e’lon qilinadi.

 

1-topshiriq.  Kartochkalardagi so'zlarni ma'no jihatdan bir-biriga bog'lab, she'r 



hosil qilish. Bunda davlatimiz madhiyasi uchun yaratilgan she'rdan foydalanish 

mumkin. Madhiyaning birinchi to'rtligini naqorati bilan 1-, 2-, 3-guruhlarga, ikkinchi 

to'rtiigini naqorati bilan 4-, 5-, 6-  guruhlarga tarqoq holda kartochkalarda beriladi. 

Guruhlar topshiriqni bajarib bo'lgach, chapak chalib, ishni tugatganlarini bildiradilar. 

Shundan so'ng quyidagi savollar orqali o'quvchilarga murojaat qilinadi: 

- Topshiriq berilganda o'zingizni qanday his qildingiz? 

- Topshiriqni bajarayotganingizda qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz? 

- Bajarib bo'lganingizdan so'ng o'zingizni qanday his qildingiz? 

- Ish taqsimotini qanday yo'lga qo'ydingiz? 

- Madhiya matnini nimalar orqali hosil qildingiz? 

2-topshiriq.  Berilgan so'zlar ishtirokida matn tuzish. Guruhlarga aralash so'zlar 

yozilgan konvertlar tarqatiladi. Bu so'zlar bilan qiziqarli hikoya tuziladi. 

1-guruhga: 

fil, sichqon, mazali non, qush, qochdi. 

2-guruhga: 

olma, mallasoch, qayiq, tush, afsus. 

3-guruhga: 

taksi, teatr, pul, sahna, xolam, uyalib qoldik. 

4-guruhga: 

hayvonot bog'i, muzqaymoq, onam. 

5-guruhga: 

kino, qor odam, bolakay, bo'ri. 

6-guruhga: 

akam, tufli, koptok, oyna, xoda. 

Guruhlar chapak chalish orqali ish yakunlanganligini bildiradilar va navbat bilan 

tuzgan matnlarini o'qib  eshittiradilar. Topshiriqni bajarganlariga qarab guruhlar 

rag'batlantirib boriladi. 

3-topshiriq.Test bilan ishlash. (Hamma guruhga bir xildagi 4 ta test topshiriladi). 

1. 

Nutq nima? 



a) 

gap; 


b) 

tugallangan fikrning yozma shakli; 

d) tugallangan fikrning og'zaki shakli. 

2. 


Qaysi qatordagi gapda so'zlar tarkibi to'g'ri berilgan? 

a) 


non yopiladi tandirda; 


29 

 

b) 



tandirda non yopiladi; 

d) non - tandirda yopiladi. 

3. 

So'z nimalardan tashkil topadi? 



a) 

harflardan; 

b) 

bo'g'inlardan; 



d) gaplardan. 

4. 


Qaysi qatordagi so'zlar xatosiz yozilgan? 

a) 


paroxod, yalpiz; 

b) 


paroxot, yalpiz; 

d) paraxod, yalpiz. 

4-topshiriq.Sovg'alar topshirish. 

Guruhlar bir-birlarini baholaydilar va  esdalik uchun sovg'a beradilar. Har bir 

guruh qanday ishlagani, ish davomida o'zlarini qanday tutganligi, dars qoidasiga 

qanday rioya qilganliklari haqida fikrlar bildiradi. 

Darsni yakunlash (baholash). 

Har bir guruh o'zining eng faol qatnashgan, bilimdon va zukko a'zolarini 

baholaydi. 

Darsni yakunlash, mustahkamlash: 

1.Guruhingiz a'zolaridan mamnunmisiz? 

2.Topshiriq bajarayotganda qanday xatoliklarga yo'l qo'yganingizni bilasizmi? 

3.Bugungi darsdan nimalar oldingiz? 

4.Qanday tushuncha hosil qildingiz? 

5.Bugungi interfaol usuldagi darsni qanday baholaysiz? (a'lo, qoniqarli). 

Xulosa shuki, boshlang'ich sinfda ona tili darslarida va darsdan tashqari 

mashg'ulotlarda mustaqil ta'limdan foydalanish ta'lim samaradorligini oshirishda 

asosiy omildir. 

  6-  11 yoshli bolalar o’zlarning individual xususiyatlarini anglay boshlaydilar. 

Bolaning  o’z-o’zini  anglashi  ham  jadal  rivojlana  boradi  va  musgahkamlana 

boshlaydi.  Bu  davrda  bolalar  o’zlarining  ismlariga  yanada  ko’proq  ahamiyat  bera 

boshlaydilar  va  ularning  ismlari  tengdoshlari  va  atrofdagilari  tomonidan  ijobiy 




30 

 

qabul  qilinishiga  harakat  qiladilar.  Bolani  o’zining  tashqi  ko’rinishi  va  gavda 



tuzilshiga  beradigan bahosi  ham  o’z-o’zini  anglashida  ahamiyati  juda  kata.  Kichik 

maktab davrining oxiriga borib bolalar, ayniqsa, qizlar o’zlarining yuz-tuzilishlariga 

alohida  e’tibor  bera  boshlaydilar.  Kichik  maktab  yoshidagi  o’quvchining  o’quv 

faoliyati  jarayonida  o’zidagi  xulq-atvorni  va  faoliyatni 

o’zi 

tomonidan 



muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli ravishda bir fikrga kela olish qobiliyati 

rivojlanadi, o’z faoliyatini o’zi uyushtirishga, hamda bilim olish jarayoniga bo’lgan 

qiziqishining  qaror  topishiga  yordam  beradi.  O’quvchi  xulq  atvorining 

motivlashtirishi  ham  o’zgaradi.  Bunda  do’stlari  va  jamoaning  fikrlari  asosiy 

motivlar  bo’lib  qoladi.  Axloqiy  his  tuyg’ular  va  shaxsning  irodaviy  xususiyatlari 

shakllanadi. 

5-6  yoshlarda  ko’zga  tashlangan  bolalarning  xususiyatlari  yillar  davomida 

rivojlanadi  va  mustahkamlanadi,  o’smirlik  davrining  boshlariga  kelib.  juda 

ko’pgina  ngaxsiy  fazilatlar  shakllanib  bo’ladi.  Bolalarning  individualliklari 

ularning  bilish  jarayonida  ham  ko’rinadi,  Bu  davrda  bolalarning  bilimlari 

kesh’ayadi va chuqurlashadi, ko’nikma va malakalari takomillashadi. 3-4 sinflarga 

borib, aksariyat bola.\arda umumiy va maxsus layoqatlar ko’zga tashlanadi. Kichik 

maktab davrida hayot uchun nihoyatda ahamiyatli bo’lgan muvaffaqiyatga erishish 

motivi  mustahkamlanadi,  bu  esa  o’z-  o’zidan  boshqa  layoqatlarni  jadal 

rivojlanishiga olib keladi. 

Bu yoshdagi bolalarda idrok, diqqat, xotira, tafakkur va nutq to’liq shakllanib 

bo’L1’ani uchun ham ularga ta’lim berishda kattalarga qo’llaniladigan uslublardan 

foydalanish  mumkin,  Kichik  maktab  yoshidash  bolalar  psixik  rivojlanigpiga 

ularning  atrofidagi  odamlar,  ota-onasi  va  ayniqsa  o’qituvchi  bilan  bo’ladigan 

munosabati orqali erishish mumkin 3-4 sinflarga borib bola uchun uning o’rtoqlari 

bilan  munosabatining  ham  ahamiyati  ortadi.  Bu  munosabatlardan  kattalar  ta’lim-

tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Bu yoshdagi bolalar soatlab yolg’iz 

holda  sevimli  maxshulotlari  bilan  shug’ullanishlari  mumkin  va  shu  asosda  ularda 

mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi.



 


31 

 

    Umuman  ta`limga, xususan,  boshlangich  ta`limga e’tibor  yurtimizda 



mustaqillikdan  so`ng  jiddiy  ijobiy tomonga  o’zgaradi.   

    Prezidentimiz  boshlang`ich  sinflarda  yituk, eng tajribali murabbiylar  

ishlashi  lozimligini alohida  uqtiradi va  qator savollarni o`rtaga  tashlagan edi: 

Zamonaviy  boshlang`ich  ta`limning  o`zi  nima? Bola  1-4 sinflarda qanday 

bilimlarga  ega bo`lishi kerak? Bu  muoammolar  shubhasiz  ilmiy –pedagogik  

tadqiqotlar asosida  o`z  yechimi  topadi. Chunki, boshlang`ich ta`limda  ilmiy bilim 

asoslaridan  yetarli  ma`lumotlar  berilmasa, uning  keyingi  rivojlanishi  davrida  

buning  o`rnini  to`ldirib bo`lmaydi. Kichik  maktab boshlang`ich  ta`lim  kamolot  

bosqichi  yoki pedagogik  psixologiya fan sohalari   nuqtai  nazardan  shaxs rivojida  

eng ma`suliyatli  va  muhim  rivojlanishi davrlaridan  birini  tashkil  etadi. 

    Tafakkur  psixalogiyasining  nuqtai-nazaridan  kichik maktab  yoshidan  

boshlab o`quvchilarning  aqliy  faoliyati  turli bilim jarayonlarning  sinovlaridan  o`ta 

boshlaydi. Chunki ta`lim aqliy  taraqqiyotini  kompelks  ravishda, ya’ni  har  

tamonlama  rivojlanishiga ma`naviy  negiz, asos  hozirlaydi. 

    Maqsadga  muvofiq o`qish  faoliyati  kichik  maktab  yoshdagi 

 

o`quvchilarning  aql-idrok, sezgirligi  kuzatuvchanligi,uquvliligi, esda  olib qolish, 



esga  tushurish  imkoniyatlarini  rivojlantirish  uchun  muhim  shart-sharoitlar 

yaratadi,bolalarda  o`qish yozish, hisoblash  malakalarini  shakllantiradi.  

    Bundan  tashqari, mazkur ta`lim  jarayonida  ularning  bilimlari qo’llash 

kengayadi, bilishga qiziqishlari ortadi.Ijodiy  izlanish  qobiliyati  rivojlanadi,ularda  

tafakkurning  faolligi  mustaqilligi, mahsuldorligi   ortadi, aqliy imkoniyatni  ishga 

solish  vujudga keladi.  

O`quv fanlariga  ijobiy munosabat, qattiq  shug`ullanishi niyati, jamoatchilik 

oldiga  ma`suliyati his  qilishi, bilim olishning  ijtimoiy ahamiyatini  anglash  

tuyg`ulari  tarkib topadi. 

   Endi  o`z  xohish irodasi  bilan zarur  ma`lumotlar  to’plashga, o`z  oldiga  

aniq maqsad  va vazifa  qo’yishga harakat  qiladi. Bolaning  ana  shu  faolligi  

xotirasining  muayyan  darajada  rivojlanganligini  bildiradi.Oqilona  tashkil etilgan 




32 

 

ta`lim  jarayoni  mazkur  yoshdagi bolaning aqliy  rivojlanishiga  katta ta`sir 



ko`rsatadi. 

Maktab  ta`limi o`quvchining  turmush tarzini, ijtimoiy  mavqieni , sinf  jamoasi  

va oila  muhitidagi o`rnini o`zgartiradi. 

    Uning  vazifasi o`qishdan, bilim, olish  ko`nikma va malakalarini egallash, 

o`zlashtirishdan  iborat bo’ladi.Kichik  maktab yoshdagi  bolaning  muhim  

xususiyatlaridan  biri, unda o`ziga xos ehtiyojlarning  mavjudligidir.Bu ehtiyojlar  o`z 

mohiyatiga ko`ra  muayyan bilim ko`nikma va malakalarini egallashga harakat qiladi. 

Kichik maktab  yoshdagi bola o`zining  tub mohiyati va vazifasini  tushunib  

yetmaydi, balki  hamma  maktabga borishi  kerak deb tushunadi.Kattalarning 

ko`rsatmalariga amal qilib,  tirishqoqlik  bilan  mashg`ulotlarga  kirishib ketadi 

.Oradan ma`lum vaqt o`tgach, shodiyona  lahzalarining tassuroti kamayishi bilan  

maktabning  tashqi  belgilari  o`z  ahamiyatining  yo’qota  boradi va bola o`qishning  

kundalik  aqliy  mehnat  ekanligini  angladi. Shunda bola aqliy mehnat  ko`nikmasiga 

ega  bo`lmasa, uning  o`qishdan  ko`ngli  soviydi. 

    Ta`limning  mazmuni o`quvchining  bilimlarini  egallashga qiziqishi  o`z  

aqliy  mehnat  natijasidan  qanoatlanish  hissi  bilan uzviy  bog`liqdir .Bu  his 

o`qituvchining  rag`batlantirish bilan amalga oshiriladi va o`quvchida  samaraliroq  

ishlash  moyili istagini shakllantiradi. Bolada  paydo  bo`lgan  faxrlanish  o`z kuchiga 

ishonch  hisslari  bilimlarni  o`zlashtirish  va malakalarini rivojlanishiga  xizmat 

qiladi.  Kichik  maktab  yoshidagi  bolalarni  o`qitish  jarayoni, o`quv  faoliyatining 

asosiy kamponetlari:  O`quv  vaziyatlari, o`quv  harakatlari, nazorat  etishi  va 

baholash  bilan  tanishtirishdan boshlanadi.Bu  borada  barcha predmetli  harakatlar  

aqliy rivojlantirishga qulay  bo’lgan sharoitda amalga  oshirilishi juda muhim.  

    Agar  bola o`quv xarakatlarini noto’g`ri bajarsa, bu uning o`quv harakatlarini 

nazorat  va baholash  bilan  bog`liq  harakatlarini  xususiyatlarini  ma`lum darajada 

shakllantirishdan dalolat beradi. O`quv vaziyatlarida  bolalar  ayrim turdagi 

 

masalalarni  yechish  yo’llari  bilan  tanishadilar, ularni egallagan  zahoti aniq bir 



masalalarni  yechishda  amaliy foydalanadilar . 


33 

 

    Ta’lim  asosida  jamiyat  rivojlanishining  obektiv  ehtiyojlari  turadi.  Ta’lim 



insonning  mehnat  olamiga  samaraliroq  kirishini,  jamiyat  hayotiga  qo’shilishini 

ta’minlaydi.  Mustaqillikka  erishib,  erkin  bozor  munosabatlari  asosida  demokratik 

huquqiy  davlat  sifatida  shakllanish  yo’liga  o’tgan  O’zbekistonda  hozirgi  bosqichda 

Xalq  ta’limi  tizimiga,  yosh  avlodda  mustaqillik  va  faollikni,  ishbilarmonlik  va 

tadbirkorlikni shakllantirishga jiddiy e’tibor berilmoqda. 

    Ta’lim - jarayon bo’lib, u natija va tizimdir. Ta’lim jarayon sifatida bilimlar, 

ko’nikma  va  malakalarning  ma’lum  yig’indisini,  faoliyat  va  munosabatlarning 

tegishli  tajribasini  o’zlashtirishga  qaratilgan  maxsus  ishlarning  tashkil  qilinishidir. 

Ta’lim  natija  sifatida  bilimlarni,  faoliyat  va  munosabatlar  tajribasini  o’zlashtirishda 

erishilgan  darajadir.  Ta’lim  tizim  sifatida  davlat  muassasalari  va  boshqarish 

organlarining  majmuasi  bo’lib,  ular  doirasida  insonni  tarbiyalash  jarayoni  amalga 

oshiriladi.  Shu  tariqa,  ta’lim  doimo  bir  yo’la  tarbiyalash  jarayonini  ham,  o’qitish 

jarayonini ham ifodalaydi. 

    Yosh  avlod  haqida  gap  borar  ekan,  shaxsning  kamol  topishi,  o’z  mavqeyini 

anglash  va  o’zini  ko’rsatish  masalalari  birinchi  o’rinda  turadi.  Bu  masalalar  butun 

jamiyat  va  maxsus  yaratilgan  ijtimoiy  institutlar  va  insonning  o’zi  tomonidan 

tasodifiy  ravishda  ham,  maqsadga  muvofiq  yo’sinda  ham  hal  qilinishi  mumkin. 

Ta’lim  tizimida  shaxsning  ijtimoiylashuvi,  kasbni  egallashi  va  moslashuvi 

jarayonlarini maqsadga muvofiq tarzda boshqarishga ham da’vat etilgan. 

    Boshlang’ich  maktab  har  qanday  holda  ham  o’quvchilarda  bilimlarni 

shakllantirishda  va  ularning  qobiliyatlarini  aniqlashda  asosiy  rol  o’ynaydi  va  undan 

keyin  ham  shunday  bo’lishi  kerak.  Ammo  boshlang’ich  maktabdagi  barcha 

o’qituvchilar  bolalarning  qobiliyatlarini  aniqlash  va  rivojlantirish  uchun  tegishli 

ishlarni  amalga  oshirayotirmi?.  Masalan,  nima  uchun  yuqori  sinflarda  a’lo  bahoga 

o’zlashtiradigan bolalar soni kamayib bormoqda? 

     Maktabni  bitta  yoki  ikkita  o’quvchi  a’lo  baholar  bilan  bitirishini  qanday 

tushunish  kerak?  Iste’dodli,  qobiliyatli  bolalar  yo’qmi,  yoki  o’qitish  jarayoni 

shunchalik  samarasiz  bo’lib  qolganmi?.  Bularning  sababi  nima?.  Sababi  ko’p. 

Birinchidan,  boshlang’ich  sinf  o’qituvchisi  bolalar  bilan  induvidual  ish  olib  borish 



34 

 

imkoniyati cheklangan. Sinflarda bo’sh o’zlashtiradigan o’quvchilarga alohida e’tibor 



berish  zarur.  Ikkinchidan,  mazkur  o’qituvchilarning  metodik  saviyasi yetarli  emas. 

Sinfdagi  umumiy  ishlar  jarayonida  qobiliyatli  bolalarning  ijodiy  imkoniyatlari 

cheklanib qolmoqda.Ular o’z qobiliyatlarini ko’rsata olmayotir. O’qituvchi kuchi va 

e’tibori  butun  sinfga  qaratilib,  qobiliyatli  bolalar  ko’zga  tashlanmayotir.  Umumiy 

aytganda,  xususan,  bolalarni  saralash  va  o’qitishga  boshqacha  yondashish  bilan 

ularning ijodiy qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish kerak».       

    Ana’anaviy  dars  o’tish  jarayonida  ko’proq  ma’ruza,  savol-javob,  amaliy 

mashq  kabi  metodlardan  foydalaniladi.  Shu  sababli  bu  hollarda  an’anaviy  dars 

samaradorligi ancha past bo’lib, o’quvchilar ta’lim jarayoning passiv ishtirokchisiga 

aylanib  qoladilar.  Bolalarda  betinim  jiddiy  dars  beraverish,  ustma-ust  nazariy 

bilimlar,  qoidalar  bilan  qurollantiraverish  ularni  o’qishdan  bezdirib  qo’yadi.  Kichik 

maktab  yoshidagi  bolalarida  bunday  hol  ko’p  uchraydi.  Buning  oldini  olish  uchun 

nima qilish kerak?. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda dars jarayoni oqilona 

tashkil  etilishi,  o’qituvchi  tomonidan  o’quvchilarning  bilim  olishga  bo’lgan 

qiziqishlarini  orttirib,  ularning  ta’lim  jarayonida  faolligi  muttasil  rivojlantirib 

turilishi,  o’quv  mavzuni  kichik-kichik  bo’laklarga  bo’lib  ularning  mazmunini 

ochishda  bahs-munozara,  aqliy  hujum,  kichik  guruhlarda  ishlash,  rolli  o’yinlar 

metodlarini  qo’llash,  rang-barang  qiziqtiruvchi  misollar  keltirish,  o’quvchilarni 

amaliy mashg’ulotlarni mustaqil bajarishga undash, har xil baholash usullari va ta’lim 

vositalaridan joyida va o’z vaqtida foydalanish talab etiladi.  

      Pedagogik  texnologiyaning  keng  miqyosda  ta’lim  jarayoniga  tadbiq 

etilayotganligining  boisi  shundaki,  unda  o’quv  maqsadlariga  garovli  erishiladi. 

Texnologik  yondashuvning  eng  avvalo  yuzakichilikka  emas,  balki  rejalashtirilgan 

natijani  amalga  oshirish  imkonini  beruvchi  samarali  yondashuv  ekanligini  anglagan 

o’qituvchilar uni o’z faoliyatlariga tadbiq etmoqdalar.Jumladan, II-darajali «Sog’lom 

avlod uchun» ordeni nishondori, oliy toifali o’qituvchi H.Rahmatullaeva innavatsion 

pedagogik  texnologiyalarning  afzalligi  haqida  shunday  deydi: «O’qitishning 

innavatsion  pedagogik  texnologiyalarini  ta’lim  jarayoniga  tadbiq  etayotganligi  bois 

o’quvchilarning  dars  o’zlashtirishi  sifati  oshib  bormoqda.  Bolalarda  erkin  fikrlash, 



35 

 

o’z  fikrini  mustaqil  bayon  etib  berish,  ko’proq  bilishga  intilish  ortmoqda,  ular 



xotirasida o’tilgan mavzular ko’proq saqlanib qolishga erishmoqdaman». 

   An’anaviy  o’quv  jarayonida  asosiy  omil-pedagog  (va  uning  faoliyati) 

hisoblansa, pedagogik texnologiyada birinchi o’rinda o’qish jarayonidagi o’quvchilar 

faoliyati  qo’yiladi.  Bu  esa  o’quvchining  nafaqat  ta’lim  jarayoni  ob’ekti,  balki  uni 

ta’lim jarayonining faol sub’ekti sifatida namoyon bo’lishiga imkon beradi. 

   Prezidentimiz I.A Karimov milliy mafkura masalalariga to’xtalar ekan, «fikrga 

qarshi  fikr,  g’oyaga  qarshi  g’oya,  jaholatga  qarshi  ma’rifat»  zarurligini  uqtiradi  va 

o’qitish erkin fikrli kishilarni tarbiyalashga qaratilgan bo’lishi, bu islohatlarni amalga 

oshirishda innavatsion pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish lozimligini 

ta’kidlab o’tadi.  

      O’sib  kelayotgan  yosh  avlodda  mustaqil  fikrlash  qobiliyatini  shakllantirish, 

sog’lom va barkamol naslni tarbiyalab yetishtirish murabbiylarning muhim burchidir. 

Chunki  mustaqil  fikrlovchi  o’quvchilargina  kelajakda  har  tomonlama yetuk, 

barkamol  insonlar  bo’lib yetishib,  mustaqil  respublikamizni  ilg’or  jahon  davlatlari 

qatoriga olib chiqadilar.Shu o’rinda Z.Nishonovaning «Mustaqil fikrlashga o’rgatish» 

nomli maqolasidagi quyidagi fikrlarni keltirib o’tish o’rinlidir: «Hozirgi davr o’qitish 

tizimi  ham  ko’proq  xotirani  rivojlantirishga  qaratilgan.  Biroq  ayrim  o’qituvchilarda 

bugun  bir  mavzuni  tushuntirib,  tayyor  holda  o’quvchilarga yetkazib  berib,  ertasiga 

shu  mavzuning  mazmunini  so’rashi  yoki  she’rni  yod  olishga  berish  hollari  ko’proq 

uchraydi.  Bunday  darsda  hech  qanday  muammoli  vaziyat  yaratilmaydi  va  buning 

natijasida  o’quvchilarning  mustaqil  fikrlashiga  imkon  berilmaydi.  O’qituvchilarning 

o’zlari o’quvchilarning mustaqil fikr yurita olmasligini bilishadi. Lekin qanday qilib 

o’quvchida  mustaqil  fikr  yuritish  qobiliyatini  shakllantirish  mumkin?  -  deb  berilgan 

savolga javob berishga qiynaladilar». 

      J.Tolipovaning  fikricha: «Fikr-bu  insonning  faoliyati,  iqtidor,  qudrati  va 

bilimini  namoyon  etadigan  ma’naviy,  ahloqiy,  insoniy  sifatidir.  Fikr  rivoji  jamiyat 

ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo’lganligi uchun, 

o’quvchilarning kelgusida jamiyatda o’z o’rnini to’g’ri topishi, ijodiy va ijtimoiy faol 




36 

 

bo’lishini  nazarda  tutgan  holda  o’qitish  jarayonida  ularning  mustaqil  va  ijodiy  fikr 



yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish zarur»dir. 

   Ayni  kunda  respublikamiz  ta’lim  fidoiylari  dars  berishning  o’quvchilarni 

mustaqil  fikrlashga  undovchi  usul  va  uslublarini  joriy  qilishmoqda. «Aqliy  hujum», 

«Muzyorar», «Intervyu», «Debat», «Bahs-munozara», «Guruhlarga  bo’lib  ishlash», 

«B,  B,  B», «Klaster»,«Chigil  yozdi», «Konferentsiya»  kabi  ko’plab  dars  berish 

usullari bugungi kunda o’qituvchilarimiz tomonidan samarali qo’llanib kelinmoqda. 

   O’zbekistonda  xizmat  ko’rsatgan  xalq  ta’limi  xodimi  S.Turg’unov 

boshlang’ich  ta’lim  muammolarini  tahlil  qilib,  bu  borada  o’z  fikrini  bayon  qiladi: 

«Mamlakatimiz  mustaqil  bo’lguncha  o’qituvchining  ishi  ham,  ijodkorligi  ham 

chegaralangan edi. O’qituvchi dars o’tish metodikasida berilgan dars etaplariga qat’iy 

rioya  qilgan  holda  konspekt  tuzib,  shu  rejaga  asoslangan  holda  dars  o’tmog’i  lozim 

edi. 


    Yurtimiz  mustaqillikka  erishgach,  barcha  sohalardagi  kabi  maorifda  ham 

islohotlar  keng  ko’lamda  olib  borilmoqda.  Ta’limning  uzluksizligini  ta’minlash 

maqsadida  bolalar  bog’chasidan  boshlab  oliy  maktabgacha  e’tibor  kuchaytirilib, 

dastur  va  darsliklar  yangilanmoqda,  yangi-yangi  dars  o’tish  usullari  vujudga 

kelmoqda.  O’qituvchi  ijodkorligi  oshirildi,  bu  esa  ta’lim-tarbiya  borasida  anchagina 

siljishni vujudga keltirdi. Noan’anaviy darslar: ertak,sayohat, musobaqa, bozor, sport, 

o’yin  turlaridan  foydalanib  yaratilgan  darslar  durust  samara  bermoqda.  Bu 

o’quvchilarning 

darsga 

bo’lgan 


qiziqishlarini 

oshirmoqda, 

o’qituvchining 

ijodkorligini charxlab bormoqda». 

      Xo’sh,  zamonaviy  boshlang’ich  ta’limning  o’zi  nimadan  iborat  bo’lishi 

kerak?.  Bola  1-4  sinflarda  qanday  bilimlarga  ega  bo’lishi  lozim?  Bolalarda 

qachondan  boshlab,  qanday  qilib,  qanday  usul  va  uslubda  ta’lim  berish  kerak?  Bu 

masalalarga javob topishimiz zarur. 

  Boshlang’ich  ta’lim  konsepsiyasida  boshlang’ich  ta’limning  maqsad  va 

vazifalari aniq belgilab berilgan. Chunonchi: bolalarning ongi va tafakkurida mavjud 

bo’lgan  yashirin  imkoniyatlarni  aniqlash  va  rivojlantirish  kichik  maktab  yoshidagi 

bolalarda  ta’limning  dastlabki  davridan  boshlab  yangi  imkoniyatlarni  o’quv 




37 

 

materialini  muvaffaqiyatli  o’zlashtirishgagina  emas,  balki  hayotiy  muammolarni 



yechishga  ham  tayyorlaydi,  o’quvchilarda  o’rganish  va  ta’lim  jarayoniga  bo’lgan 

qiziqishini oshiradi. 

     Mazkur  maqsad  va  vazifalarni  chuqur  tahlil  qilib,  quyidagicha  talqin  qilish 

mumkin.  Demak,  har  bir  bolada  yashirin  holda  yuragining  tubida  biror  narsaga 

qiziqish,  intilish  ya’ni  boshqacha  qilib  aytganda,  iqtidor  kurtaklari  bo’ladi,  ularni 

aniqlash  hamda  rivojlantirish  kerak.  Bu  jarayon  esa  juda  murakkabdir.  Ana  shu 

murakkabligi  bilan  boshlang’ich  ta’lim  boshqa  ta’lim  bosqichlaridan  ajralib  turadi. 

Chunki  boshlang’ich  ta’limda  fanlarning  asosi–alifbo  o’rgatiladi.  Boshlang’ich 

ta’limda o’rgatiladigan fanlar alifbosi DTSda belgilab berilgan, shu asosida darslarda 

har  bir  o’quvchi  o’zlashtirishi  zarur  bo’lgan  bilimlar  doirasi  o’rgatiladi.  Agar 

o’quvchi  4  yil  mobaynida  shu  fanlar  alifbosini  o’zlashtira  olmasa,  u  ta’limning 

keyingi bosqichida o’qishni  davom  ettira  olmaydi.  Demak, biz  o’quvchilarning  turli 

o’quv  faoliyatlarini,  usullarini  o’zlashtirishlariga  imkoniyat  va  shart-sharoit  yaratib 

berishimiz lozim. 

    Pedagogik  psixologiyaning  asosiy  talablarida boshlang`ich sinf  ta`limi 

dasturlardagi  ko`pgina mavzu va  bo`limlarni  o`rgatish  bolalarni ma`lum bir sinfga 

taaluqli  namunalarini o`zlashtirishga yo’naltirishi orqali tashkil etishi kerak deb 

ta’kidlanadi.Tadqiqotlarning  ko`rsatishicha boshlahg`ich sinf o`quvchilarning 

 

masalalarini  echishdagi ayrim yo’l va tumanlarni yetarlicha egallanmaganligi  bu 



tushuncha va yo’llarini shakllantirishda  bolalar barcha kerakli o`quv xarajatlarini 

bajarishga o`rgatilmaganligining natijasidir . 

    O`quv jarayonida foydalanishning  ahamiyati  katta.Ovoz chiqarib mulohaza 

yuritish, asoslanib berish  aqliy sifatlarini o`stirishga xizmat qilib, kishi o`z 

mulohazalari va hatti-harakatini tahlil  etishi va  anglashini  rivojlantiradi.  

    Kichik  maktab yoshidagi o`quvchilarda aqliy o`quv materiallarini 

o`zlashtirishi  imkoniyatlarini  ancha yuqori  hisoblanadi.To’g`ri tashkil etilgan 

ta`limda  bu yoshdagi o`rta maktab  dasturida ko’rsatilgan  bilimlarga nisbatan  

ko`proq  bilimlarni tushunishlari va o`zlashtirishlari mumkin.Kichik maktab yoshdagi 



38 

 

bolalarning o`ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki,  shu davrdan  boshlab 



o`quv materiallarini  o`zlashtirmaslikning  dastlabki  belgilari  ko`zga tashlanadi. 

    N . S. Leytes  o`quvchilikning birmuncha o`zgarishi yosh bilan bog`liq holda 

bo`ladi. Birinchi bor maktabga kelgan bola hali o`zini anglashi va o`z hati 

harakatlarini aniq bilishi qiyin .Faqat  o`qituvchigina  bolaga  me’yorlar qo’yishi 

ularning  hamisha  xatti-harakatlarini  baholashi mumkin. 

    Boshlang`ich  sinfda o`quvchilar o`qituvchi tamonidan  qo’yiladigan 

shartlarni qabul qiladilar va ularning  qoidalariga  to`la amal qilishiga  harakat  

qiladilar. Bola  uchun  o`qituvchi  uning  psixologik  holatini  belgilab beruvchi  

asosiy figura  hisoblanib, bu holat uning  nafaqat  sinfdagi,  balki  umumiy  

tengdoshlari  bilan  bo`ladigan munosabatiga, bu munosabat  esa  o`z –o`zidan 

oilasidagi  munosabatlariga  ham  ta`sir ko`rsatadi. Kichik maktab yoshdagi  o`quvchi  

faolligining asosan  uch xil ko`rinishi mavjud bo`lib, bular  jismoniy psixik va  

ijtimoiy faoliyatidir. 

    Jismoniy  faollik sog`lom avlodlarning  harakat qilishiga bo`lgan turli mavjud 

to`siqlarni engishidagi  tabiiy ehtiyojidir.Bu yoshdagi bolalar nihoyatda serharakat 

bo`ladilar,  bu jismoniy harakat  bolaning atrofdagi  narsalarga  qiziqishi bilan 

qarayotganligi,ularni o`rgatishga  harakat qilayotgani bilan bog`liqdir. Bolaning  

jismoniy va psixik  faolligi o`zaro bog`liqdir. Chunki,  psixik sog`lom bola 

harakatchan bo`ladi, charchagan siqilgan bola esa hech narsa bilan qiziqmaydi. 

Psixik  faollik-bu  normal rivojlanayotgan  bolaning  atrof –olamdagi  

predmetlarni, insoniy  munosabatlarni  bilimiga  nisbatan qiziqishidir. Psixik faollik 

deganda, bolani o`zini  bilimiga  nisbatan  ehtiyoji ham tushuniladi. Boshlang`ich  

sinf  o`quvchisi  uchun  eng qiyin  qoida  bu dars  vaqtida  jim o`tirishdir.  

O`qituvchilar  o`quvchilarning  doimo jim  o`tirishlariga harakat  qilishadi, ammo  

harakatli passiv,  quvvati  kam bo’lgan  o`quvchigina  dars jarayonida  uzoq vaqt  jim 

o`tira  oladi. O`quv  jarayonidagi  kuzatuvlar  shunga  olib  keladiki, aynan  ana 

shunday  passiv,  qamquvvat  o`quvchilar  ham  ko`pincha  o`zlashtirishdan  orqada  

qoladilar .  




39 

 

    Chunki  bunday  o`quvchilar  kamdan kam  holatda  o`qituvchiga  savol  



beradilar, tushunmagan  narsalarni  so’rashga  tortinadilar, o`qituvchi  bilan  

muomala-munosabatiga  kirishishda masofa  saqlaydilar.Maxsus  psixalogiya va 

psixadiagnostika  fanlari nuqtari nazaridan boshlang`ich  ta`lim  yoshdagi 

o`quvchilarni aqliy rivojlanishiga  ko`ra  muayyan  toifalarga  saralaydigan  maxsus 

muassasalarga  yuboradigan davr  bo`lib  hisoblanadi. Shu bois, aqliy jihatdan  

me’yorda  bo’lmagan  bolalarning  90% idan  ortig`i  aynan  boshlang`ich  ta`lim  

davrida  ko`zga tashlanadi.  

Statistik  ma`lumotlarga  qaraganda , yer yuzida 5%ga  qadar  shaxslarda  turli  

jismoniy  va ruhiy  nuqsonlar  uchraydi . 

    Ayrim  hududlarda  bu ko’rsatgich 12%ga qadar  ko`tariladi .Jismoniy  

nuqsonlarga  ko`rish ,eshitish, nutq va harakat  tizimlardagi  mavjud maxsus  o`quv  

rejalar  va  dasturlar  asosida  maxsus  sharoitlarda, tegishli  tayyorgalikdan o`tgan  

o`qituvchilar  tomonidan o`qitiladi. Aqliy nuqsonlari bor bolalarga    aqli zaiflar 

(debil, imbetsil va idiot  darajalari) va psixik rivojlanishi suslangan bolalar kiritiladi. 

Psixik rivojlanishi suslangan bolalar yaqqol ko’zga tashlanmas ekan, boshlang’ich 

ta’limda ishlayotgan tajribali o’qituvchilar bunday bolalarni darhol ilg’ab oladilar.          

    Mamlakatimiz va chet-el  olimlarining  o’tkazgan tadqiqotlari asosida PRS 

bolalar   toifasini shartli ravishda ikki guruhga ajratish  mumkin.  

     1-guruhdagi  PRS  bolalarga shaxsning hissiy-irodaviy  sohalaridagi   

kamchiliklar,  faoliyatni ihtiyoriy boshqarishning  qisman  izdan chiqishi mavjud 

bo’lgan o’quvchilar kiritiladi.  Bu guruhga kiruvchi bolalarda tafakkur va nutq 

kamchiliklari kamroq   zarazlangan bo’lib, deyarli  ko’zga tashlanmaydi. Uning 

ko’rinishi shaxsn hissiy-irodaviy  holatlariga bog’liq kechadi. 

    Psixik rivojlanishi   sustlashgan bolalarning   ikkinchi guruhiga kiruvchi 

bolalarda qisman aqliy   yetishmovchiliklar uchraydiki, bu kamchiliklar  shaxsning 

hissiy-irodaviy sohalari   va bilim faoliyatini boshqarishidagi yetishmovchiliklar bilan 

qo’shilib ketadi.  Aqli zaiflik  qo’pol tafakkur  kamchiligi bo’lganligi  bois,   

boshlang’ich sinfda ishlayotgan tajribali o’qituvchilar  bunday bolalarni darhol ilg’ab 

oladilar. Ammo PRS bolalarini o’zining qator, murakkab xususiyatlariga ko’ra 



40 

 

ta’lim-  tarbiya  bilan mashg’ul bo’lgan pedagoglarning barchasi ham farqlay 



olmaydi.Tibbiy klinik jihatdan PRS  bolalarini tasnif qilinganda, bola miyasida  

minimal-  kichik,  kam darajada asoratlar qoldirishi bu  turga xos  asosiy 

belgidir.Ammo bu asorat aqli zaiflikka olib keluvchi salbiy jarohatlardan  bir muncha 

yuzakidir.Shu bois PRS   bolalarining aksariyati  aqli zaiflikka kiritilmaydi. 

   Afsuski,  hozirgi kunda ta’lim-  tarbiya maskanlarida, xususan, boshlang’ich 

sinflarda ishlayotgan hamma o’qtuvchi va tarbiyachilar ham  PRS bolalar haqida 

yetarli malumotga ega  emaslar. Shu bois, boshlang’ich sinflarda mehnat qilayotgan  

mutaxasislar   aksariyat hollarda barcha  bolalarga bir  xilda munosabatda bo’ladilar.    

Buning oqibatida  PRS bolalar toifasiga  kiruvchi  o’quvchi   bilim olishda o’zining 

aqlan  va jismonan   me’yoridan keyin tengdoshlaridan orqada qoladilar.Buni ruhan  

sezgan PRS bola ich –ichidan ezilib yuradi.Buning natijasida  ular bora-  bora  

sinfdoshlariga qo’shilmaydigan yoki  ijtimoiy  xulq   me’yorlariga xilof  ishlar qila 

boshlaydilar. Sun’iy tarzda sinfda o’zlashtirmaydigan o’quvchilar soni ortadi,  bu 

muommoni o’z vaqtida oldini olish zarur. 




Yüklə 412,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə