O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti


Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan o’tkaziladigan guruhiy va



Yüklə 412,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/45
tarix10.03.2022
ölçüsü412,61 Kb.
#84410
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45
boshlangich sinflarda ozlashtirmovchilikni yuzaga keltiruvchi omillar

Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan o’tkaziladigan guruhiy va 

individual tadbirlar. 

    Boshlang’ich sinf o’quvchisi tarbiyaviy ta’sirlarni tanlashda, bo’sh 

o’zlashtiruvchi o’quvchi ham jamoat topshiriqlaridan chetga qolmasligi, balki bunday 

topshiriqlarga faol ishtirok etishiga e’tibor qaratmog’i lozim. O’quvchilarda bu 

topshiriqlarni bajarish jarayonida ongli tartib intizom va javobgarlik hissi shakllanadi. 

         Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarda o’qishga qiziqishni ortirish uchun turli 

xil ommaviy tadbirlarga jalb etish lozim, bu ularda irodaviy sifatlarni shakllantiradi. 

       Jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarda 

o’qishda har xil turdagi yordam uyushtirishi lozim. Bunda yaxshi o’qiydigan 

bolalarga biriktirishi, har xil fanlar bo’yicha maslahatchilar guruhini tashkil e’tish 

lozim. O’qish va jamoat faoliyatlarida bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarning kichik 

muvaffaqiyatiga ham e’tibor berish, maqtash muhim. 

       Ba’zi hollarda topshiriqlarni almashtirib turib, oldindan turlicha yordam 

ko’rsatib, o’ziga ishonch  va hissiy faollikka undash  uchun o’qishda va mehnatda 

muvaffaqiyat vaziyatlarini yaratish ham mumkin. Javobgarlik va tartib –  intizom 

evaziga bazi o’quvchilarning o’zlashtirishi yaxshilanayotganligini doimo ta’kidlash 

lozim. Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar, tarbiyasi qiyin o’quvchilar bilan ishlashda 

ba’zi hollarda majburlash va bo’ysunish choralarini qo’llashlari mumkin, lekin 

ulardan foydalanish vaqti  –  vaqti bilan bo’lib, tarbiyaviy ta’sirining boshqa usullari 



59 

 

bilan birgalikda olib boriladi. Talabchanlik, adolatli, to’g’ri va me’yoriy bo’lish 



lozim. 

      Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchi shaxsining irodaviy intelektual va hissiy 

sohalarida o’zaro muvofiqlik yo’qligini hisobga olib, topshiriqlarini va o’z –  o’zini 

tarbiyalash vositalarini topishda har kuni yordam ko’rsatish lozim. Bu ishlarni xulosa 

qilganda jamoa oldida qo’llab quvvatlash orqali ularni rag’batlantirishi mumkin. 

 

           




Yüklə 412,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə