O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti


O’quvchilarda o’zlashtirmaslikni bartaraf etish bo’yicha tadbirlar



Yüklə 412,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/45
tarix10.03.2022
ölçüsü412,61 Kb.
#84410
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45
boshlangich sinflarda ozlashtirmovchilikni yuzaga keltiruvchi omillar

O’quvchilarda o’zlashtirmaslikni bartaraf etish bo’yicha tadbirlar 

tizimi. 

      Bo’sh O’zlashtiruvchi o’quvchi o’qishdan orqada qolishini bartaraf etishga 

yo’naltirilgan tadbirlar tizimi har doim ham maqsuldor bo’lavermaydi. O’quvchilarni 

chuqur va to’liq o’rganishning yetishmasligi, yashash joyining o’zgarish va boshqa 

bir qator sabablarga ko’ra o’quvchilarda dastlab vaqtinchalik, keyinchalik barqaror 

o’zlashtirmaslik sodir bo’ladi. 

      Bunday hollarda o’quvchilar o’zlashtirmasliklarining oldini olish chora 

tadbirlari bilan bir qatorda uni yo’qotishga qaratilgan tadbirlar ham zarur bo’ladi. 

Agar o’zlashtirmaslikning oldini olish bo’yicha tadbirlar umum sinfiy va guruhiviy 

xarakterga ega bo’lsa, o’zlashtirmaslikni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar 

individual xarakterga ega bo’ladi. 

      Psixologik  –  pedagogik konsimumda o’zlashtirmaslik sabablari muhokama 

qilingach, hozirgi vaqtdagi asosiy sabablar aniqlanadi. O’quvchi 

o’zlashtirmasligining asosiy sababini bilish ko’pincha pedagogik ta’sir vositalari 

orasidagi qo’llashini tanlash, qisqa vaqt ichida ijodiy natija beradigan o’qishdan 

orqada qolishini asosiy sababini yo’qotishga qaratilgan usullarni tanlash imkonini 

beradi. 

O’zlashtirmaslik hodisasi bilimlar hamda maxsus ko’nikma va malakalar 

mavjudligiga uzulish bilan tavsiflanar ekan, tanlanadigan chora –  tadbirlar tuzish 

dasturdagi mavzularni o’zdashtirishdagi uzulishlarni bartaraf etishga qaratilishi 

maqsadga muvofiq. 



60 

 

      O’quvchilar bilimidagi bo’shliqni to’ldirishga qaratilgan chora va tadbirlarni 



tuzish maxsuldor bo’lishi uchun bilim va ko’nikmalardagi bo’shliqning chuqurligi va 

xarakterini birinchi navbatda aniqlash zarur. Bu maqsadda kursning qaysi bo’limlari 

o’zlashtirilmasligini, bu bo’limdagi qaysi tushunchalar bo’sh o’zlashtirmaslikning, 

tushunchaning qaysi elementlari yaxshi o’zlashtirilmagan, amaliyotda misollar 

yechishda, mashqlar bajarishda, o’rganilgan ko’nikmalarni amaliyotda qo’llashda 

qanday bo’shliqlar borligi aniqlanadi. 

       Bilimdagi bo’shliqlarni to’ldirishda programmalashtirilgan tipdagi mashqlar 

katta ahamiyatga ega. Muammoni kichik qismlarga bo’lish, har biri to’g’ri 

o’zlashtirilganligini nazorat qilish, barcha muammoni, o’qishda orqada qolish 

sababini bartaraf etishda mahsuldor hisoblanadi. 

     Ko’pincha o’zlashtirlovchi o’quvchilar o’qida orqada qolishda o’quv ishlari 

o’rgatishning rolini tushunmaydilar. Ular o’zlarining o’zlashtirmaslik sababini 

dangasalik yoki materialni yaxshi eslab qola olmaslikdan izlaydilar. Ba’zan 

o’qituvchilar ham o’quv ishlarini sekin bajarish, dasturdagi zarur materiallarni yodlay 

olmaslik deb baholab, xatoga yo’l qo’yadilar. 


Yüklə 412,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə