O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tеrmiz davlat univеrsitеti



Yüklə 412,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/45
tarix10.03.2022
ölçüsü412,61 Kb.
#84410
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
boshlangich sinflarda ozlashtirmovchilikni yuzaga keltiruvchi omillar

 

 


73 

 

XULOSA VA TAVSIYALAR 

O’zlashtirmaslikni 

vujudga keltiruvchi omillar, o’zlashtirmovchi 

o’quvchilarning   psixologik xususiyatlarini o’rganish ta’lim jarayonida o’quvchi 

o’zlashtirmasligining oldini olishga yo’naltirilgan chora –  tadbirlar tizimini ishlab 

chiqish imkonini beradi. O’zlashtirmaslikning oldini olish bo’yicha tadbirlar tizimi 

har bir o’quvchi real o’quv imkoniyatlarining barcha asosiy tarkibiy qismlarini 

kompleks rivojlantirishga, ya’ni shaxsning intellektual, irodaviy, hissiy sohalarini bir 

vaqtda rivojlantirishga, uning ta’lim va tarbiyasini  ta’minlash, o’qishga va jamoaga 

ijobiy munosabatini rivojlantirish, uning ishga qobiliyatini shakllantirishga 

yo’naltirilgan bo’lishi kerak. O’quvchi real o’quv imkoniyatlaridan birining 

shakllanishi muhimligini yetarlicha baholamaslik, bu tizimning yaxlitligiga salbiy 

ta’sir ko’rsatadi. Natijada o’zlashtirmaslikning muvafaqqiyatli oldini olishga olib 

kelmaydi. 

        Bunday kompleks yondashuv maktabda, sinfda, guruhiy va tarbiyaviy 

tadbirlar birgalikda olib borilgandagina amalga oshirilishi mumkin. 

      O’tkazilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlar asosida quyidagi xulosaga 

keldik: 

     1. O’zlashtirmovchi o’quvchiga qo’yiladigan baho uning shaxsi 

shakllanishiga ta’sir qiladi. 

     2. Bo’sh o’zlashtiruvchi  o’quvchining kichik muvaffaqqiyatini ham 

hammaning oldida maqtash, ozgina  yuqori baholash, uni yangi muvaffaqqiyatlarga 

undaydi. 

     3. Ko’pchilik o’qituvchilar o’zlashtirmaslikning vujudga kelishida ko’proq 

ota  –  ona aybdor deb o’ylashadi. Demak ota –  onaning farzandlari bilan uyda 

shug’ullanmasliklari, nazorat qilmasliklari, o’tilgan mavzularning  uy vazifalarida 

mustahkamlanmasligi o’zlashtirmovchilikni keltirib chiqaruvchi yetarli omildir. 

    4. Boshlang’ich sinflarda o’zlashtirmaslikning vujudga kelishi bolaning psixik 

jarayonlarining yetarlicha rivojlanmaganligi bilan bog’liq. 

    5. O’zlashtirmovchi o’quvchilar narsa va hodisalar orasidagi muhim belgini 

ajratish, predmetlarni , bir umumiy guruhga umumlashtirishga qiynalishadi. 




74 

 

    6. O’zlashtirmovchi o’quvchilarda diqqat, xotira, tafakkur qiyin rivojlangan 



bo’lib, bunday o’quvchilar individual shug’ullanishga ehtiyoj sezadilar. 

    7. O’zlashtirmaslikni  keltirib chiqaruvchi omillardan yana biri bolaning 

maktabda o’qishga psixologik jihatdan tayyor bo’lmay kelishidir. 

     8. O’zlashtirmovchi o’quvchilarda ijobiy o’quv motivatsiyasi shakllanmagan. 

Ma’lumki, psixologik jixatdan tayyorgarlikning asosiy tarkibiy qismi motivatsion 

tayyorgarlikdir. 

     9. Maxsus tashkil etilgan mashg’ulotlarda bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarni 

bilim jarayonlarini rivojlantirish orqali o’zlashtirmaslikni bartaraf etish mumkin. 

     10. O’zlashtirmovchilikni bartaraf etishda o’quvchi, psixolog va ota – onalar 

hamkorlikda ish olib borishlari muhim omil hisoblanadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


75 

 


Yüklə 412,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə