70
2.3 Tajriba va natijalar tahlili
O’zlashtirmaslikning vujudga kelishiga sabab bo’luvchi omillarni aniqlash
bo’yicha o’tkazgan so’rovnomamizda respendentlarimizning 37% psixik
jarayonlarning yetarlicha rivojlanmaganligi o’zlashtirmaslikka sabab bo’ladi deb
hisoblashgan . SHu sababli biz tajriba predmetimiz ob’ekti hisoblangan 13 – o’rta
umum ta’lim maktabining 4 – sinflarida bilish jarayonlarining rivojlanishini
o’rganmoqchi bo’ldik. Biz dastlab 4 – sinf o’qituvchilari bilan suhbatlashdik.
O’zlashtirmovchi o’quvchilarni o’qituvchilar yodamida aniqlab oldik. Barcha 4 –
sinflardagi o’zlashtirmovchi o’quvchilardan bitta sinfga jamlab, ularning har
birlarining o’zlashtirmaslik sabablari bilan qiziqib ko’rdik. SHuningdek
tadqiqotlarimizga taqqoslash maqsadida 4 “a” sinf o’quvchilari ham jalb etdik.
Dastlab o’zlashtiruvchi o’quvchilarda “ortiqchasini o’chirish” va “muhim belgini
ajratish” metodikalaridan foydalanib tajribalar olib bordik. So’zlar qatori yozilgan
blankalarni sinaluvchilarga tarqatdik. Ularga ko’rsatmalar berdik. “Har bir qatorga
beshta so’z bor, to’rtta so’zni bir guruhga birlashtirib, bu guruhga nom bering, bir
so’z ortiqcha bo’lib uni o’chirish kerak. O’quvchilar topshiriqlarni qiziqib
bajarishdilar. Natijalarni olayotganimizda har bir sinaluvchi bilan qo’llanmani qanday
tushunganligini, qayd etdik. Sinaluvchilarimiz to’g’ri javoblarini aksariyati izohlab
bera olishdi. Metodikadagi o’chirilmagan so’zlarni bir guruhga birlashtirib, ularni
nomlay olishdi. Ushbu sinfdagi o’quvchilar tafakkur jarayonlari darajasini o’rganib
chiqdik. Quyida natijalar tahlilini keltiramiz. O’zlashtiruvchi sinf o’quvchilari
topshiriqlarni bajarishda qiynalishmadi. Lekin bu sinfda ham topshiriqlarni bajarishga
qiynalgan o’quvchilar bo’ldi.
Ushbu metodikani 4 – sinf o’quvchilari orasida o’zlashtirmovchi
o’quvchilardan tashkil etilgan 20 – nafarlik guruhda ham ushbu metodikani
o’tkazdik.Olingan natijalarni baholashdan oldin har bir o’quvchi yo’l qo’ygan xato-
kamchiliklarni o’rganib ko’rdik. Ular javoblarni qay tarzda nimaga asoslanib
baholashganligiga qiziqib ko’rdik. Ushbu suhbat chog’ida ular tafakkur
jarayonlaridagi kamchiliklar yuzaga chiqib qoldi. O’zlashtirmovchi o’quvchilarning
71
aksariyati ortiqcha so’z nima sababdan bu guruhga kirmasligini izohlab berisha
olmadi. Natijalar tahlili shuni ko’rsatdiki, o’zlashtirmovchi o’quvchilar tafakkur
jarayonlari quyi rivojlangan, muloqotga kirishishda qiyinchilik sezadilar.
Sinaluvchilarnig ortiqchasini o’chirish metodikasi bo’yicha olgan natijalari.
№
O’zlashtirmovchi
o’quvchilar.
O’zlashtiruvchi
o’quvchilar
X= 28,2
X= 70,4
Jadvaldan ko’rinib turibdiki , o’zlashtiruvchi o’quvchilar natijalarning o’rtacha
arifmetigi qiymati 70,2 , o’zlashtirmovchi o’quvchilar guruhida o’rtacha arifmetik
qiymat 28,4 ga teng.
Biz ushbu guruhlarda “Muhim belgini ajratish” metodikasidan ham taqqoslar
olib bordik. Biz bunda o’zlashtirmovchi o’quvchilarnig tafakkur uslubi, ya’ni aniq va
mavhum tafakkurning ustunligini aniqlamoqchi bo’ldik. Dastlab o’zlashtiruvchi
o’quvchilar guruhida ushbu metodikani ham o’tkazdik.
Muhim belgini ajratish bo’yicha 51,9% sinaluvchilar yuqori ko’rsatgich,
40,7% sinaluvchilarimiz o’rta, 7,4% sinaluvchilarimiz past ko’rsatgichga ega
bo’ldilar. Ushbu metodikani o’zlashtirmovchi o’quvchilar guruhida ham o’tkazib
ko’rdik. Sinaluvchilarga tayyor blankalarni tarqatib, ko’rsatmalar berildi.
O’zlashtirmovchi o’quvchilar orasida berilgan topshiriqning mohiyatini
tushunmaslik, topshiriqlarning bajarilish tartibini qayta - qayta so’rash hollari
kuzatildi. Ayrim o’quvchilar esa topshiriq mohiyatini tushunmasalarda, hatto
so’ramadilar ham.
72
Sinaluvchilarimizning natijalarini tahlil qilishda har birlarining xatolarini
tahlil qildik va ulardagi munosabatni kuzatdik. Ba’zi o’quvchilar xatolarini anglab
yetdilar, ba’zilarida bu holat kuzatilmadi.
Metodika 4 ta savoldan iborat bo’lganligi uchun sinaluvchilarimiz
topshiriqlarni bajarish uchun kam vaqt sarflashdi. Ushbu metodikani bajarishda
o’quvchilar ko’pi xatoliklarga yo’l qo’yishdi. Ulardan topshiriqlarni qay tarzda
bajarishganligini, muhim belgini qanday ajratishganligini suhbat orqali aniqlab
qoldik. Sinaluvchilarning aksariyati ushbu savollarimizga qiynalmasdan, fikrlarini
izohlab berishdi. Ulardan olingan natijalarni quyidagi diagramma shaklida
tasvirladik.
Tajribalarimiz
natijalarida shu xulosaga keldiki, o’zlashtirmovchi
o’quvchilarning aksariyatida muhim belgini ajratish qobiliyati sust rivojlangan. Lekin
sinaluvchilarning bir qismi topshiriqlar mohiyatini to’g’ri anglab, muhim belgini
ajrata olyaptilar. Bunday o’quvchilarning o’zlashtirmasligiga tafakkur jarayonidagi
kamchiliklar sabab bo’lmay, balki bola bilan ota – onaning shug’ullanmasligi yoki
e’tiborning yo’qligi, shuningdek individual shug’ullanmaslik oqibatida
o’zlashtirmovchiga aylangan.
Muhim belgini ajratish metodikasi bo’yicha o’zlashtiruvchi va
o’zlashtirmovchi o’quvchilardan olingan natijalarning qiyosiy tavsifi quyidagicha.
№
O’zlashtiruvchi
o’quvchilar
O’zlashtirmovchi
o’quvchilar.
X. 85
X.30
Dostları ilə paylaş: