73
XULOSA VA TAVSIYALAR
O’zlashtirmaslikni
vujudga keltiruvchi omillar, o’zlashtirmovchi
o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini o’rganish ta’lim jarayonida o’quvchi
o’zlashtirmasligining oldini olishga yo’naltirilgan chora – tadbirlar tizimini ishlab
chiqish imkonini beradi. O’zlashtirmaslikning oldini olish bo’yicha tadbirlar tizimi
har bir o’quvchi real o’quv imkoniyatlarining barcha asosiy tarkibiy qismlarini
kompleks rivojlantirishga, ya’ni shaxsning intellektual, irodaviy, hissiy sohalarini bir
vaqtda rivojlantirishga, uning ta’lim va tarbiyasini ta’minlash, o’qishga va jamoaga
ijobiy munosabatini rivojlantirish, uning ishga qobiliyatini shakllantirishga
yo’naltirilgan bo’lishi kerak. O’quvchi real o’quv imkoniyatlaridan birining
shakllanishi muhimligini yetarlicha baholamaslik, bu tizimning yaxlitligiga salbiy
ta’sir ko’rsatadi. Natijada o’zlashtirmaslikning muvafaqqiyatli oldini olishga olib
kelmaydi.
Bunday kompleks yondashuv maktabda, sinfda, guruhiy va tarbiyaviy
tadbirlar birgalikda olib borilgandagina amalga oshirilishi mumkin.
O’tkazilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlar asosida quyidagi xulosaga
keldik:
1. O’zlashtirmovchi o’quvchiga qo’yiladigan baho uning shaxsi
shakllanishiga ta’sir qiladi.
2. Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchining kichik muvaffaqqiyatini ham
hammaning oldida maqtash, ozgina yuqori baholash, uni yangi muvaffaqqiyatlarga
undaydi.
3. Ko’pchilik o’qituvchilar o’zlashtirmaslikning vujudga kelishida ko’proq
ota – ona aybdor deb o’ylashadi. Demak ota – onaning farzandlari bilan uyda
shug’ullanmasliklari, nazorat qilmasliklari, o’tilgan mavzularning uy vazifalarida
mustahkamlanmasligi o’zlashtirmovchilikni keltirib chiqaruvchi yetarli omildir.
4. Boshlang’ich sinflarda o’zlashtirmaslikning vujudga kelishi bolaning psixik
jarayonlarining yetarlicha rivojlanmaganligi bilan bog’liq.
5. O’zlashtirmovchi o’quvchilar narsa va hodisalar orasidagi muhim belgini
ajratish, predmetlarni , bir umumiy guruhga umumlashtirishga qiynalishadi.
74
6. O’zlashtirmovchi o’quvchilarda diqqat, xotira, tafakkur qiyin rivojlangan
bo’lib, bunday o’quvchilar individual shug’ullanishga ehtiyoj sezadilar.
7. O’zlashtirmaslikni keltirib chiqaruvchi omillardan yana biri bolaning
maktabda o’qishga psixologik jihatdan tayyor bo’lmay kelishidir.
8. O’zlashtirmovchi o’quvchilarda ijobiy o’quv motivatsiyasi shakllanmagan.
Ma’lumki, psixologik jixatdan tayyorgarlikning asosiy tarkibiy qismi motivatsion
tayyorgarlikdir.
9. Maxsus tashkil etilgan mashg’ulotlarda bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarni
bilim jarayonlarini rivojlantirish orqali o’zlashtirmaslikni bartaraf etish mumkin.
10. O’zlashtirmovchilikni bartaraf etishda o’quvchi, psixolog va ota – onalar
hamkorlikda ish olib borishlari muhim omil hisoblanadi.