114
Ajratib ko„rsatish usuli
(qarang: daromadni kapitallashtirish usuli).
Diskontlash stavkasi murakkab foiz stavka sifatida ko‗chmas mulk
bozorida o‗xshash obyektlar bilan amalga oshirilgan bitimlar asosida
hisoblanadi. Hisobning mexanizmi bo‗lajak
daromadlar miqdori
haqidagi takliflarni o‗zgartirish va kelajakdagi pul oqimlarini dastlabki
investitsiyalar (xarid narxi) bilan taqqoslashdan iborat.
Bunda hisob
dastlabki ma‘lumot hajmiga va baholanayotgan huquqlarning miqdoriga
qarab o‗zgarib turadi.
Diskontlash stavkasini bevosita sotilish haqidagi ma‘lumotlardan
kelib chiqib ajratib olish mumkin emas. Chunki uni bo‗lajak pul
oqimlaridan kutiladigan xaridor munosabatlarini aniqlamasdan hisoblab
bo‗lmaydi. Ajratib olish usuli bo‗yicha diskontlash stavkasining hisobi
quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
eng yaxshi va eng samarali ssenariy bo‗yicha ma‘lum vaqt
doirasida har bir analog obyekti uchun daromadlar va xarajatlar oqimlari
modellashtiriladi;
obyekt bo‗yicha investitsiyalarning
daromadlilik stavkasi
hisoblanadi;
baholanayotgan obyekt ta‘riflarini moslashtirish maqsadida har
qanday statistik yoki ekspert usullari yordamida olingan ma‘lumotlar
qayta ishlanadi.
Monitoring usuli bozorni
izchil monitoring qilishga, bitimlar
ma‘lumotlari asosida ko‗chmas mulkka qilingan
investitsiyalarning
asosiy iqtisodiy ko‗rsatkichlarini aniqlashga asoslanadi.
Shunday qilib, ko‗chmas mulk obyektining qiymati prognoz
qilinayotgan pul oqimlarining joriy summasiga
va qoldiq qiymatining
joriy qiymatiga teng.
Dostları ilə paylaş: