120
Daromad va sotish narxining
nisbati asosida loyihalarni
baholashda qiyoslashning iqtisodiy birligi sifatida yalpi rentali
multiplikatorlar yoki kapitallashtirishning umumiy koeffitsiyenti
ishlatilishi mumkin. Baholash va har bir taqqoslanuvchi obyektlarning
o‗rtasidagi farqliklarni hisobga olib o‗zgartirishlar kiritilishi amalga
oshiriladi. Agar qiyoslanayotgan obyekt
baholanayotgan obyekt kabi
tegishli tavsiflarga ega bo‗lganda uni qanchaga sotish kerakligini
aniqlash uchun uning narxiga o‗zgartirishlar kiritish lozim va bu
o‗zgarishlar kiritma tamoyili asosida amalga oshiriladi.
To‗rtinchi bosqichda obyekt-analoglarning kelishilgan narxlari
muvofiqlashtiriladi va qiyosiy yondashuv asosida ko‗chmas mulk
obyektining bozor qiymati yakuniy miqdori hisoblab chiqariladi.
Hisoblash va o„zgartirishlar kiritilishi.
Barcha kiritilgan
o‗zgartirishlar foizli (koeffitsiyentli) va qiymatli (pulli) turlari bo‗yicha
tasniflanadi. Qiymatli o‗zgartirishlarni
ikki guruhga, ya‘ni analog
qiyoslashning birligi narxiga kiritilayotgan o‗zgartirishlar va umuman
analog narxiga kiritilayotgan o‗zgartirishlarga ajratish mumkin.
Protsedurali o‗zgartirishlar obyekt-analogning sotish narxini yoki
uning qiyoslash birligini obyekt-analog va baholanayotgan obyektning
ta‘riflaridagi farqlilik darajasini aks
ettiruvchi koeffitsiyentga
ko‗paytirish yo‗li bilan kiritiladi. Agar baholanayotgan obyekt
qiyoslanuvchi analogdan yaxshiroq bo‗lsa, unda qiyoslanuvchining
narxiga yuqori koeffitsiyent kiritiladi, agar yomonroq bo‗lsa
pasaytiruvchi koeffitsiyent kiritiladi. Foizli o‗zgartirishlarga joylashgan
joyi, yedirilishi, sotilish vaqtida kiritilgan o‗zgartirishlar kiradi.
Qiymatli o‗zgartirishlar – bu qiyoslash birligiga (1 ga, 1 sotka, 1
m.) kiritiladigan pul o‗zgartirishlaridir. Ular sotilgan obyekt-anologning
narxini ma‘lum summaga o‗zgartiradi
Bu summa obyekt-analog va
baholanadigan obyektlar tavsifidagi farqlar summasiga teng. Agar
baholanadigan obyekt qiyoslanadigan obyektdan yaxshiroq bo‗lsa ijobiy
o‗zgartirishlar kiritiladi. Agar baholanadigan obyekt yomon bo‗lsa unda
salbiy o‗zgartirishlar kiritiladi. Qiyoslash birlikka kiritiladigan pulli
o‗zgartirishlarga sifatli tavsiflarga kiritilgan o‗zgartirishlar kiradi.
121
Qiymatli o‗zgartirishlarga sotilgan obyekt-analogning narxiga
kiritiladigan pul bilan bog‗liq o‗zgartirishlarni kiritiladi. Ular uni
ma‘lum summaga o‗zgartiradi. Bu summa obyekt-analog bilan
baholanadigan obyektlarning orasidagi farqlikni aks etadi.
Sotilgan
obyekt-analogning
narxiga
kiritiladigan
pulli
o‗zgartirishlarga qo‗shimcha yaxshilanishlar bor yoki yo‗qligi
bilan
bog‗liq o‗zgartirishlar kiradi. Kerak bo‗lgan o‗zgarishlarni aniqlash
uchun bir nechta metodlar mavjud:
juftli sotish metodi;
ekspertli metod;
statistik metodlar.
Juftli sotish metodi. Bitta parametri istisno bo‗lgan deyarli bir-
biriga o‗xshash bo‗lgan ikki obyektni sotilishiga juftli sotish deyiladi.
Baholovchi to‗g‗ri tuzatish kiritishi uchun ayni mana shu parametrni
bilishi lozim. Juft narsalarni sotish uchun tanlash imkoniyati bo‗lsa
mazkur metod ishlatiladi. Bu esa o‗z mohiyati bilan juda qiyin
jarayondir. Hisobning ekspertli va o‗zgartirish
metodining asosini
baholanadigan obyekt qiyoslanadigan analogidan naqadar yaxshi yoki
yomon degan ekspert-baholovchining subyektiv fikri tashkil qiladi.
Odatda foizli o‗zgartirishlar kiritiladi. Foizli farqliklar haqida bozor
ma‘lumotlari bo‗lib, yetarli darajadagi pul tuzatishlarini hisoblash
imkoniyati bo‗lmaganda hisoblash va o‗zgartirishlar kiritish ekspertli
metodi qo‗llaniladi
Statistik metodlari. Korrelyatsion-regression
tahlil metodining
mazmuni ko‗chmas mulk obyekti narxi va uning ma‘lum tavsifi
o‗rtasidagi o‗zgarishlar o‗rtasidagi bog‗liqlikni imkon doirasida
formallashtirishdan iborat. Kiritish tamoyili asosida o‗zgartirishlarni
hisoblash va kiritish amalga oshiriladi. Baholanayotgan obyekt
qiymatini modellashtirish uchun faqat sotilgan obyekt (analog)
korrektirovka qilinadi.
Dostları ilə paylaş: