O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Qiyoslash birliklari. 
Obyektlar o‗lchami va tashkil topgan 
elementlar miqdoriga qarab bir-biridan farqlanganligi sababli sotilgan
obyektlarni baholanayotgan obyektlar bilan qiyoslashda murakkabliklar
yuzaga keladi va uni yechish uchun mavjud bo‗lgan ma‘lumotlarni
umumiy mahrajga keltirish kerak. 
Umumiy mahraj vazifasini jismoniy yoki iqtisodiy birliklar
bajaradi. Jismoniy qiyoslash birliklariga misol keltiramiz: 

yerning qiyoslash birligi: 1ga yer, 1 sotka uchun narx, 1m

uchun 
narx. 

qurilishi bor uchastkalarning qiyoslash birliklari: umumiy
maydoni 1 m
2
bo‗lgan joyning narxi, ijaraga beriladigan 1m

sof
maydonning narxi, 1m

bo‗lgan joyning narxi.


120 
Daromad va sotish narxining nisbati asosida loyihalarni
baholashda qiyoslashning iqtisodiy birligi sifatida yalpi rentali 
multiplikatorlar yoki kapitallashtirishning umumiy koeffitsiyenti 
ishlatilishi mumkin. Baholash va har bir taqqoslanuvchi obyektlarning 
o‗rtasidagi farqliklarni hisobga olib o‗zgartirishlar kiritilishi amalga 
oshiriladi. Agar qiyoslanayotgan obyekt baholanayotgan obyekt kabi 
tegishli tavsiflarga ega bo‗lganda uni qanchaga sotish kerakligini 
aniqlash uchun uning narxiga o‗zgartirishlar kiritish lozim va bu 
o‗zgarishlar kiritma tamoyili asosida amalga oshiriladi.
To‗rtinchi bosqichda obyekt-analoglarning kelishilgan narxlari
muvofiqlashtiriladi va qiyosiy yondashuv asosida ko‗chmas mulk 
obyektining bozor qiymati yakuniy miqdori hisoblab chiqariladi.
Hisoblash va o„zgartirishlar kiritilishi. 
Barcha kiritilgan 
o‗zgartirishlar foizli (koeffitsiyentli) va qiymatli (pulli) turlari bo‗yicha 
tasniflanadi. Qiymatli o‗zgartirishlarni ikki guruhga, ya‘ni analog 
qiyoslashning birligi narxiga kiritilayotgan o‗zgartirishlar va umuman 
analog narxiga kiritilayotgan o‗zgartirishlarga ajratish mumkin.
Protsedurali o‗zgartirishlar obyekt-analogning sotish narxini yoki 
uning qiyoslash birligini obyekt-analog va baholanayotgan obyektning 
ta‘riflaridagi farqlilik darajasini aks ettiruvchi koeffitsiyentga 
ko‗paytirish yo‗li bilan kiritiladi. Agar baholanayotgan obyekt 
qiyoslanuvchi analogdan yaxshiroq bo‗lsa, unda qiyoslanuvchining 
narxiga yuqori koeffitsiyent kiritiladi, agar yomonroq bo‗lsa 
pasaytiruvchi koeffitsiyent kiritiladi. Foizli o‗zgartirishlarga joylashgan 
joyi, yedirilishi, sotilish vaqtida kiritilgan o‗zgartirishlar kiradi. 
Qiymatli o‗zgartirishlar – bu qiyoslash birligiga (1 ga, 1 sotka, 1 
m.) kiritiladigan pul o‗zgartirishlaridir. Ular sotilgan obyekt-anologning 
narxini ma‘lum summaga o‗zgartiradi Bu summa obyekt-analog va 
baholanadigan obyektlar tavsifidagi farqlar summasiga teng. Agar 
baholanadigan obyekt qiyoslanadigan obyektdan yaxshiroq bo‗lsa ijobiy 
o‗zgartirishlar kiritiladi. Agar baholanadigan obyekt yomon bo‗lsa unda
salbiy o‗zgartirishlar kiritiladi. Qiyoslash birlikka kiritiladigan pulli 
o‗zgartirishlarga sifatli tavsiflarga kiritilgan o‗zgartirishlar kiradi.


121 
Qiymatli o‗zgartirishlarga sotilgan obyekt-analogning narxiga 
kiritiladigan pul bilan bog‗liq o‗zgartirishlarni kiritiladi. Ular uni 
ma‘lum summaga o‗zgartiradi. Bu summa obyekt-analog bilan
baholanadigan obyektlarning orasidagi farqlikni aks etadi.
Sotilgan 
obyekt-analogning 
narxiga 
kiritiladigan 
pulli
o‗zgartirishlarga qo‗shimcha yaxshilanishlar bor yoki yo‗qligi bilan 
bog‗liq o‗zgartirishlar kiradi. Kerak bo‗lgan o‗zgarishlarni aniqlash 
uchun bir nechta metodlar mavjud: 

juftli sotish metodi; 

ekspertli metod; 

statistik metodlar. 
Juftli sotish metodi. Bitta parametri istisno bo‗lgan deyarli bir-
biriga o‗xshash bo‗lgan ikki obyektni sotilishiga juftli sotish deyiladi. 
Baholovchi to‗g‗ri tuzatish kiritishi uchun ayni mana shu parametrni 
bilishi lozim. Juft narsalarni sotish uchun tanlash imkoniyati bo‗lsa 
mazkur metod ishlatiladi. Bu esa o‗z mohiyati bilan juda qiyin 
jarayondir. Hisobning ekspertli va o‗zgartirish metodining asosini 
baholanadigan obyekt qiyoslanadigan analogidan naqadar yaxshi yoki 
yomon degan ekspert-baholovchining subyektiv fikri tashkil qiladi. 
Odatda foizli o‗zgartirishlar kiritiladi. Foizli farqliklar haqida bozor 
ma‘lumotlari bo‗lib, yetarli darajadagi pul tuzatishlarini hisoblash 
imkoniyati bo‗lmaganda hisoblash va o‗zgartirishlar kiritish ekspertli 
metodi qo‗llaniladi 
Statistik metodlari. Korrelyatsion-regression tahlil metodining 
mazmuni ko‗chmas mulk obyekti narxi va uning ma‘lum tavsifi 
o‗rtasidagi o‗zgarishlar o‗rtasidagi bog‗liqlikni imkon doirasida 
formallashtirishdan iborat. Kiritish tamoyili asosida o‗zgartirishlarni 
hisoblash va kiritish amalga oshiriladi. Baholanayotgan obyekt 
qiymatini modellashtirish uchun faqat sotilgan obyekt (analog) 
korrektirovka qilinadi.

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə