O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Diskontlash 
stavkasini 
aniqlash. 
Diskontlash 
stavkasini
hisoblash turli usullar yordamida amalga oshirish mumkin. 
 Kumulyativ qurish usuli
yuqorida ko‗rib chiqilgan edi, shuning 
uchun quyidagi usullarni ko‗rib chiqamiz. 


114 
Ajratib ko„rsatish usuli 
(qarang: daromadni kapitallashtirish usuli). 
Diskontlash stavkasi murakkab foiz stavka sifatida ko‗chmas mulk 
bozorida o‗xshash obyektlar bilan amalga oshirilgan bitimlar asosida 
hisoblanadi. Hisobning mexanizmi bo‗lajak daromadlar miqdori 
haqidagi takliflarni o‗zgartirish va kelajakdagi pul oqimlarini dastlabki
investitsiyalar (xarid narxi) bilan taqqoslashdan iborat. Bunda hisob
dastlabki ma‘lumot hajmiga va baholanayotgan huquqlarning miqdoriga
qarab o‗zgarib turadi.
Diskontlash stavkasini bevosita sotilish haqidagi ma‘lumotlardan 
kelib chiqib ajratib olish mumkin emas. Chunki uni bo‗lajak pul 
oqimlaridan kutiladigan xaridor munosabatlarini aniqlamasdan hisoblab 
bo‗lmaydi. Ajratib olish usuli bo‗yicha diskontlash stavkasining hisobi 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 

eng yaxshi va eng samarali ssenariy bo‗yicha ma‘lum vaqt 
doirasida har bir analog obyekti uchun daromadlar va xarajatlar oqimlari
modellashtiriladi; 

obyekt bo‗yicha investitsiyalarning daromadlilik stavkasi 
hisoblanadi; 

baholanayotgan obyekt ta‘riflarini moslashtirish maqsadida har 
qanday statistik yoki ekspert usullari yordamida olingan ma‘lumotlar 
qayta ishlanadi. 
Monitoring usuli bozorni izchil monitoring qilishga, bitimlar 
ma‘lumotlari asosida ko‗chmas mulkka qilingan investitsiyalarning 
asosiy iqtisodiy ko‗rsatkichlarini aniqlashga asoslanadi.
Shunday qilib, ko‗chmas mulk obyektining qiymati prognoz
qilinayotgan pul oqimlarining joriy summasiga va qoldiq qiymatining 
joriy qiymatiga teng. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə