O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
Baholovchilarga toifa berish 
Baholovchilarga tegishli toifani berish Agentlik direktorining 
buyrug‗i bilan tasdiqlanadigan kamida 5 nafar a‘zodan iborat komissiya 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Markaz komissiyaning ishchi organi vazifasini bajaradi. 


131 
Komissiya tarkibi Agentlik, Markaz, baholovchi tashkilotlar va 
baholovchilar birlashmalari vakillaridan tashkil topadi.
Toifa olish uchun talabgor bo‗lgan baholovchi komissiya yig‗ilishi 
o‗tkaziladigan sana, vaqt va joy haqida komissiya yig‗ilishi 
o‗tkaziladigan kundan kamida o‗n kun oldin Markaz tomonidan 
xabardor qilinadi. 
Komissiya yig‗ilishlari o‗tkazish jarayonlarining shaffofligi va 
xolisligini ta‘minlash maqsadida komissiya yig‗ilishlari o‗tkazish 
jarayonlari uzluksiz ravishda videoyozuvga tushiriladi.
Komissiyaning yig‗ilishlari har ikki oyda kamida bir marotaba 
o‗tkaziladi. Komissiya yig‗ilishi uning a‘zolarining kamida uchdan ikki 
qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. 
Komissiya yig‗ilishlari komissiya tarkibini e‘lon qilish va toifa 
olishga talabgor bo‗lgan baholovchi faoliyati bilan tanishtirishdan 
boshlanadi. 
Komissiya yig‗ilishida talabgor tomonidan tegishli toifani olish 
uchun taqdim etilgan hujjatlar o‗rganiladi, baholovchi tomonidan turli 
baholash obyektlarini baholash bo‗yicha tuzilgan baholash hisobotlari 
tahlil qilinadi va komissiya tomonidan baholovchiga toifa berish yoki 
toifa berishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Qabul qilingan qaror bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi. 
Boholovchi mazkur nizomning 2-bandida belgilangan talablarga 
javob bergan taqdirda, komissiya tomonidan baholovchiga tegishli 
toifani berish to‗g‗risida qaror qabul qilinadi. 
Komissiya tomonidan rad etish to‗g‗risida qaror qabul qilingan 
taqdirda, komissiya baholovchiga yozma ravishda so‗ralgan toifani 
berishda rad etilganligi sabablarini ko‗rsatgan holda xabar beradi.
Komissiyaning qarori baholovchining malaka sertifikatiga tegishli 
o‗zgartirishlarni kiritishga asos bo‗ladi. 
Komissiya tomonidan baholovchiga toifa berishni rad etish 
to‗g‗risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi: 
a) baholovchi toifa uchun belgilangan talablarga javob bermasa; 


132 
b) baholovchining toifa uchun belgilangan talablarga javob berishini 
tasdiqlovchi hujjatlaridagi ma‘lumotlar noto‗g‗ri yoki haqiqatga to‗g‗ri 
kelmasligi aniqlansa. 
Komissiya tomonidan qaror baholovchi ishtirokisiz, ochiq ovoz 
berish orqali ko‗pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‗lgan 
taqdirda komissiya raisi ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 
Komissiya raisi va a‘zolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga 
ega emaslar. Komissiya raisi eng oxirida ovoz beradi. 
Baholovchi tomonidan so‗ralgan toifani berish rad etilganda, 
baholovchi mazkur nizomga muvofiq hujjatlarni qayta taqdim etishga 
haqli. 
Baholovchining malaka sertifikatiga o‗zgartirishlar kiritish uchun
baholovchi Markazga malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish haqida 
ariza beradi, bunda malaka sertifikatini asl nusxasini va komissiya 
kotibining 
imzosi 
bilan 
tasdiqlangan 
toifani berish 
haqidagi 
komissiyaning qaror nusxasini ilova qiladi. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə