O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

asosiy vazifalari
quyidagilardir: 

baholash obyekti qiymatini qonun hujjatlariga muvofiq belgilash;

baholash to‗g‗risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ta‘minlash; 

baholovchilar tomonidan baholash faoliyati to‗g‗risidagi qonun 


134 
hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish va ularning kasbiy saviyasini 
oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. 
Baholovchi tashkilotlar quyidagi 
huquqlarga
ega: 

baholash metodlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
mustaqil qo‗llash; 

obyektni 
baholashni 
amalga 
oshirishda 
buyurtmachidan 
hujjatlardan foydalanishning ta‘minlanishini talab qilish, ushbu baholash 
uchun zarur bo‗lgan tushuntirishlar va qo‗shimcha ma‘lumotlarni olish; 

uchinchi shaxslardan obyektni baholash uchun zarur bo‗lgan 
axborotni so‗rab olish. Ko‗rsatib o‗tilgan axborotni berishning rad 
etilishi baholashning haqqoniyligiga jiddiy ta‘sir qilgan taqdirda 
baholovchi buni baholash to‗g‗risidagi hisobotda ko‗rsatadi; 

baholashni amalga oshirishda qatnashish uchun baholovchilarni 
va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish; 

buyurtmachi tomonidan shartnoma shartlari buzilgan, baholash 
obyekti to‗g‗risidagi zarur axborotning taqdim etilishi yoxud 
shartnomaga 
muvofiq 
ish 
sharoitlari 
ta‘minlanmagan hollarda 
baholashni amalga oshirishni rad etish; 

baholovchilarning professional birlashmalariga a‘zo bo‗lish; 

baholash 
faoliyati 
bilan 
bog‗liq 
bo‗lgan 
professional 
xizmatlarning quyidagi turlarini ko‗rsatish: 

baholash to‗g‗risidagi hisobotning haqqoniyligini ekspertizadan 
o‗tkazish; 

investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-
rejalar tuzish; 

baholash 
jarayonini 
avtomatlashtirish 
va 
axborot 
texnologiyalarini joriy etish; 

baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga 
oshirish va ularning natijalarini ommalashtirish. 
Baholovchi tashkilotlar tomonidan ushbu nizomda nazarda 
tutilmagan xizmatlar ko‗rsatilishiga yo‗l qo‗yilmaydi. 


135 
Baholovchi tashkilotlar qonun hujjatlariga va baholash bo‗yicha 
xizmatlar ko‗rsatish to‗g‗risidagi shartnomaga muvofiq boshqa 
huquqlarga ham ega bo‗lishi mumkin. 
Baholovchi tashkilotlar quyidagi majburiyatlarga ega: 

baholash faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablariga va 
qonun hujjatlarida belgilangan shartlarga rioya qilish; 

baholash ishlarini amalga oshirish uchun shartnoma tuzishdan 
oldin buyurtmachi talabiga ko‗ra baholash faoliyatini amalga oshirish 
huquqi uchun litsenziyani, baholovchi (baholovchilar)ning malaka 
sertifikatini ko‗rsatish; 

baholash faoliyati to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida belgilangan 
xolisona baholashga to‗sqinlik qiladigan vaziyatlar vujudga kelganligi 
oqibatida o‗zining baholashni amalga oshirishda qatnasha olmasligi 
to‗g‗risida buyurtmachiga xabar qilish; 

buyurtmachining 
so‗roviga 
ko‗ra 
baholash 
faoliyatini 
reglamentlovchi qonun hujjatlari talablari to‗g‗risidagi axborotni taqdim 
etish; 

baholash 
davomida 
olinadigan 
hujjatlarning 
saqlanishini 
ta‘minlash; 

mol-mulkni baholash jarayonida aniqlangan uning mansabdor 
shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar yetkazilishi, shuningdek, 
qonunchilikning buzilishi holatlari to‗g‗risida mulkdorga va (yoki) 
buyurtmachiga xabar qilish; 

amalga oshirilgan baholash ishlarining natijalari bo‗yicha 
baholash to‗g‗risidagi hisobotlar nusxalarining baholash tashkilotida uch 
yil mobaynida saqlanishini ta‘minlash; 

baholash davomida buyurtmachidan olingan axborotning oshkor 
qilinmasligini ta‘minlash; 

baholovchilarning har yili malaka oshirish kursidan o‗tishini 
ta‘minlash; 

baholovchilarning professional birlashmalari so‗roviga ko‗ra 
baholovchi tashkilotlar reytingini baholash uchun axborot taqdim etish. 


136 
Baholovchi tashkilotlar qonun hujjatlariga va baholash bo‗yicha 
xizmatlar ko‗rsatish to‗g‗risidagi shartnomaga muvofiq boshqa 
majburiyatlarni ham olishi mumkin. 
Baholovchilar nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi 
organlar tomonidan o‗tkaziladigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda 
faqat baholovchi tashkilotlar bilan nazorat organlari yoki huquqni 
muhofaza qilish organlari o‗rtasida tuzilgan shartnomalar asosidagina 
mutaxassislar sifatida qatnashishlari mumkin. 
Baholovchining 
malaka 
sertifikatiga 
ega 
bo‗lmagan 
va 
baholovchining baholashni amalga oshirish bilan bog‗liq topshiriqlarini 
bajaradigan jismoniy shaxs, baholash hisobotini hamda baholashni 
amalga oshirish bilan bog‗liq boshqa rasmiy hujjatlarni imzolash 
huquqisiz, baholovchining yordamchisi bo‗lishi mumkin. Baholovchi 
yordamchisining mehnat shartlari baholovchi tashkilot bilan qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasida 
belgilanadi. 
Baholovchining yordamchisi baholash vaqtida o‗zi olgan maxfiy 
ma‘lumotlarning oshkor qilinmasligi uchun qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda javob beradi. Baholovchining yordamchisi sifatida 
ishlangan vaqt baholovchining malaka sertifikatini olish uchun zarur 
bo‗lgan ish stajiga qo‗shiladi. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə