O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


Baholovchilar malaka sertifikatlarining amal qilishini



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
Baholovchilar malaka sertifikatlarining amal qilishini 
to„xtatish va ularni bekor qilish 
Quyidagilar baholovchi malaka sertifikatining amal qilishini 
to‗xtatish uchun asos hisoblanadi: 

baholovchining arizasi; 

baholash faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablarini 
muntazam yoki bir marta qo‗pol ravishda buzish; 

baholash davomida olingan ma‘lumotlarni mulkdor yoki baholash 
buyurtmachisining ruxsatisiz baholovchi tomonidan uchinchi shaxslarga 
berish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; 

moliya-xo‗jalik munosabatlari sohasida muayyan lavozimni 
egallash yoki muayyan faoliyat bilan shug‗ullanish huquqidan mahrum 
qilish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi qonuniy kuchga kirgan sud 
hukmi; 

fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki 
muomalaga layoqati cheklangan deb e‘tirof etish to‗g‗risidagi sud 
qarori. 


142 
Baholovchi malaka sertifikatining amal qilishi uni to‗xtatish 
to‗g‗risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab to‗xtatiladi. 
Baholovchi tashkilot litsenziyasining amal qilishi qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan yo‗l qo‗yilgan qonun buzilishlari uchun to‗xtatilgan 
taqdirda litsenziyaning amal qilishini to‗xtatish to‗g‗risida qaror qabul 
qilingan sanadan boshlab baholovchi tashkilot litsenziyasining amal 
qilishi to‗xtatilishiga sababchi bo‗lgan qonun buzilishlariga yo‗l qo‗ygan 
rahbar va baholovchi malaka sertifikatlarining amal qilishi to‗xtatiladi. 
Baholash faoliyatini amalga oshirishda baholovchi malaka 
sertifikatining amal qilishini belgilangan tartibda to‗xtatish uchun asos 
beradigan qonun hujjatlari talablarining bir marta qo‗pol ravishda 
buzilishiga quyidagilar kiradi: 

baholash faoliyati to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda baholashni amalga oshirishda mustaqillikni ta‘minlamaslik; 

baholash to‗g‗risidagi hisobotni va ekspert xulosasini noto‗g‗ri 
tuzish; 

baholash ishlarini o‗tkazishda olingan maxfiy axborotni mulkdor 
yoki baholash buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; 

baholovchining nazorat yoki huquqni muhofaza qilish organlari 
tomonidan o‗tkaziladigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda o‗zi 
shtatida turadigan yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan 
baholovchi 
tashkilotning 
tegishli 
ruxsatnomasisiz 
(buyrug‗isiz) 
mutaxassis sifatida qatnashishi. 
Baholovchining malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi: 

maxsus vakolatli davlat organining malaka sertifikati berish 
to‗g‗risidagi qarorining noqonuniyligi sud tomonidan e‘tirof etilganda; 

sertifikat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganda. 
Malaka sertifikatini bekor qilish to‗g‗risidagi qaror baholovchining 
malaka sertifikati berilgan sanadan boshlab amal qiladi. 
Qonun hujjatlarini buzganlik uchun malaka sertifikatlari bekor 
qilingan yoki ularning amal qilishi to‗xtatilgan baholovchilar malaka 
sertifikatining amal qilishi to‗xtatilgan vaqtdan boshlab uch yil 


143 
mobaynida malaka sertifikatini takroran olish uchun imtihonga 
qo‗yilmaydi. 
Baholovchining malaka sertifikatini bekor qilish yoki uning amal 
qilishini to‗xtatish to‗g‗risidagi qaror asoslangan bo‗lishi va ommaviy 
axborot vositalarida e‘lon qilinishi kerak. 
Maxsus 
vakolatli 
davlat 
organining 
baholovchi 
malaka 
sertifikatining amal qilishini to‗xtatish yoki uni bekor qilish to‗g‗risidagi 
qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat 
qilinishi mumkin. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə