O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


Baholovchi tashkilotlar faoliyatini tashkil etish



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
Baholovchi tashkilotlar faoliyatini tashkil etish 
Baholovchi tashkilotlar o‗z faoliyatida mustaqildir va har qanday 
tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va o‗z faoliyatini amalga 
oshirishi mumkin, ochiq aksiyadorlik tashkiloti bundan mustasno. 
Baholovchi (baholovchilar) faqat bitta baholovchi tashkilotning muassisi 
bo‗lishi mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Baholash xizmatlari 
bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 2018-yil 1- 
iyundagi PQ-3764-sonli qaroriga muvofiq baholovchi tashkilotlar 
faoliyatini litsenziyalash bo‗yicha quyidagi o‗zgarishlar sodir bo‗ldi. 
 
 


137 
5.1.3-jadval 
MQBHBda baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi 
berilgan litsenziyaga ega baholovchi tashkilotlar soni (2016-yil 
1-choragi bo„yicha ma‟lumot)
Baholash xizmati 
turi bo„yicha
Yillar
2012
2013
2014
2015
2016
Ko‗char mulkni 
baholash
18
24
26
26
26
Ko‗chmas mulkni 
baholash
2
2
2
2
3
Biznes qiymatini 
baholash
118
125
126
155
163
Jami
138
151
154
183
192
Baholash 
xizmatlari 
bozorini 
yanada 
rivojlantirish, 
baholovchilarning professionallik darajasi va ko‗rsatilayotgan xizmatlar 
sifatini oshirish, mazkur sohada bajariladigan ishlarning xolisligi va 
sifati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida: 
1. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha 
boshqaruvi 
milliy 
agentligi, 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Xususiylashtirilgan 
korxonalarga 
ko‗maklashish 
va 
raqobatni 
rivojlantirish davlat qo‗mitasi (keyingi o‗rinlarda Davlat raqobat 
qo‗mitasi deb yuritiladi), Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 
quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma‘qullansin: 
a) baholash faoliyatini litsenziyalash va baholash tashkilotlari ustav 
kapitali (ustav jamg‗armasi)ning eng kam miqdoriga bo‗lgan talabni 
bekor qilish; 
b) baholovchi tashkilotlarni O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya 
markazida (keyingi o‗rinlarda — Markaz) akkreditatsiya qilish tartib-
taomillarini joriy qilish; 
d) Davlat raqobat qo‗mitasining: 


138 
- baholovchining malaka sertifikatini berish funksiyasini — 
Korporativ boshqaruv ilmiy-ta‘lim markaziga; 
- mulkni baholashning yangi standartlarini tasdiqlash, shuningdek, 
amaldagi mulkni baholash standartlariga o‗zgartirish, qo‗shimchalar 
kiritish va o‗z kuchini yo‗qotgan deb topish funksiyasini - O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga 
o‗tkazish. 
2. Davlat raqobat qo‗mitasi bir hafta muddatda ilgari berilgan 
baholovchi tashkilotlarning litsenziyalari va baholovchilarning malaka 
sertifikatlari bo‗yicha materiallarini Markazga bersin. 
3. 2018-yil 1-iyuldan boshlab Korporativ boshqaruv ilmiy-ta‘lim 
markazida baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish bo‗yicha, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan 
taqdirda belgilangan namunadagi sertifikatlar berilgan holda, maxsus 
kurslar tashkil etilsin. 
4. Belgilab qo‗yilsinki: 
- baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish dasturlari Korporativ boshqaruv ilmiy-ta‘lim 
markazi tomonidan baholovchilarning professional birlashmalari 
takliflarini inobatga olgan holda tasdiqlanadi; 
- baholovchi tashkilotlarning ilgari berilgan litsenziyalari amal 
qilish muddati 2019-yil 1-yanvardan tugatiladi; 
- Korporativ boshqaruv ilmiy-ta‘lim markazida har yili malaka 
oshirish kurslarini o‗tagan taqdirda baholovchilarning ilgari berilgan 
malaka sertifikatlari amal qilish muddati tugaguniga qadar ularni qayta 
rasmiylashtirish talab etilmaydi. 
5. Belgilansinki, baholovchi tashkilotning javobgarligini sug‗urta 
qilish shartnomasi amal qilishi davrida sug‗urta hodisasi sodir bo‗lgan 
taqdirda sug‗urtalovchining sug‗urta qoplamasi to‗lovini amalga 
oshirishi yuzasidan majburiyati bo‗yicha sug‗urta puli: 
- ko‗char mulkni baholash uchun, qimmatli qog‗ozlar, ulushlar, 
intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlar bundan 
mustasno - eng kam ish haqining 2 000 baravaridan; 


139 
- ko‗chmas mulkni baholash uchun, mulkiy kompleks sifatidagi 
korxona bundan mustasno - eng kam ish haqining 2 500 baravaridan; 
- biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonani, barcha turdagi 
moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholash uchun - eng kam ish haqining 
3 000 baravaridan kam bo‗lmasligi kerak. 
2018-yil 1-iyundagi PQ-3764-sonli ―Baholash xizmatlari bozorini 
yanada 
rivojlantirish 
chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq quyidagi belgilab 
qo‗yildi: 
- baholovchi tashkilot ustav kapitali (ustav jamg‗armasi)ning 
kamida 51 foizi mazkur baholovchi tashkilotning bitta yoki bir nechta 
shtatdagi baholovchisiga tegishli bo‗lishi lozim;
- 2019-yil 1-yanvaridan boshlab baholovchi tashkilotning rahbari 
faqat birinchi yoki oliy toifadagi baholovchi bo‗lishi mumkin; 
- baholovchi, agar u boshqa baholovchi tashkilot shtatida turgan 
bo‗lsa, baholovchi tashkilot tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnoma 
asosida baholash ishlarini olib borishga jalb qilina olmaydi; 
- buyurtmachi yoki boshqa shaxslarning, agar bu baholash 
natijasining ishonchliligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin bo‗lsa, 
baholovchining faoliyatiga aralashuviga, jumladan, baholash obyektini 
baholashda aniqlanishi yoki ta‘riflanishi lozim bo‗lgan masalalar 
doirasini cheklashga yo‗l qo‗yilmaydi; 
- baholovchi obyektiv baholashni olib borishga monelik qiladigan 
holatlar yuzaga kelganligi oqibatida baholashni o‗tkazishda ishtirok eta 
olmasligi haqida buyurtmachiga yoki mehnat shartnomasini tuzgan 
baholash tashkilotiga ma‘lumot berishi shart; 
- baholash obyektini baholashni o‗tkazganligi uchun baholovchiga 
to‗lanadigan haq miqdori baholash obyekti qiymatining yakuniy 
miqdoriga bog‗liq bo‗la olmaydi; 
- baholash haqida hisobotning haqqoniyligini ekspertiza qilish 
uchun faqat birinchi yoki oliy toifali baholovchilar jalb etilishi mumkin. 
Affillangan shaxs bo‗lgan baholovchi tashkilot yoki baholovchi 
tomonidan baholash haqida hisobotlar haqqoniyligini ekspertizadan 
o‗tkazish taqiqlansin, bunday shaxslar deb quyidagilar tan olinadi: 


140 
- baholashni olib borgan baholovchi tashkilot mulkdori, muassisi 
(ishtirokchisi), kreditori, sug‗urtalovchisi, baholovchisi; 
- buyurtmachining mulkdori, muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori), 
kreditori, ishchisi; 
- baholash obyektiga nisbatan mulkiy manfaatga ega bo‗lgan yoki 
mazkur bandda ko‗rsatilgan shaxslar bilan yaqin qarindosh yoki quda-
anda bo‗lgan shaxs; 
- buyurtmachi yoki baholashni olib borgan baholovchi tashkilot 
kuzatuv kengashining a‘zosi, direktor yoki boshqaruv a‘zosi 
vakolatlarini amalga oshiradigan shaxs; 
- ustav jamg‗armasi (ustav kapitali)da baholashni olib borgan 
baholovchi yoki baholovchi tashkilot ulushi bo‗lgan yuridik shaxs; 
Baholovchi tashkilotga nisbatan qo‗yidagicha litsenziya talablari va 
shartlari qo‗yiladi: 
- ―Baholash faoliyati to‗g‗risida‖gi O‗zR qonuniga, O‗zRning 
Mulkni baholash milliy standartlari talablariga, shuningdek, boshqa 
qonun hujjatlariga rioya qilish; 
- litsenziya olishda nizomda nazarda tutilgan miqdorda to‗liq 
shakllantirilgan ustav kapitalining mavjud bo‗lishi; 
- fuqarolik javobgarligi sug‗urta polisining mavjud bo‗lishi;
- faqat nizomda belgilangan faoliyatning amalga oshirilishi; 
- baholovchi tomonidan faqat bitta baholovchi tashkilotda 
faoliyatning amalga oshirilishi. Bunda baholovchi tomonidan boshqa 
baholovchi tashkilotdagi baholash faoliyati faqat u baholash faoliyatini 
amalga oshirgan baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 
(kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma bekor qilingandan, 
tugallangandan yoki ularning muddati tugagandan keyin amalga 
oshirilishi mumkin; 
- baholovchi tashkilotning shtatida nizomda nazarda tutilgan 
baholovchilar sonining mavjud bo‗lishi; 
- baholashda olingan axborotlar maxfiyligining ta‘minlanishi; 
- baholashni o‗tkazish bo‗yicha shartnomaviy majburiyatlarning o‗z 
vaqtida va sifatli bajarilishi; 


141 
- baholovchi tashkilot rahbari lavozimiga faqat baholovchining 
tayinlanishi; 
- baholash faoliyatini amalga oshirishda baholash faoliyati 
to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqillikni 
ta‘minlash; 
- baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‗lgan shaxs (shaxslar) 
tomonidan baholash to‗g‗risida haqqoniy hisobot tuzish; 
- baholovchi tashkilotda o‗z baholovchilar ishi sifatini nazorat 
qilishning tasdiqlangan ichki qoidalari mavjud bo‗lishi; 
- litsenziyalovchi organni baholovchining nomi va joylashgan joyi 
(pochta manzili)dagi o‗zgarishlar to‗g‗risida davlat ro‗yxatidan 
o‗tkazilgan sanadan boshlab 10 kun muddatda xabardor qilish; 
Baholovchi tashkilot litsenziyasining amal qilishini to‗xtatib turish, 
to‗xtatish va uni bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə