O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


Baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning javobgarligi



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 Baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning javobgarligi 
Baholovchi tashkilotlar baholash to‗g‗risida noto‗g‗ri hisobot tuzish 
oqibatida buyurtmachiga zarar yetkazganligi uchun uning oldida qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. 
Baholashni sifatli yoki zarur darajada o‗tkazmaganlik natijasida 
baholash ishlari buyurtmachisiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy 
berilgan foyda baholovchi tashkilotdan qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda undirib olinadi. 
Baholovchi baholashni sifatsiz o‗tkazganlik, tijorat sirini oshkor 
qilganlik va baholovchi tashkilot uchun zarar keltirgan boshqa xatti-
harakatlari natijasida yetkazilgan zarar uchun baholovchi tashkilot 
oldida qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. 
 
Baholash to„g„risidagi hisobot ma‟lumotlarining baholiligi 
Zarurat bo‗lganda, baholovchi tashkilotning baholash to‗g‗risidagi 
hisoboti haqqoniyligini tekshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda baholash to‗g‗risidagi mazkur hisobot shartnoma asosida boshqa 
baholovchi tashkilot tomonidan ekspertizadan o‗tkazilishi mumkin. 
Ekspertizani o‗tkazgan baholovchi tashkilot baholash obyektining 
mavjud 
qiymatini 
baholash 
to‗g‗risidagi mazkur hisobotning 
haqqoniyligi yuzasidan takroriy baholashni (o‗z baholashini) amalga 
oshirmasdan va o‗z xulosasini chiqarmasdan o‗zining xolisona 
mulohazasini bildiradi. 


144 
Ushbu baholashni o‗tkazgan baholovchi tashkilotning mazkur 
baholovchi tashkilot tomonidan bajarilgan baholash to‗g‗risidagi 
hisobotni ekspertizadan o‗tkazishga jalb etilishiga yo‗l qo‗yilmaydi. 
Baholash to‗g‗risidagi hisobotni ekspertizadan o‗tkazishning 
buyurtmachisi olingan xulosaga rozi bo‗lmagan taqdirda ushbu bahs sud 
tomonidan ko‗rib chiqiladi. 
Baholash 
obyektlarini 
baholash 
bo‗yicha 
materiallarni 
ekspertizadan o‗tkazish uchun bahsli vaziyatlarda sud organlarining 
so‗rovnomalariga ko‗ra, belgilangan tartibda ekspert komissiyasi 
tuziladi. 
Baholash to‗g‗risidagi hisobotning va baholash to‗g‗risidagi mazkur 
hisobot yuzasidan baholovchi tashkilot ekspertizasi xulosasining 
ishonchliligini aniqlash uchun baholash materiallarini ekspertizadan 
o‗tkazish bo‗yicha ekspert komissiyasi xulosasi faqat sud 
so‗rovnomasiga ko‗ra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul 
qilinadi. Baholash to‗g‗risidagi hisobot sud tomonidan haqqoniy emas 
deb e‘tirof etilgan taqdirda sud baholash materiallarini ekspertizadan 
o‗tkazish bo‗yicha ekspert komissiyasidan baholash obyekti qiymati 
to‗g‗risidagi xulosani talab qilishga haqlidir. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə