O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
Toifani tasdiqlash tartibi 
Baholovchiga nisbatan bir necha bor asoslangan shikoyatlar kelib 
tushgan taqdirda, baholovchiga toifa berilgan kundan boshlab bir yildan 
so‗ng Markaz toifani tasdiqlash jarayonini amalga oshirishi mumkin, 
sertifikatlangan baholovchi toifasi bundan mustasno. 
Toifani 
tasdiqlash 
jarayoni, 
baholovchini 
faoliyati 
haqida 
baholovchi tashkilotlardan, jamoat tashkilotlaridan hamda boshqa 
jismoniy va yuridik shaxslardan, baholovchini faoliyati natijalari va 
sifati bo‗yicha, shuningdek, uning baholov faoliyatini rivojlantirish va 
takomillashtirish, baholov hisoboti sifatini oshirish to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlarni yig‗ish va ularni tahlil qilishdan iborat bo‗ladi. 
Markaz tomonidan baholovchining amaldagi toifasiga muvofiqligi 
to‗g‗risida shubha tug‗diruvchi ma‘lumotlar aniqlangan taqdirda, 
Markaz komissiyaga baholovchini toifasini qayta ko‗rib chiqish 
to‗g‗risida hujjatlarni yuborishga haqli. 
Baholovchini toifasini qayta ko‗rib chiqish bo‗yicha hujjatlarni 
ko‗rib chiqish, komissiya tomonidan toifani berish yuzasidan 


133 
baholovchining arizasini ko‗rib chiqish tartibiga asosan amalga 
oshiriladi. 
Toifasi pasaytirilgan baholovchi, bir yildan so‗ng toifasini tiklash 
yuzasidan komissiyaga murojaat etishga haqli. 
Mazkur nizomga muvofiq: 
- Baholash faoliyati deyilganda baholovchi tashkilotning baholash 
obyekti qiymatini belgilashga yo‗naltirilgan faoliyati tushuniladi. 
- Baholovchi tashkilot baholash faoliyatini amalga oshirish uchun 
litsenziyaga, o‗z nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, banklarda 
hisob raqamlariga ega bo‗lgan yuridik shaxs hisoblanadi. 
- Baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‗lgan jismoniy shaxs 
baholovchi hisoblanadi. 
Agar baholovchi baholovchi tashkilotning shtatida tursa yoki 
baholovchi tashkilot u bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan bo‗lsa, 
u baholovchi tashkilot tomonidan baholashni o‗tkazishga jalb etilishi 
mumkin. 
Baholovchi tashkilot o‗z faoliyatida O‗zR Konstitutsiyasiga, O‗zR 
qonunlariga, O‗zR Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‗zR 
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‗zR Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ 
hujjatlarga, shuningdek, ushbu nizomga amal qiladi. 
O‗zR Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan davlat unitar 
korxonalari va muassasalari baholash faoliyatini, agar baholash 
faoliyatini amalga oshirish ularni tashkil etish to‗g‗risidagi hujjatlarda 
nazarda tutilgan bo‗lsa, tegishli litsenziya olmasdan amalga oshirishga 
haqlidir. Ushbu qoida ko‗rsatib o‗tilgan korxonalar va muassasalarni 
litsenziya 
talablari 
va 
shartlarini, 
shuningdek, 
faoliyatning 
litsenziyalanayotgan turlarini litsenziyalash bilan bog‗liq bo‗lgan, qonun 
hujjatlariga muvofiq qo‗yiladigan boshqa talablarni bajarishdan ozod 
qilmaydi. 
Baholovchi tashkilotlarning 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə