O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Rn = Rr + Iinf + Rr * Iinf, 
Rr = (Rn - Iinf)/(1 + Iinf), 
 
bu yerda: 
Rn
– kapitallashtirish nominal stavkasi; 
Rr
– kapitallashtirish real stavkasi; 
Iinf
– inflatsiya indeksi (inflatsiyaning yillik sur‘ati). 
Bunda, inflatsiya indeksi hisoblash uchun tanlangan valyutaga 
muvofiq bo‗lishi lozim.
Ko‗chmas mulk elementlaridan birining qiymatini to‗g‗ridan-
to‗g‗ri kapitallashtirish usuli bilan hisoblash uchun zarur ma‘lumotlar 
mavjud bo‗lgan taqdirda, qoldiq texnikasi qo‗llaniladi. Yer uchastkasi 
qiymati qoldiq texnikasi yordamida quyidagi formula bo‗yicha 
hisoblanadi: 
V
e
 = 
I - Vya * 
Rya 
,
Re 
bu yerda: 
Ve
– yer uchastkasi qiymati;, 
Vya –
yaxshilashlar qiymati; 
I –
ko‗chmas mulk obyektidan olingan sof operatsion daromad; 


105 
Re
– yer uchastkasidan olingan daromadlar uchun kapitallashtirish 
stavkasi; 
Rya –
yaxshilashlardan olingan daromadlar uchun kapitallashtirish 
stavkasi. 
Yaxshilashlar qiymati qoldiq texnikasi yordamida quyidagi 
formula bo‗yicha hisoblanadi: 
V
ya
 = 
I - Ve * Re 
Rya 
Daromadlarni kapitallashtirish usuli yordamida baholash 
quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi: 
1. Sof operatsion daromadni aniqlash. 
SODning hisob-kitobi 
potensial yalpi daromadning (PYaD) aniqlashidan boshlanadi. PYaD – 
bu barcha yo‗qotishlar va xarajatlarni hisobga olmasdan ko‗chmas 
mulkni 100 foiz ishlatib, olingan daromaddir. Baholanadigan
obyektning maydonini ijara stavkasiga ko‗paytirish yo‗li bilan PYaD 
hisoblanadi.
2. Haqiqiy (samarali) yalpi daromadni aniqlash. 
SODning keyingi 
bosqichida haqiqiy yalpi daromad (HYaD) aniqlanadi. HYaDni qo‗lga 
kiritish uchun ijara maydonlarining ishlatmasligi sababli va ijara haqi
to‗lamaslikdan yuzaga kelgan ehtimoliy yo‗qotishlarni potensial yalpi 
daromaddan ayirish lozim. Chunki prognozlashtirilayotgan yil davomida 
ijara haqining bir qismi yig‗ilmasligi mumkin, maydonlarning bir qismi 
band bo‗lmay qolish ehtimoli mavjud.
3. Operatsion xarajatlar miqdorini aniqlash. 
Obyektning 
me‘yorida ishlashini va haqiqiy yalpi daromadni takror ishlab 
chiqarishini ta‘minlash uchun kerak bo‗lgan davriy xarajatlarga 
operatsion xarajatlar deyiladi. Ularni shartli ravishda uch turga, ya‘ni 
shartli-doimiy, shartli-o‗zgaruvchan (ekspluatatsiya qilish), qoplashga
ketadigan xarajatlar (zaxira)ga bo‗lishadi. 
Shartli-doimiy xarajatlarga obyektning ish bilan ta‘minlanish 
darajasiga bog‗liq bo‗lmagan xarajatlar kiritiladi. Bularga, odatda, mulk 
solig‗i, yer ijarasi to‗lovi, sug‗urtalash bilan bog‗liq bo‗lgan va boshqa 
xarajatlar kiradi.


106 
Shartli-o‗zgaruvchan xarajatlarga hajmi obyektning ish bilan 
ta‘minlangan darajasiga va taklif qilinayotgan xizmatlar sathiga bog‗liq 
bo‗lgan xarajatlar kiritiladi. Shartli-o‗zgaruvchan xarajatlar 
boshqaruvga, kommunal to‗lovlarga, xavfsizlikni ta‘minlashga, hududni 
tartiblashtirishga, joriy remontga ketadigan va boshqa xarajatlardan 
iborat.
Qoplashga ketadigan xarajatlarni har yili qoplash fondiga
chegirmalar sifatida hisobdan chiqaradi. Bu xarajatlar qurilishlarning 
qisqa hayotli elementlarini davriy almashtirish bilan bog‗liq bo‗lgan 
xarajatlardir.
4. 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə