O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


Itashqi. = [(Abel. - As) - R - Ser.] / As



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Itashqi. = [(Abel. - As) - R - Ser.] / As

bu yerda: Abel – baholash obyektining tashqi eskirish belgilari mavjud 
bo‗lmagan analogi; 
As – baholash obyektining tashqi eskirish belgilari mavjud bo‗lgan 
analogi; 
R – o‗xshash obyektlarning jismoniy va boshqa farqlaridagi 
tafovut; 
Ser. – yer uchastkasi qiymati. 
Umumiy eskirish quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
Ium = 1 - (1 - Ijis. / Stikl.) * (1 - Ifunk. / Stikl.) * (1 - Itashqi. / 
Stiklt.)

bu yerda: Ium – umumiy eskirish; 
Ijis. – jismoniy eskirish; 
Ifunk. – funksional eskirish; 
Itashqi. – tashqi (iqtisodiy) eskirish; 
Stikl. – ko‗chmas mulk obyektining tiklash qiymati. 
Ko‗chmas mulk obyektini xususiylashtirish maqsadida baholashda, 
agar hisoblangan umumiy eskirish 70 foizdan ortiq bo‗lsa, eskirishning 
bazaviy ko‗rsatkichi sifatida 70 foiz olinadi. 
Ko‗chmas mulk qiymatini loyiha-smeta hujjatlariga yoki 
yiriklashtirilgan normativlarga muvofiq hisoblash balans (qoldiq) 
qiymatidan past natija bergan holda, balans (qoldiq) qiymatga Hukumat 
qarori bo‗yicha so‗nggi qayta baholash sanasidan boshlab O‗zbekiston 
Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasi ma‘lumotlari bo‗yicha qurilish 


99 
materiallari qiymati qimmatlashishi koeffitsiyentini qo‗llash yo‗li bilan 
amalga oshirilgan qiymatning hisobi asos sifatida olinadi. 
4.4. Daromadga asoslangan yondashuv va undagi usullar 
 
Daromadga asoslangan yondashuvda bir necha usullar qo‗llanilishi 
mumkin. Ularning asosiylari: daromadlarni kapitallashtirish usuli va 
pul oqimlarini diskontlash usuli.
Daromadlarni kapitallashtirish usuli sof operatsion daromadni 
(SOD) kapitallashtirish koeffitsiyentiga bo‗lish yo‗li bilan uni
to‗g‗ridan-to‗g‗ri qiymatga aylantirishga asoslangan.
Kapitallashtirish koeffitsiyenti – bu daromadlar oqimini yagona 
qiymat summasiga keltirishda qo‗llaniladigan stavka. Biroq, bizning 
fikrimizcha, mazkur holat berilgan ko‗rsatkichning matematik 
mohiyatini tushuntiradi. Iqtisodiy nuqtayi nazardan kapitallashtirish 
koeffitsiyenti investorning daromad normasini aks ettiradi.
Daromad kapitallashtirish usuli quyidagi holatlarda, ya‘ni: 

daromad oqimlari barqaror manfiy o‗lchamlar bo‗lganda; 

daromad oqimlari barqaror izchil jadallik bilan oshib borganda 
qo‗llaniladi.
 
Mazkur usulni quyidagi holatlarda, ya‘ni:

daromadlar oqimi barqaror bo‗lmaganda; 

ko‗chmas mulk obyekti qurilishi tugatilmagan bo‗lsa yoki 
obyekt katta hajmda rekonstruksiya ishlarini talab qilsa; 

ko‗chmas obyektlari sotilishi va ijara olish haqida real bitimlar, 
ekspluatatsiya xarajatlari bo‗yicha ma‘lumot yoki sof operatsion
daromad va kapitallashtirish stavkani hisoblashga qiyinlashtiruvchi
boshqa ma‘lumot bo‗lmaganda qo‗llash tavsiya etilmaydi.
 
To‗g‗ridan-to‗g‗ri kapitallashtirish usuli eng tipik yillik daromadni 
qiymatga uni daromadning baholash obyektiga o‗xshash ko‗chmas mulk 
obyektlari qiymatiga nisbati haqidagi bozor ma‘lumotlari tahlili asosida 
hisoblangan kapitallashtirish stavkasiga bo‗lish yo‗li bilan to‗g‗ridan-
to‗g‗ri o‗zgartirishga asoslangan:


100 

V = -------- , 

bu yerda: 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə