O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


Ko„chmas mulk (binolar, inshootlar) qiymatini baholash



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Ko„chmas mulk (binolar, inshootlar) qiymatini baholash. 
Ko‗chmas mulk qiymatini baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi. 
Ko‗chmas mulkning tiklash qiymati loyiha-smeta hujjatlariga 
binoan aniqlanadi. Loyiha-smeta hujjatlari mavjud bo‗lmasa, ko‗chmas 
mulk 
tiklanish 
qiymatining 
yiriklashtirilgan 
normativlaridan 
foydalanishga yo‗l qo‗yiladi.
Ko‗chmas mulkning tiklanish qiymati smeta qiymati asosida 
amaldagi narxlarda loyiha-smeta hujjatlari bo‗yicha mulkning smeta 
qiymatiga smeta hujjatlari tuzilgan vaqtdan boshlab ko‗chmas mulkni 
qayta baholashning tegishli koeffitsiyentlari va narxlar qimmatlashishi 


96 
indekslarini qo‗llash yo‗li bilan aniqlanadi (hisoblashlar to‗liq 
bo‗lmagan hisobot davri - yil yakunlari bo‗yicha amalga oshirilganda): 
 
Cd.s.s. = Cc * I1 * I2 * I3 * … Iy

bu yerda: Cd.s.s. – ko‗chmas mulkning amaldagi narxlardagi tiklash 
qiymati;
Cc – ko‗chmas mulk qurilishining loyiha-smeta hujjatlari bo‗yicha 
smeta qiymati; 
I1, I2, I3, … Iu – asosiy vositalarni qayta baholashning tegishli 
koeffitsiyentlari va narxlar qimmatlashishi indekslari. 
Yiriklashtirilgan normativlar asosida ko‗chmas mulkning tiklanish 
qiymati quyidagi tartibda va quyidagi formula bo‗yicha aniqlanadi: 
S v.s. = S * Ss.ye. * K1 * K2 * K3 * … Ky * I1 * I2 * I3 * … Iu

bu yerda: S v.s. – ko‗chmas mulk obyektining tiklanish qiymati; 
S – ko‗chmas mulk obyektining o‗lchov birligi (hajm, yuza, pogon 
metri va h.k.); 
Ss.ye. – tiklash qiymatining yiriklashtirilgan ko‗rsatkichi; 
K1, K2, K3, … Ku – tuzatish koeffitsiyentlari (kapitallik guruhi, 
hududning zilzilabardoshligi, hududiy koeffitsiyent va h.k.); 
I1, I2, I3, … Iu – qurilish materiallari narxlari qimmatlashishining 
tegishli indekslari. 
Ko‗chmas mulkning tiklanish qiymatiga ko‗chmas mulk tiklanish 
qiymatining joriy narxlardagi 10 foizi miqdoridagi tadbirkorlik foydasi 
summasi qo‗shiladi. 
Ko‗chmas mulkning umumiy eskirishi jismoniy, funksional va 
tashqi eskirish ko‗rsatkichlari yiјindisi sifatida aniqlanadi. 
Eskirish foiz va qiymat hisobida o‗lchanadi. 
Jismoniy eskirish ko‗chmas mulk alohida konstruktiv elementlari 
eskirish ko‗rsatkichlarining yigʻindisi sifatida aniqlanadi va quyidagi 
formula bo‗yicha hisoblanadi: 


,
100
/
1




i
I
Ki
Ii
Ijis
Bu yerda: 


97 
I
i

i
-chi konstruktiv elementning jismoniy eskirishi, % hisobida; 
K
i
- ko‗chmas mulk umumiy massasida 
i
-chi konstruktiv element 
ulushi; 
i
- konstruktiv elementlar soni. 
Har bir konstruktiv elementning jismoniy eskirishi hajmini 
baholovchi ularning haqiqiy holatiga qarab qurilish normalariga 
muvofiq (ko‗zdan kechirish jarayonida) aniqlaydi. 
Funksional eskirish bartaraf etiladigan va bartaraf etilmaydigan 
bo‗ladi. Bartaraf etiladigan funksional eskirish: 

ilgari mavjud bo‗lmagan yangi elementni qo‗shishni talab 
etadigan kamchiliklar; 

eski 
elementni 
yangisiga 
almashtirishni 
yoki 
zamonaviylashtirishni talab etadigan kamchiliklar; 

o‗ta takomillashtirishlar (ortiqcha qiymat) bilan belgilanadi. 
Bartaraf etilmaydigan funksional eskirishga biron-bir element 
nuqsoni yoki o‗ta takomillashtirishlar sabab bo‗lishi mumkin. 
Ilgari mavjud bo‗lmagan yangi elementni qo‗shishni talab etadigan 
kamchiliklar ushbu elementlarni qo‗shish, shu jumladan, ularni o‗rnatish 
qiymati bilan o‗lchanadi. 
Eski 
elementni 
yangisiga 
almashtirishni 
yoki 
zamonaviylashtirishni talab etadigan kamchiliklar mavjud elementlarni 
ularning jismoniy eskirishi hisobga olingan qiymati, minus materiallarni 
qaytarish qiymati (sotish), plyus mavjud elementlarni demontaj qilish 
qiymati va plyus yangi elementlarni o‗rnatish qiymati sifatida 
o‗lchanadi.
Ko‗chmas mulk obyektida bor bo‗lgan va mavjudligi hozirgi 
vaqtda zamonaviy foydalanish standartlariga mos kelmaydigan 
elementlar 
o‗ta 
takomillashtirishlar 
hisoblanadi. 
Ular 
o‗ta 
takomillashtirishlar pozitsiyalarining joriy tiklanish qiymati, minus 
jismoniy eskirish, plyus demontaj qiymati va minus materiallarni 
qaytarish qiymati, agar u mavjud bo‗lsa (yoki tugatish qiymati) sifatida 
o‗lchanadi.
Bartaraf 
etilmaydigan 
funksional 
eskirish 
ijara 
haqidagi 
yo‗qotishlar summasini yoki ko‗chmas mulk obyektini lozim darajada 


98 
saqlash 
uchun 
ortiqcha 
ekspluatatsion 
xarajatlar 
summasini 
kapitallashtirish yo‗li bilan aniqlanadi. 
Tashqi 
eskirishni 
aniqlash 
ijara 
haqidagi 
yo‗qotishlarni 
kapitallashtirish yo‗li bilan yoki juft sotuvlar usuli yordamida amalga 
oshirilishi mumkin. Tashqi eskirishni ijara haqidagi yo‗qotishlarni 
kapitallashtirish yo‗li bilan aniqlash bartaraf etilmaydigan funksional 
eskirishni hisoblash tartibi bilan bir xil.
Tashqi eskirish juft sotuvlar usuli bilan quyidagi formula bo‗yicha 
aniqlanadi: 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə