O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
Ring usuli 
eng oddiy usul hisoblanadi. Asosiy summaning
qoplanishi har yili teng qismlarda amalga oshirilganda mazkur usulni 
qo‗llash maqsadga muvofiqdir. Ko‗chmas mulk eskirgan bo‗lsa va 
undan olinadigan daromad kamayib ketayotgan bo‗lsa mazkur usul 
qo‗llaniladi. Kapital qaytarish normasi 100% ni investitsiyalarni 
moliyalashtirish muddatiga bo‗lish yo‗li bilan hisoblanadi.
Invud usuli qo‗llanilganda kapitalning qaytarish normasi stavka 
daromadi bo‗yicha qoplash fondi omilining o‗lchamini investitsiyalarga 
ko‗paytirish yordamida aniqlanadi. Bunday holatda kapitalni qaytarish 
normasining miqdori Ring usuli yordamida aniqlanadigan miqdordan
kam chiqadi. Bu kapitalni qaytarish normasini hisoblashda aniqroq usul 
hisoblanadi. Agar olingan mablag‗larni oʻsha foizda (kapital daromadi 
stavkasiga teng holatda) joylashtirish imkoniyati bo‗lsa mazkur usul 
qo‗llaniladi. Xoskold usuli haqiqatga eng yaqin usul hisoblanadi. 
Xoskold usuli bo‗yicha kapitalning qaytish normasi risksiz stavka 
bo‗yicha qoplash fondining omili miqdori sifatida aniqlanadi. Chunki 
kapital daromadi stavkasi bo‗yicha mablag‗larni investitsiyalash (ya‘ni 
Invud usulini qo‗llash) imkoniyati investorda yo‗q bo‗lishi mumkin.
3. Ko‗chmas mulk qiymati oshib boradi (dastlab kiritilgan
kapitalning qiymati oshish kutiladi). Ya‘ni qayta sotish paytida investor 
dastlabki mablagʻ kiritilgan davridan ko‗ra ko‗proq mablag‗ oladi. 
Dastlabki kiritilgan kapital qiymatining oshishi kutilganda va 
xaridor bilan sotuvchi qiymatning o‗sishini oldindan bilsa, unda
to‗langan baho mulkni joriy ishlayotgan vaqtida uning qiymatidan 
qo‗shimcha mukofotni qamrab olishi mumkin. Mazkur mukofot 
kelajakdagi qiymatning o‗sishini hisobga oladi. Joriy daromad deyarli 
juda past bo‗lishi mumkin, shuning uchun joriy daromad bilan 
qiyoslaganda narx baland bo‗lishi mumkin. Mazkur holatni hisobga olib 
joriy daromadning kapitallashtirish koeffitsiyentini aniqlash uchun foiz 
stavkasidan yoki diskontdan kapitalning kelajakdagi o‗sishi natijasida 
yuzaga kelgan qo‗shimchani olish nazariy jihatdan asosli bo‗ladi.


110 
Shunday qilib kapitallashtirish stavka miqdorini aniqlash uchun
kerak bo‗lgan formula quyidagi ko‗rinishda bo‗ladi: 
R = R

- ∆ * R
2, 
bu yerda: R – kapitallashtirish stavkasi; 
R

- kapital daromadi stavkasi (kumulyativ qurish usuli yordamida
aniqlanadi); 
∆ - obyektga egalik qilish davridagi qiymatning ko‗payish ulushi 
(birlik ulushida); 
R

– kapitalni qaytarish normasi. 
Kapitallashtirish stavkasining hisobi bozor ma‘lumotlari usuli 
(bozor ekstraksiyasi, bozorni tanlab olish, ajratib ko‗rsatish usuli) 
asosida amalga oshishi mumkin. Buning uchun analoglar bozori tadqiq 
qilinadi. Baholash obyektiga yaqin o‗xshagan obyektlar tanlab olinadi, 
sof operatsion daromad miqdori rekonstruksiya qilinadi, har bir analog 
bo‗yicha kapitallashtirish stavkasining miqdori quyidagi formula asosida 
aniqlanadi:
R = NOI/V, 
bu yerda, NOI – analogning sof operatsion daromadi; 
V – analogning sotilish narxi. 
Kerak bo‗lganda hisob-kitoblarga analoglar bo‗yicha tegishli
o‗zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Bundan tashqari, baholanadigan obyektga nafaqat shaxsiy, balki 
zayom mablag‗larni investitsiyalashda kapitallashtirish stavkasini 
hisoblash usullari (masalan, bog‗langan investitsiyalar usuli) mavjud. 
Baholanayotgan ko‗chmas mulk qiymatini hisoblash: 
V = NOI / R, 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə