O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

Yalpi renta metodi. 
Daromad va sotish narxi asosida baholash 
uchun qo‗llanilayotgan qiyoslash birliklari quyidagilarni qamrab oladi: 
1.
Yalpi renta multiplikatorini (YARP). 
2.
Kapitallashtirishning umumiy koeffitsiyentini (KUK). 


122 
Yalpi renta multiplikatori – bu sotish narxini potensial yalpi
daromadga (PYAD)ga yoki haqiqiy yalpi daromadga (HYAD)ga bo„lgan
nisbatidir.
YARMni qo„llash uchun quyidagilar lozim: 

baholanadigan obyektdan olinadigan bozor yalpi (haqiqiy) 
daromadni baholash;
 

so‗nggi bozor bitimlaridan kelib chiqib, yalpi (haqiqiy)
daromadning sotish narxiga bo‗lgan nisbatini aniqlash;
 

baholanadigan obyektdan olinadigan yalpi (haqiqiy) daromadni 
analoglar bo‗yicha PYADning o‗rtacha olingan ko‗rsatkichiga 
ko‗paytirish.
 
Kapitallashtirishning umumiy koeffitsiyenti. 
Obyekt qiymatining hisobi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 

bozorning mazkur segmentida yaqinda sotilgan ko‗chmas 
mulkning qiyoslash mumkin bo‗lgan (shu jumladan risk va 
daromadliligi bo‗yicha) obyektlari tanlab olinadi;

qiyoslanadigan analogning sof operatsion daromadining sotish
narxiga bo‗lgan nisbati sifatida kapitallashtirishning umumiy o‗rtacha
koeffitsiyenti aniqlanadi; 

baholanayotgan obyektdan olinadigan sof operatsion daromadni
kapitallashtirishning 
umumiy 
koeffitsiyentiga 
ko‗paytirish yo‗li 
yordamida baholash obyektining ehtimoliy sotish naxi aniqlanadi. 
Barcha hisoblar tugagandan so‗ng olingan natijalarni obdan 
tekshirib chiqish lozim. Qiyoslanadigan sotuvlar bo‗yicha hisobda 
ishlatilgan ma‘lumotlarni va ularning to‗g‗rilangan ko‗rsatkichlarini 
sinchiklab tekshirish kerak bo‗ladi. So‗ng o‗rtacha olingan (o‗rtacha 
arifmetik) hisoblash yo‗li yordamida qiyoslanadigan sotuvlarning 
to‗g‗rilangan o‗lchamlari muvofiqlashtiriladi. Eng kam to‗g‗rilashlar 
kiritilgan analoglarning to‗g‗rilangan narxlar o‗lchami eng yuqori 
salohiyatga ega bo‗ladi. Aksariyat holatlarda hisoblangan o‗rtacha 
olingan miqdor baholanayotgan obyektning yakuniy ehtimoliy sotish 
narxi hisoblanadi.

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə