O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


-bob. KO„CHMAS MULK QIYMATINI BAHOLASH



Yüklə 5,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/298
tarix16.06.2022
ölçüsü5,91 Mb.
#89585
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   298
Кучмас МКБ Дарслик pdf

5-bob. KO„CHMAS MULK QIYMATINI BAHOLASH 
FAOLIYATINING TASHKILIY MEXANIZMI 
 
5.1. Ko„chmas mulk bilan bog„liq baholash faoliyatlari
subyektini tashkil etish va litsenziyalash mexanizmi 
Respublikamizda baholash faoliyatini amalga oshirish uchun zarur 
qonuniy-huquqiy baza shakllantirilgan, uni faol rivojlantirish uchun 
iqtisodiy rag‗batlantirish vositalari yaratilgan, litsenziyalar berish tartibi 
sezilarli darajada soddalashtirilgan. Mazkur faoliyat 01.07.2008-yildan 
boshlab faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 
Bugungi kunda baholash xizmatlari bozorida malaka sertifikatiga 
ega mingga yaqin baholovchilar mehnat qiluvchi ikki yuzdan ortiq 
baholovchi tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Ayni vaqtda baholovchi tashkilotlarning amaliy faoliyati o‗sib 
borayotgan zamonaviy talablarni qoniqtirmayapti. Baholash ishlari bir 
qator hollarda yuzaki va past professional darajada o‗tkazilmoqda, 
xususiylashtiriladigan obyektlarning haqiqiy qiymati va ko‗rsatiladigan 
xizmatlarning 
sifati 
xolisona 
baholanishi 
uchun 
baholovchi 
tashkilotlarning zarur darajadagi mas‘uliyati ta‘minlab berilmayapti. 
O‗zbekiston Respublikasining ―Baholash faoliyati to‗g‗risida‖gi 
qonuniga muvofiq O‗zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan 
korxonalarga ko‗maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‗mitasi
tomonidan baholovchi tashkilotlar faoliyatini ta‘minlash sohasida
baholash ishlarini tartibga soluvchi mulkni baholash milliy standartlari 
va boshqa me‘yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda tatbiq etish
bajarilayotgan baholash ishlarining xolisligi va sifati ustidan nazorati 
o‗rnatilgan. Ushbu holat, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 
yil 01iyundagi ―Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-3764-sonli qarori qabul qilinganga 
qadar davom etdi. Mazkur qaror bilan baholovchiga malaka sertifikati va 
toifa berish, toifani tasdiqlash tartibi, baholovchi tashkilotlar faoliyatini 
tashkil etish va litsenziyalash, baholovchi tashkilotlar tomonidan 


125 
litsenziya talablariga rioya etilishi talablariga bir qator o‗zgartirishlar 
kiritildi. 
Baholovchining malaka sertifikati berish tartibida O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining ―Baholash xizmatlari bozorini yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 2018-yil 1-iyundagi PQ-
3764-sonli qaroriga muvofiq quyidagi o‗zgarishlar sodir bo‗ldi. 
Unga ko‗ra Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‗maklashish va 
raqobatni rivojlantirish davlat qo‗mitasi bir hafta muddatda ilgari 
berilgan baholovchi tashkilotlarning litsenziyalari va baholovchilarning 
malaka sertifikatlari bo‗yicha materiallarni Markazga beradi. 
5.1.1-jadval 

Yüklə 5,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə