Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/128
tarix23.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#155179
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   128
Moliya bozori Darslik (4)

 
2.3. Pul bozori instrumentlari 
Xalqaro tajribaga koʻra, pul bozori instrumentlariga quyidagilar kiradi: 
- davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari;
- qayta sotib olinuvchi shartnomalar; 
- depozit sertifikatlari; 
- tijorat qogʻozi; 
- bankir kafolati; 
- yevrodollar. 
Davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari (T-Bills) asosan davlat qarzini 
qoplash uchun emissiya qilinadi. Yaʼni davlat oʻzining soliqlar orqali byudjetiga 
tushuvchi mablagʻlari kelguniga qadar qisqa muddatli qarz majburiyatini 
ifodalovchi qimmatli qogʻozlarni emissiya qiladi. Ayrim davlatda bu qimmatli 
qogʻoz Moliya vazirligi tomonidan emissiya qilinsa, boshqalarida Gʻaznachilik 
tomonidan emissiya qilinadi. AQSH misolida koʻradigan boʻlsak, ushbu qimmatli 
qogʻoz Gʻaznachilik boshqarmasi (Treasury Department) tomonidan emissiya 
qiladi hamda T-Bills deb ataladi. Ularning muddati asosan 28; 91 va 182 kunni 
tashkil etadi. 1998-yildan beri AQSH hukumati investorlar uchun ushbu turdagi 
qimmatli qogʻozlarni internet orqali sotib olish imkonini yaratdi va bu oʻz 
navbatida ularni individual investorlar orasida yanada kengroq tarqalishiga olib 
keldi. Gʻaznachilik ushbu qimmatli qogʻozlar uchun hech qanday foiz toʻlovini 
amalga oshirmaydi. Ular oʻzining nominal narxidan past bahoda bozorga 
joylashtiriladi hamda soʻndirilish muddatida nominal narx boʻyicha soʻndiriladi. 
Ularning bozorga joylashtirilish hamda soʻndirilish baholari orasidagi farq asosan 
muddatga bogʻliq hisoblanadi. Ushbu turdagi qimmatli qogʻozlarning risklilik 
darajasi nolga teng deb hisoblanadi, sababi hattoki davlatda ularni soʻndirish uchun 
yetarli mablagʻ boʻlmay qolgan taqdirda ham, davlat shunchaki qoʻshimcha 
valyuta emissiya qilish orqali ularni soʻndirishi mumkin. Ularning muddati qisqa 
boʻlganligi sababli inflyatsiya darajasining taʼsiri ham unchalik yuqori 
hisoblanmaydi.


18 
2.2-jadval 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə