Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/128
tarix23.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#155179
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   128
Moliya bozori Darslik (4)

jamgʻarilgan fond
bajaradi: har yili kompaniya sof tushumdan belgilangan foiz tariqasida aksiyalarni 
qayta sotib olish uchun bir qancha yillar mobaynida mablagʻ jamgʻarib boradi. 
Qayta sotib olish fondi singari jamgʻarilgan fond ham amortizator rolini bajaradi. 
Ammo, qayta sotib olish fondidan farqli oʻlaroq, jamgʻarilgan fond faqatgina 
narxlar pasayishi natijasida zararni qoplashdan tashqari, aksiyadorlarga aksiyalarni 
oʻz nominal yoki haqiqiy bahosidan yuqori, dividend toʻlovlarni ham 
mujassamlashtirgan narxda sotish uchun ragʻbatlantiradi. 
Retrektiv prefaksiyalar. 
Retrektiv tamoyili yoki qimmatli qogʻozlarni 
qaytarib olish – qimmatli qogʻozlarni qayta sotib olish yoʻli orqali chiqarilgan 
aksiyalarni sotib olish kafolatini imkoniyati mavjud boʻlmagan holatda 
qoʻllaniladi. Retrektiv aksiyalar egalari oʻz imtiyozlaridan foydalanib, emitent–
kompaniyaga aksiyalarni qayta sotish muddatini oʻzi belgilashi mumkin va shu 
muddat tugallanguncha aksiyalarni qoplash uchun qayta taqdim etadi. Bunday 
qaytarib olish holati avtomat tarzda amalga oshadi. Aksiyani ushlab turuvchi shaxs 
aksiyalarni qaytarish muddatini oʻz hohishiga koʻra belgilagan boʻlsada, bu haqda 
kompaniyani oldindan ogohlantirishi lozim. 3–rasmda qayta chaqirib olinadigan 
prefaksiyalarni muomalaga chiqarish tartibi koʻrsatilgan. 


42 
 
Qayta chaqirib olinadigan prefaksiyalarni
muomalaga chiqarish 
 
 
 
3-rasm. Qayta chaqirib olinadigan prefaksiyalarni muomalaga 
chiqarish. 
4.2. Aksiyalar qiymati va daromadliligini baholash 
Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning 
huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 
aksiyalar
egasining 
nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar boʻlib, ular turiga koʻra oddiy va 
imtiyozli boʻlishi mumkin. 
Imtiyozli aksiyalar oʻz egalariga jamiyat foyda koʻrish-koʻrmasligidan qatʻi 
nazar muayyan dividendlar olish huquqini beradi. Mamlakatimiz qonunchiligiga 
koʻra aksiyadorlik jamiyatining imtiyozli aksiyalari boʻyicha dividendlarni 
qimmatli qogʻozlar bilan toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi. 
Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar oldindan belgilab qoʻyilmaydi. 
Ularning miqdori jamiyat tomonidan olinadigan foydaga bogʻliq va aksiyadorlar 
umumiy yigʻilishi qarori bilan belgilanadi. 
Aksiyalar obligatsiyalarga qaraganda yuqori riskli qimmatli qogʻozlar 
hisoblanadi. Dividendlardan va aksiyalar bahosi oʻsishi hisobiga shakllanadigan 
yuqori foyda olish imkoniyati investorlarni jalb qilishga xizmat qiladi. 
Aksiyalarning yuqori daromadliligi odatda qarz majburiyatlari bilan taqqoslaganda 
inflyatsiyadan yaxshigina himoyani taʻminlaydi.
Aksiya va obligatsiyalarni baholash texnikasi pul oqimlarini diskontlashning 
yagona modeliga asoslanishiga qaramasdan, aksiyalar qiymati va daromadliligini 
aniqlash quyidagi ikkita holat sabab ancha murakkab hisoblanadi: 
- oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar kafolatlanmagan, yaʻni oldindan 
maʻlum emas; 
- aksiyalar qoplash muddatiga ega emas. 
Yuqorida taʻkidlanganidek, aksiya egasining daromadi olinadigan 
dividendlar va aksiya bozor bahosining oʻzgarishidan tashkil topadi. Investitsiyalar 
bitta davrli boʻlgan holatda aksiya qiymati quyidagi formula yordamida aniqlanishi 
mumkin: 
Qayta sotib olish 
uchun fondni 
tashkil 
etishAksiya uchun 
premiyani 
belgilash 
Prefaksiyalarni yillik 
chiqarish foizini 
belgilash 
Retrektiv 
prefaksiyalarni 
muomalaga 
chiqarishQayta sotib 
olish bahosi 
chegarasini 
belgilashMuddatida
n oldin chiqarish 
kafolati 
taʼminotiMuomalag
a chiqarish sanasini 
tasdiqlash va 
ogohlantirish 


43 
𝑉 =
𝐷𝐼𝑉
1
1 + 𝑟
+
𝑃
1
1 + 𝑟
bu erda 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə