39
1. Polisaprob zona – eng kuchli ifloslangan zona bo‘lib, bunda kislorod
kam, organik birikmalar ko‘p bo‘ladi. 1 ml suvda bakteriyalar soni 1000000
dan ko‘p bo‘ladi. bunda chirish va bijg‘ishda
ishtirok etuvchi ichak
tayoqchasi va anaerob bakteriyalar ko‘p bo‘ladi.
2. Mezosaprob zona – o‘rtacha ifloslangan zona, bu zonada organik
moddalarning
intensiv
oksidlanishi
va
nitrifikatsiyalanishi
orqali
minerallanishi kuzatiladi. Bu zonada 1 ml suvda mikroblar soni 100 000 ni
tashkil qiladi. Ichak tayoqchasining soni ancha kam bo‘ladi.
3. Oligosaprob zona – toza suv hisoblanadi. 1
ml suvdagi mikroblar
soni bir necha 10 yoki 100 tani tashkil qiladi. Ichak tayoqchasi bo‘lmaydi.
Ifloslanish darajasiga qarab suvda har xil patogen mikroblar bo‘lishi va bir
muncha vaqt saqlanishi mumkin. Masalan, qorin tifi qo‘zg‘atuvchisi - 2
kundan 3 oygacha, shigellalar - 3-5 kundan, leptospiralar - 7 kundan-5
oygacha, vabo vibrioni - 25 kundanbir necha oygacha, tulyaremiya - 3
oygacha va h.k.
Agar 1 ml vodoprovod suvdagi mikrob soni 100 bo‘lsa yaxshi, 100-150
bo‘lsa shubxali, 500 va undan ortiq bo‘lsa ifloslangan hisoblanadi. Quduq va
ochiq suv xavzalarida 1 ml suvda 100 ortiq mikrob bo‘lmasligi
darajasi
kerak. Suvning tozalik darajasi undagi E.Coli ning soniga qarab aniqlanadi.
Suvning axlat bilan ifloslanish darajasi koli-titr va koli-indeks orqali
ifodalanadi. Bitta E.Coli topilgan suvning eng kam miqdori (ml) yoki chuqur
moddaning grammi
koli-titr
deyiladi. Vodoprovod suvining koli-titri 300 dan
kam bo‘masligi kerak. (300-500 bo‘lsa yaxshi hisoblanadi). 1 litr suvda yoki
1 kg tekshirilayotgan materialda E.Coli ning soni
koli-indeks
deyiladi.
Ichimlik suvida koli-indeks 2-3 dan oshmasligi kerak. Suvning tozaligi
bakteriologik usulda koli-titr va koli-indeksni aniqlash yo‘li bilan tekshirib
turiladi
.
Dostları ilə paylaş: