O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent tibbiot akademiyasi



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/122
tarix24.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#159897
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   122
OQUV дарслиги 2022 орг

4.1-rasm 
Xiralashishi va qurishi. Bunda barglar, shoh va butoqlar sarg‘ayadi va 
quriydi. 
Kuydirish. Bunda o‘simliklarning guli, yangi shoh-butoqlari, bargi, 
mevalari bakteriya ta’sirida qorayadi va kuyadi. Bu kasallik asosan mevali 
daraxtlarda ko‘p uchraydi. 
Dog‘ hosil bo‘lishi. Buni asosan zamburug‘lar hosil qiladi. 
SHish hosil bo‘lishi. Bular qo‘zg‘atuvchilari fitobakteriyalar bo‘lib, 
o‘simliklarda shish hosil qiladi. 
Bundan tashqari o‘simliklarning kasalliklari yara, deformatsiya
barglarning moxlanishi kabi xolatlarini chiqarishi mumkin. 
O‘simliklarning jaroxatlanishi, faqat kasallik bakteriyalar ta’sirida 
bo‘lmay, balki simbioz natijasida mumkin. Masalan: zamburug‘lar bilan 
bakteriyalar simbiozda, bunday holatdagi kasallik o‘limga olib keladi. 
4.2-rasm 


35 
Fitopatogen mikroorganizmlarga yaqin hisoblangan zamburug‘larga 
mikorida hosil qiluvchi zamburug‘lar kiradi. Ular o‘zlaridan mikoriaza 
ajratadilar. Buni birinchi bo‘lib 1883 y. Kamenskiy F.F. aniqlagan. Bu 
turkumiga kiruvchi zamburug‘larga bazidomitsetlar, fikomitsetlar va 
tugallanmagan zamburug‘larga misol bo‘la oladi. 
Mikoriazani turli tuproqlarda uchratish mukin. Uning bo‘lishi turning 
miqdoriga bog‘liq bo‘lib, sifatiga bog‘liq bo‘lmaydi. Mikoriazalar ko‘p 
miqdorga yozda kamlar miqdorida bahor va kuz oylarida kamroq bo‘ladi. 
O‘simliklarning fitopatogen mikroorganizmlarga chidamlikligini qanday 
saqlaydi degan savolga quyidagicha javob berish mumkin: 
 
4.3.
 
Dori-darmonlar va dori vositalarining mikrob bilan 
zararlanish manbalari, oldini olish choralari. 
Dori moddalar va tayyor dori-darmonlar tarkibida turli xil mikroorganizmlar 
bo‘lishi mumkin. O‘simliklardan olinadigan dorivor moddalarning mikroblar 
bilan zararlanishi o‘sha o‘simlik turi va uning o‘sib chiqishi uchun zarur 
bo‘lgan shart-sharoitga bog‘liq bo‘ladi. CHunki o‘simliklar atrofmuhitdagi 
ayniqsa, tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar bilan zararlangan bo‘lishi ham 
mumkin. Bundan tashqari o‘simliklarning o‘z mikroflorasi xam katta 
ahamiyatga ega: masalan, epifit (Erwinia herbicola, P. fluorescens) va 
fitopatogen (Erwinia, Pseudomonas, Coryhebacterium, Agrobacterium, 
aktinomitsetlar, ayrim zamburug‘lar). Axlatxona yoki avvaldan axlatlar 
tashlangan joylarda, shuningdek, sug‘oriladigan maydonlarda, mol boqiladigan 
yaylovlarda o‘simliklar tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan 
patogen mikroorganizmlar ham bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə